5
O’rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan Yevropa tillaridagi yozma ma’lumotlar sayyoh
va elchilarning kundaliklari. Marko Polo, Rui Gonsales de Klavixo va Antonio Jenkinson
kundaliklari.
Shuningdek, XVII-XVIII asrlar rus va yevropa tillaridagi manbalarda O’rta Osiyo
tavsifi I.D.Xoxlovning ma’lumotlarida («Книга Большому чертежу»); B.A.Pazuxin va
S.I.Pazuxin
ma’lumotlarida;
Florio
Benevini
axborotida;
V.N.Tatishev
«Лексикон
географической и политической»; D.Gladishev va Muravin ma’lumotlarida; F.Efremov
safarnomasi, T.Burnashevning O’rta Osiyoga safari xotiralari; F.Nazarov safarnomasi; N.Muravyov
ma’lumotlari; Ye.K. Meyendorf safarnomalarida O’rta Osiyo tarixiga oid ma’lumotlar.
O’rta Osiyo tarixiga oid Rossiya sharqshunoslari tadqiqotlari. “Turkiston arxeolog
havaskorlari to’garagi”, “Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiya”si kabi ilmiy jamolar tomonidan
muntazam nashr etilgan to’plamlar va maqolalar. XIX asr ikkinchi
yarmida Rossiya tomonidan
istilo qilinishi, Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi tarixi.
Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hujjatlari
(O’zMA)
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O’rta Osiyo tarixiga oid manba.
Turkistonni o’rgangan
rus olimlarining asarlari, Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi
materiallari tarixiy manba sifatida. Shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi
Turkistonga oid statistik ma’lumotlar, arxiv materiallari va davriy matbuot («Туркестанские
ведомости», «Туркестанский вестник»va b.) xabarlarining tarixiy manbaviy ahamiyati.
O’zbekistonning XX asr tarixiga oid manbalar
Rossiyadagi fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi materiallar,
Oktyabr voqealaridan keyin Turkistonda Sho’rolar hukumati tashkil topishi va yangi davlat tarixi
bilan bog’liq manbalar, Sovet
hokimiyatining dekretlari, Sovetlar syezdlarining qarorlari, partiya
tashkilotlarining hujjatlari manba sifatida. Turkistonda muxtoriyatchilik
va istiqlolchilik harakati
tarixiga oid hujjatlar tarixiy ahamiyati. O’rta Osiyoda milliy chegaralanish siyosati tarixiga oid
hujjatlar, O’zbekistonning 1925-1941 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar; qatag’onlar tarixi aks
etgan hujjatlar, 1941-1945 yillar urushi
tarixiga oid materiallar, O’zbekistonning 1945-1991
yillardagi tarixiga oid statistik to’plamlar va ish yuritish hujjatlarining tarixiy ahamiyati.
Dostları ilə paylaş: