23
- notarius tasdiqlagan imzo namunalari;
- muhr va tamg’a bilan tasdiqlangan kartochkalar;
- hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat ro’yxatidan
o’tkazilganligi haqidagi qaroridan ko’chirma
yoki notarius tasdiqlagan
ma’lumotnoma;
- soliq organidan ro’yxatdan o’tganligi haqidagi ma’lumotnoma.
Shundan so’ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, un-
ing raqamini korxona Nizomining asl
nusxasiga yozadi va bosh
hisobchining imzosi qo’yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.
Davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari
soliq organiga ro’yxat (identifikasiya)
raqami olish uchun davlat
ro’yxatidan o’tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat etishlari
lozim.
Soliq to’lovchining identifikasiya raqami soliq to’lovchilar va yuridik
shaxslarga soliq organi tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlarni
ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.
Davlat soliq inspeksiyasida tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan
o’tkazish bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to’xtashi
munosabati bilangina bekor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari o’z
identifikasiya raqamini
O’zbekistan
Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo’llaniladigan barcha hujjatlarda
ko’rsatishi shart.
Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirok-
chilar o’z omonatlarini to’laligicha kiritadilar (ro’yxatdan o’tgandan
keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda
doimiy hisob raqamini
ochadilar, korxona tuman soliq inspeksiyasida ro’yxatga olinadi, o’zining
dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo’ladi. Shu vaqtdan boshlab,
korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita boshlaydi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining
qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog’liq tadbirlar
natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (3.1.2-
jadval).
Jadvaldan ko’rinadiki,
tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etishda ruxsat
berish jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari
sezilarli darajada amalga oshirilgan. Masalan,
normativlar loyihalarining
ekologik ekspertizasini o’tkazishga qarab to’lov miqdori 75 marta,
ekologik ekspertiza qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida
har bitta tadbirkorlik subyekti uchun o’z
faoliyatini tashkil etishda
umumiy holda 4207 ming so’m miqdorgacha mablag’larni tejash imkoni-
yati paydo bo’ldi