O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi ob’ektlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxi ob’ektlari 
Xarajatlar ob’ekti – tashkiliy bo’linma, shartnoma yoki boshqa hisob birligi bo’lib, u 
bo’yicha xarajatlar haqidagi ma’lumotlar yig’iladi va jarayonlar, mahsulot, shu kapitalni 
qo’yish loyihasi va hokazolar qiymati o’lchanadi. 
Mahsulotlar tannarxlarini hisoblashda ta’kidlangan marjinal-kosting va abzorbshn-
kosting uslublari asosida turli xildagi usullar qo’llanishi mumkin. Ushbu usullar -chizmada 
ifodalangan. 
-chizma 
Mahsulot tannarxini hisoblash usullari 
Ushbu usullarning ijobiy tomonlarini boshqaruv hisobi tizimida mahsulotlar 
tannarxlarini hisoblash jarayonida tatbiq etish zarur. 
Xarajatlarni taqsimlashning muhim kategoriyasi bo’lib, xarajatlar markazi 
hisoblanishini yana bir bor ta’kidlamoqchimiz.
Xarajatlar markazi – tashkiliy birlik yoki faoliyat sohali bo’lib, u yerda aktivlar 
xaridi uchun qilingan chiqimlar va xarajatlar haqida axborot to’plash maqsadga 
muvofiqdir. 
Barcha xarajat guruhlari boshqaruv yechimlarini qabul qilishga mo’ljallangan. 
Boshqaruv hisobida xarajatlar ikki asosiy ob’ekt guruhlari bo’linmalar va mahsulotlar 
bo’yicha taqsimlanishi kerak. Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
xarajatlar javobgarlik markazlari bo’yicha to’planadi; 
xarajatlar muayyan brigadada yetishtirayotgan aniq mahsulot tannarxiga 
taqsimlanadi. 
Мahsulot tannarxini 
hisoblash usullari 
Buyurtmalar
usuli 
Jarayonlar
usuli 
Normativ 
usuli
Standart kost 
usuli


Tayyor mahsulot tannarxini hisoblashda quyidagi usullarga murojaat qilishadi: 
hamma xarajatlarni hisobga olgan holda xarajatlarni kalkulyatsiya qilish yoki ularning bir 
qismi bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlarnigina hisobga olib, kalkulyatsiya qilish mumkin. 
Qishloq xo’jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur 
masalalardan biridir. Mahsulot birligi tannarxini kamaytirish resurslar cheklangan sharoitda 
katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to’g’ridan-to’g’ri ikki omilga bog’liq. 
Birinchidan, yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog’liq. Yetishtirilayotgan 
mahsulot miqdorining oshishiga nimalar ijobiy ta’sir etsa, ular ustida ishlash lozim bo’ladi. 
Bularga dehqonchilikda quyidagilar kiradi: 
- yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish 
orqali hosildorlikni oshirish; 
- mintaqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishini joriy etish
- almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda 
ekin turlarini joylashtirishni ratsional tashkil etish; 
- urug’chilikni yaxshilash, selektsiya ishlarini jonlantirish; 
- mineral va organik o’g’itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo’yish, barcha 
kimyoviy vositalardan samarali foydalanish; 
- ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish. 
Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo’lishiga xarajatlarni 
tejash ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu boradagi omillarga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqarish jarayonini kompleks mexanizatsiyalashtirish; 
- ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo’llash; 
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish; 
- boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog’liq xarajatlarni tejash va h.k. 
Chorvachilik tarmog’ida mahsulot birligi tannarxining pasayishiga quyidagi omillar 
ta’sir qiladi: 
- chorvachilikning yem-xashak bazasini mustahkamlash, yem-xashakning sifatini 
oshirish va nisbatan arzon bo’lishini ta’minlash; 
- chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash; 
- chorva mollarini saqlash, boqishda intensiv texnologiyalardan foydalanish; 


- chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish; 
- fondlardan foydalanishning eng maqbul yo’llaridan foydalanish; 
- barcha xarajatlarni tejamkorlik bilan amalga oshirish, bu borada mavjud 
texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish; 
- mahsulot nobudgarchiligiga yo’l qo’ymaslik. 
Ushbu omillarning barchasiga katta e’tibor berish zarurati mavjud. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin