qamrab olingan.
Dastur 5A120304 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (Osiyo va
Yevropa mamlakatlari bo’yicha)
mutaxassisligiga kirish uchun talabgor bo’lgan talabalarning test
savollariga tayyorlanishlari uchun asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Asosiy qism Tarixiy tadqiqot uchun manbalarni turkumlashning ahamiyati. Turkumlashdagi asosiy
tamoyillar: manbalarni mazmuniga, kelib chiqishiga va yo’nalishiga qarab ajratish. Tarixiy
manba. Manbalarning asosiy turlari: moddiy yodgorliklar, ma’naviy yodgorliklar. Tarixiy
manbalarning shakl va mazmuniga qarab guruhlarga bo’linishi: moddiy (ashyoviy) manbalar;
etnografik manbalar; lingvistik manbalar; og’zaki manbalar (folklor). Yozma manbalar. Yozma
manbalarning asosiy xillari. Adabiy manbalar (yilnomalar, xronikalar va h.k.). Epik
yodgorliklar. Aktlarga oid hujjatlar (yorliqlar, aktlar, xatlar, yuridik-qozixona hujjatlari va b.).
Arxiv manbalari. Normativ va ijroiya hujjatlari; statistik materiallar tarixiy manba sifatida.
Diplomatik hujjatlar; memuarlar; davriy matbuot.
Manbalarni o’rganish: aniqlash, tiklash, tahlil qilish. Manbalarni aniqlash va uning ilmiy
ahamiyati. Manbalarni mavzular tartibida saralash va uning asosiy shartlari. Manbalarni tahlil qilish
uslublari. Manbalarni tashqi va ichki belgilariga qarab tahlil qilish. Tarixiy manba haqida umumiy
xulosalar chiqarish. O’rta Osiyoda ilk yozuvning shakllanishi. Turkiy bitiklar, ularning yozuvlari va
aniqlangan joylari hamda turkiy manbalar borasida olib borilgan tadqiqotlar. Kitobot san’ati,
Qadimgi ieroglif yozuvlar va ularning tadqiq etilishi.
O’zbekiston Milliy arxivida tarixiy ahamiyatga ega arxiv hujjatlari. Qo’qon va Xiva xonligi
hamda Buxoro amirligi tarixiga oid tarixiy manbalar hamda Rus sayyohlarining esdaliklari va
sayohatnomalarning tarixchi olimlar tomonidan tadqiq etilishi. Sayohatchilarning faoliyatiga oid
ma’lumotlar,