59
konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Etil bromid tarkibidagi dietil efir va etanolni
yo‘qotish va uni quritish uchun unga sulfat kislota qo‘shiladi. Bu jarayonda issiqlik
ajralib chiqadi. Shuning uchun oson uchuvchan etil bromidni yo‘qotmaslik
maqsadida etil bromidga sovitib turgan holda sulfat kislota qo‘shiladi. Aralashma
quruq ajratgich voronkada ajratiladi va kichik alanga bilan qizdiriladigan suv
hammomida etil bromid haydaladi. Yig‘gich kolba muzli suvda sovitiladi. Etil
bromid 35–40°C harorat oralig‘ida haydaladi, asosiy massa esa 38–39°C da
haydaladi. Tozalanmagan etil bromid tarkibida brom (qo‘shimcha modda)
qo‘shilmasi bo‘lgani uchun u sariq rangli bo‘ladi. Etil bromidning unumi 20 g.
Dostları ilə paylaş: