41
zifalarini aniq,bilmoqchi bo’lgan xodimlaringiz uchun, eng muhimi — Siz-
ning o’zingiz uchun biznes-reja lozim bo’ladi.
Sizning biznes-rejangiz
qog’ozda biznesingizning o’tgan davrdagi, avvalgi holatini, hozirgi va kelgu-
si holatini qisqacha aks ettiradi. Endi boshlanayotgan biznesni re-
jalashtirishda rejaning eng asosiy maqsadi — biznesni sinchiklab re-
jalashtirish, uni moliyaviy va tashkiliy jihatdan ta’minlashdir. Biznes-reja —
bu Sizning uyiningizning rejasi. U faoliyatingizning aniq maqsadi, yo’nalishi
va asosiy bosqichlarini belgilab beradi.
Biznes ishlari boshlangandan keyin olingan natijalar reja bilan solishtir-
ib
boriladi, muammolar bo’lsa, yuzaga chiqariladi, rejaga tuzatishlar kiritib
boriladi, shu tariqa biznes to’g’ri yo’nalishga solinadi.
Aks holda uni
boshqarish qiyinlashib ketadi. Biznes reja ana shuning uchun ham zarur
bo’ladi. Demak, biznes-reja hozirgi va kelgusidagi yutuqlarni, o’sishni aks
ettiradigan biznes kuzgusidir.
5.2. Biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va uning
bajarilishining nazorati.
Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda
biznes-reja muhim rol
o’ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan.
Fikrimizcha, yetti bo’limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir (5.2.1-rasm).
Ushbu biznes-rejani batafsil ko’rib chiqamiz:
Birinchi bo’lim.
Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazi-
falari» markaziy o’rinni egallaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi
va vazifalari
Biznes-rejaning umumiy
xulosasi, asosiy parametr va
ko’rsatkichlari
Harakat dasturi va tashkiliy
chora-tadbirlari
Tadbirkorning iste’molchiga
taqdim qilayotgan mahsulot,
tovar va xizmatlarning tasnifi
Bitimning resurslar
ta’minoti
Bozor kon’yukturasi, talab va
sotuv hajmi tahlili
Bitimning samaradorligi
5.2.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalash-
42
tirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag’ sarflash va shu
mablag’ qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim.
Bunda va umuman,
biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib
aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyasiyaga
nisbatan uning samaradorligi qanday bo’lishlishini hisoblab chiqish lozim.
Biznes-loyihani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerak-ki,
olinadigan foyda omonat bankka qo’yilgan shu miqdordagi mablag’ keltiradi-
gan foizdan ko’p bo’lishini ta’minlashi lozim.
Biznes-reja tuzuvchilarning
diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va va-
zifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini
ko’tarish,
maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: