31
la-nish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu xususda mamlakatimiz
Prezidenti
I. Karimov ta’kidlaganidek “...Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi
keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotida
imkon qadar tezroq qutilish, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ek-
sportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamla-
katlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak. Bu borada yangi
bozorlar, yangi transport yo’laklarini topish, bir so’z bilan aytganda,
faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yuritish zarur”
Talab bilan taklifning o’zaro ta’siri alohida shaxslar yoki guruhning xo-
hish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o’z
navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarning o’zaro ta’siriga asos-
lanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab,
xarid qilish
(ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarning iste’moli (ishlatilishi)
kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Quyida marketingning asosiy kategoriyalari berilgan (4.1.1-rasm).
Muhtojlik kishining biror-bir narsa etishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga
muhtojlikdir.
Talab xarid quvvatiga ega ehtiyoj.
4.1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari
Marketing falsafiy ma’noda
fikrlash tarzini mujassamlashtiradi.
Umuman, marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: