4
o`zlarining kundalik faoliyatlarida qo`llay olishlarini, hamda ta'limning yuqori
bosqichida o`qishni davom ettirishlari uchun ularning matеmatik tayyorgarligini
ta'minlashdan iboratdir.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv dasturiga taalluqli ko’pgina
masalalar, xususan tenglik va tengsizlik tushunchalari, boshlang’ich sinflardayoq
shu darajada o’zlashtirilishi kerakki, ular o’quvchilar
ongida butun umr saqlanib
qolsin, boshqa masalalar esa o’qitishning dastlabki bosqichida ularni keyingi
sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko’rish maqsadidagina kiritiladi
yoki biror malakani va ko’nikmani shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati
darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun xizmat qiladi.
Boshlang`ich sinflarning matematika darslarini
kuzatish natijasi shuni
ko`rsatdiki, ko`pgina o`quvchilar tenglik tushunchasi bilan bog`liq misol va
masalalarni yechishda qiyinchilikni sezmaydilar. Ammo xuddi shu topshiriqlarni
tengsizlik tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan misol va masalalar ko`rinishida
berilsa, ular sarosimaga tushadilar va ularni bajarishda qiynaladilar, natijada qo`pol
xatolarga yo`l qo`yadilar. Bu holat o`quvchilar bilan tengsizlik
tushunchasi bilan
bog`liq bo`lgan misol va masalalar yechishga kam e`tibor berilayotganligi, natijada
ularda yuqori sinflarda tengsizlik tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan misol va
masalalar yechishga oid ko`nikma malakalar etarlicha shakllanmayotganligini
ko`rsatadi.
Bu aytilganlar ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusi - “Boshlang`ich sinf
matematika darslarida o`quvchilarni ijodiy fikrlashga o`rgatish metodikasi”
boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish
mеtodikasining
Dostları ilə paylaş: