4-mavzu.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mar- keting faoliyatini tashkil etish Dars o’quv maqsadi. Dars o’quv maqsadi bo’lib, Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatida marketingni, bozorni segmentlashni va reklama faoli-
yatini tashkil etish jarayonlarining mazmun- mohiyatini yoritish va ularni
talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Kichik biznes.Marketing.Bozor.Bozor
segmentasiyasi.Tovar.Reklama.Marketing dasturi.
Maruzani o’tish usuli (metodi). Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman .
Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar 4.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingni tashkil et-
ish.
4.2. Tadbirkorlik faoliyatida bozorni segmentlashni tashkil etish
4.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun marketing dastur-
ini ishlab chiqish
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 4.1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida market- ingni tashkil etish Marketing elementlarining paydo bo’lishi XVII asrning o’rtalariga borib
taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashning turli shakllari
paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatining birinchi elementlari, ya’ni
reklama, narx, sotish kabilarning rivojlanishi kuzatildi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan
bog’liqdir, shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi
(ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur qishloqi,
ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot qarab amaliyot
faoliyati hamdir.
Talab – mavjud, potensial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar –ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga
e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif
etilgan barcha narsalardir.