Asosiy adabiyotlar
1. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995.
2. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi qurilish iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent,
TIMI, 2006.
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI,
2005.
4. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti».
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004.
X BOB. Sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligi
10.1. Qishloq xo’jaligining yalpi va tovar mahsuloti haqida tushuncha, ularning
ahamiyati
Qishloq xo’jaligidagi barcha korxonalar, tashkilotlar zimmalaridagi asosiy vazifasini
bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonida turli ishlarni, xizmatlarni amalga oshiradilar,
xilma-xil mahsulotlarni yetishtiradilar, xizmatlarni ado etadilar. Jumladan, paxta, bug’doy,
sholi, makkajo’xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut, go’sht va boshqa mahsulotlarni
yetishtiradilar. Yetishtirilgan bu kabi mahsulotlar ularning yalpi mahsuloti natural
miqdorini ifodalaydi. Lekin, bu natural ko’rsatkichlar xo’jaliklarning yillik faoliyatini to’liq
ifodalay olmaydi, chunki ularni natura holida bir-biriga qo’shib bo’lmaydi. Shuning uchun
yalpi mahsulot qiymat shaklida aniqlanishi lozim. Buning uchun yetishtirilgan barcha
mahsulotlarning qiymati qo’shilgan holda aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarining bir
yillik hamda bir necha yillik faoliyatini tahlil etish maqsadida yalpi mahsulotning qiymati
har yilgi haqiqqiy hamda qiyosiy baholarda hisoblanadi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar
sifatida 1996 yildagi haqiqiy baholarning o’rtacha yillik miqdori olingan. Ma’lum yillardan
so’ng boshqa yilning o’rtacha baholari olinishi mumkin.
Demak, qishloq xo’jaligida natura holida yetishtirilgan turli xildagi mahsulotlar
tarmoqning natura holdagi yalpi mahsuloti deyiladi. Tarmoqda natura holda yetishtirilgan
mahsulotlarning qiymat holidagi umumiy yig’indisi esa qishloq xo’jaligining qiymat
holidagi yalpi mahsuloti deb ataladi. Tarmoqda yetishtirilayotgan yalpi mahsulot qiymati
alohida mahsulot turlari, tarmoqlar va xo’jalik bo’yicha aniqlanadi. Yalpi mahsulot
tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichdir. Qiymat
shaklida hisoblangan yalpi mahsulotning tarkibi quyidagicha bo’ladi:
1.
Tayyor mahsulot;
2.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida yetishtirilib,
yig’ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor bo’lgan mahsulot qishloq
xo’jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.
Kelgusi
yillarda
mahsulotlar
yetishtirish
uchun
sarflanadigan
xarajatlar
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Jumladan, kelgusi yilda paxta,
bug’doy, sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun joriy yilda yerlarni haydash,
tekislash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, kelgusi yilda go’sht yetishtirish uchun joriy yilda
xarajatlar qilinadi. Bunday xarajatlar bog’dorchilikda ham mavjud.
Natura holdagi qishloq xo’jalik mahsulotlari turlari bo’yicha alohida-alohida,
o’simlikchilik mahsulotlari hamda chorvachilik mahsulotlari yalpi hajmi ham qiymat
holida hisoblanadi. Bu mahsulotlar bir yillik hajmining qiymati shu yilgi haqiqiy baholarda
quyidagicha aniqlanadi:
-
sotilgan mahsulotlar sotish baholarida;
-
xo’jalik ichki ehtiyoji uchun berilganlari ularning tannarxlari bo’yicha.
Qishloq xo’jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini e’tiborga
olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo’jaligida ham pul-tovar (P-T) munosabatlari amalga
oshiriladi. Mahsulotlarning pul-tovar munosabatlari asosida sotilgan miqdori tovar
mahsuloti deb ataladi. Shunga asoslangan holda mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham
aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan mahsulot miqdorini jami yetishtirilgan
mahsulotning natura holidagi ulushiga taqsimlab, 100 ga ko’paytirish lozim. Chunki u
foizda hisoblanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
100
*
)
(
м
м
д
Я
С
Т
Bunda: T
d
– mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda;
S
m
– sotilgan mahsulot miqdori, tonna, sentner, kilogramm;
Ya
m
– yetishtirilgan jami mahsulot (paxta, bug’doy), tonna, sentner
Mahsulotlarning tovarlilik darajasi tayyor mahsulot hamda talabdan kelib chiqqan holda
turlicha bo’lishi mumkin. Unga ayrim paytlarda davlatning siyosati ham ta’sir ko’rsatadi.
Jumladan, hozirgi davrda paxtaga nisbatan davlat buyurtmasi va talabning mavjudligi sababli
uning tovarlilik darajasi 100 foizga teng. Ayrim texnika mahsulotlari ham xo’jaliklarda faqat
sotish maqsadida yetishtirilmoqda. Shuning uchun ham ularning tovarlilik darajasi 100 foizga teng
bo’ladi. Masalan, kanop. Ayrim mahsulotlar esa faqat ichki talablarni qondirish maqsadida
yetishtirilishi mumkin. Bunday hollarda ularning tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan,
ozuqa uchun yetishtirilgan yem-xashak, sabzi, turp, sholg’om, pomidor va boshqalar.
Yalpi va tovar mahsulotlarning mamlakat, tarmoqlar hamda korxonalar
iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi,
qiymati o’sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining ham o’sishi ta’minlanadi.
2000-2002 yillarda xalq xo’jaligi yalpi mahsulotining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
salmog’i 27-30 foizni tashkil etmoqda. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini
eksport qilish tufayli barpo etilayotgan valyuta tushumi tarkibida ularning salmog’i sezilarli
bo’lmoqda.
Natijada xalq xo’jaligi barcha sohalarining rivojlantirilishi ta’minlanadi.
Yalpi mahsulotning natural miqdori ko’payib, ular iste’molchilarga turli usullar
yordamida yetkazilishi qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishini hamda aholining qishloq
xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini yuksaltiradi. Bu aholining ish bilan
ta’minlanishi yuksalib, real daromadi ortishiga, yashash sharoiti yaxshilanashiga olib
keladi.
Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko’payishi ularning ham iqtisodiyoti
yuksalishini ta’minlaydi. Xo’jalik yalpi mahsulotining, natura holdagi miqdori ko’payishi tayyor
mahsulot miqdori oshishiga sabab bo’lib, ichki va tashqi talab to’liqroq qondirilishiga imkoniyat
yaratadi. Natijada sotiladigan mahsulot miqdori ortadi. Uni sotish evaziga korxonalarning pul
daromadlari ko’payadi. Bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining kengaytirilgan holda
rivojlanishini, ishchi-xizmatchilarning esa moddiy rag’batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning
uchun ham respublika hukumati qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ularning
sifatini yaxshilab, raqobatbardoshligini yuksaltirishga katta e’tibor bermoqda. Chunki qishloq
xo’jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning valyuta tushumi ortib
bormoqda. Chet el valyutalari ko’payishi natijasida qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ishlab
chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg’or texnologiyalar sotib olinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |