Mashinalarni qo’llanishining jami samarasi ularni ishlab chiqarish va ishlatish
maqsadga muvofiqligidan tarkib topadi. Lekin mashinaning ekspluatatsion hususiyatlarini
uning iste’mol qiymati ancha to’la xarakterlaydi. Iste’mol qiymati mashinaning ishlatish
jarayonida uning sifatini xarakterlovchi turli xil foydali xususiyatlari
orqali namoyon
bo’ladi. Shuning uchun melioratsiya mashinalarining xalq xo’jalik samaradorligi birinchi
galda ularni qo’llanish sohasida namoyon bo’ladi.
Mashinaning ishlatish xususiyatlari mashinaning texnika–iqtisodiy belgilarini
xarakterlovchi mutloq va ulushli ko’rsatkichlarga ko’ra aniqlanadi. Unumdorlik,
xizmat
ko’rsatadigan xodimlar soni, xarakatchanlik, metall sig’imi va energiya sig’imi
melioratsiya mashinasi konstruktiv–iqtisodiy xarakteristikasining asosiy parametrlaridir.
Mashina unumdorligi (ishlab chiqarishi) va ish birligining tannarxi mashinalardan
foydalanishning umumlashma iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Melioratsiya
mashinalari uchun unumdorlikning uch turi belgilanadi: konstruktiv, texnik va
ekspluatatsion unumdorlik. Mashinaning suv–melioratsiya ishlab chiqarishidagi ishlab
chiqarish unumdorligi bir
soat ichidagi m
3
, m
2
, ga, t va km bilan o’lchalanadi.
Konstruktiv unumdorlik–bu ish organlari harakatining hisoblangan tezliklaridagi
uzluksiz ishlashining bir soat mobaynidagi eng ko’p ishlab chiqarishidir. Bundan
mashinaning u loyihalanayotgan bosqichdagi konstruktiv sifatlarini baholash uchun
foydalaniladi.
Texnik unumdorlik boshqarishning, xizmat ko’rsatish va ishni tashkil qilishning eng
mukammal usullaridagi konkret sharoitlarda uzluksiz (sof) ishlashining bir soati mobaynida
mashinaning eng yuqori ishlab chiqarishini xarakterlaydi.
VtqVkKt
Bunda Vt- mashinaning texnik unumdorligi;
Vk- mashinaning konstruktiv unumdorligi;
Kt-ishning konkret shartlarini hisobga oladigan koeffitsiyent.
Texnik unumdorlik ishlab chiqarish sinovlari asosida
yeki hisoblangan usul bilan
aniqlanadi.
Ekspluatatsion unumdorlik (Ve)–mashinaning ishdagi muqarrar tanaffuslar hisobga
olingan konkret sharoitlarda vaqt birligida ishlab chiqarishi;
Veq Vt Kv Km yeki Veq Vt Kn
Bunda Kv- vaqt mobaynida mashinadan foydalanish koeffitsiyenti:
Km- mashinadan quvvatiga ko’ra foydalanish koeffitsiyenti:
Kn- mashinadan foydalanishning umumiy koeffitsiyenti.
Tenglik va ekspluatatsion ishlab chiqarish o’rtasida
tafovut mashinalar
unumdorligini oshirishning mavjud rezervlarini ko’rsatadi.
Mashinaning ekspluatatsion unumdorligi tabiiy ko’rsatkichlardagi soatli, smenali va
yillik ishlab chiqarish bo’yicha aniqlanadi;
Ve.sm q Vv.ch Gsm Kn
Veg q Vt.ch Tch Kn
Bunda Ve.sm va Ve.g-mashinaning smenali, yillik ekspluatatsion unumdorligi:
Tch-mashinaning smenada, yilda ishlash soatlari soni:
Vt.ch-mashinaning texnik soatli unumdorligi:
Kn-mashinadan foydalanishning umumiy koeffitsiyenti.
Melioratsiya mashinalarining ekspluatatsion unumdorligi texnikadan intensiv va
ekstensiv foydalanish omillariga bog’liq bo’ladi.
Intensiv omillar xarakatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga mashinalardan
unumdorligiga ko’ra foydalanish koeffitsiyenti va intensiv nagruzka koeffitsiyenti kiradi. U
o’z e’tibori bilan vaqtning ayni bir davri mobaynidagi haqiqatdagi
ishlab chiqarishning
rejali ishlab chiqarishga nisbatini bildiradi. Bunda rejali ishlab chiqarish mashinalar quvvati
xisobga olingan holda aniqlanadi.
Ekstensiv omillar xarakatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga mashinalardan vaqt
mobaynida foydalanish koeffitsiyenti kiradi. U mashinalar soatlardagi haqiqatdagi vaqtning
yil uchun belgilangan rejali ish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi.
Mashina-smenalar sonini bu mashinalar ayni bir vaqtda ishda band bo’lgan mashina-
kunlarga nisbati tarzida aniqlanadigan smenalik koeffitsiyenti mashinalar ishining sutkalik
rejimidan foydalanish ko’rsatkichi xizmatini o’taydi.
Vaqtdan ichki foydalanishning smena davomida mashina foydali ish soatlari
sonining yalpi belgilangan smena davomiyligiga nisbatini xarakterlaydigan koeffitsiyent
ishning smenali rejimidan foydalanish ko’rsatkichi xizmatini o’taydi
Hozirgi vaqtda asosiy yer qazish mashinalari ishning sutkalik
muddati bir kovshli
ekskavatorlar bo’yicha 11,2 soatni, skreperlar bo’yicha 9.8 soatni buldozerlar bo’yicha esa
9.9 soatni tashkil etadi. Haqiqatda ishlab berilgan vaqtning ko’payishi, mashinalar to’xtab
turishi barcha turlarining kamayishi va ishlar smenaliligining ko’payishi mashina parkidan
foydalanish samaradorligini oshishiga yordam beradi.
Mashinalarning ro’yxatli tarkibini eng ko’p ishga tushirish melioratsiya
mashinalarini yillik ishlab chiqarishning muhim sharti bo’lib, bu esa mashina parkining
ishlatish tayyorligi darajasiga bog’liqdir.
Melioratsiya
mashinalarining
foydalanishga
tayyorligi
texnika
tayyorligi
koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Bu ko’rsatkich mashinalar shu davrda to’la tayyor holatda
bo’ladigan mashina kunlarning mashina kunlar umumiy soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, melioratsiya texnikasidan foydalanish iqtisodiy samaradorligining
oshishi mashinalarni ishlatishning tashkiliy shakllarini takomillashtirish, xizmat ko’rsatish
va ta’mirni yaxshilash hamda mashinalar puxtaligini oshirishga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: