O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
Asosiy adabiyotlar 
1. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995. 
2. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi qurilish iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, 
TIMI, 2006. 
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI, 
2005. 
4. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». 
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004. 


X BOB. Sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 
iqtisodiy samaradorligi 
10.1. Qishloq xo’jaligining yalpi va tovar mahsuloti haqida tushuncha, ularning 
ahamiyati 
 
Qishloq xo’jaligidagi barcha korxonalar, tashkilotlar zimmalaridagi asosiy vazifasini 
bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonida turli ishlarni, xizmatlarni amalga oshiradilar, 
xilma-xil mahsulotlarni yetishtiradilar, xizmatlarni ado etadilar. Jumladan, paxta, bug’doy, 
sholi, makkajo’xori, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, sut, go’sht va boshqa mahsulotlarni 
yetishtiradilar. Yetishtirilgan bu kabi mahsulotlar ularning yalpi mahsuloti natural 
miqdorini ifodalaydi. Lekin, bu natural ko’rsatkichlar xo’jaliklarning yillik faoliyatini to’liq 
ifodalay olmaydi, chunki ularni natura holida bir-biriga qo’shib bo’lmaydi. Shuning uchun 
yalpi mahsulot qiymat shaklida aniqlanishi lozim. Buning uchun yetishtirilgan barcha 
mahsulotlarning qiymati qo’shilgan holda aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarining bir 
yillik hamda bir necha yillik faoliyatini tahlil etish maqsadida yalpi mahsulotning qiymati 
har yilgi haqiqqiy hamda qiyosiy baholarda hisoblanadi. Hozirgi davrda qiyosiy baholar 
sifatida 1996 yildagi haqiqiy baholarning o’rtacha yillik miqdori olingan. Ma’lum yillardan 
so’ng boshqa yilning o’rtacha baholari olinishi mumkin. 
Demak, qishloq xo’jaligida natura holida yetishtirilgan turli xildagi mahsulotlar 
tarmoqning natura holdagi yalpi mahsuloti deyiladi. Tarmoqda natura holda yetishtirilgan 
mahsulotlarning qiymat holidagi umumiy yig’indisi esa qishloq xo’jaligining qiymat 
holidagi yalpi mahsuloti deb ataladi. Tarmoqda yetishtirilayotgan yalpi mahsulot qiymati 
alohida mahsulot turlari, tarmoqlar va xo’jalik bo’yicha aniqlanadi. Yalpi mahsulot 
tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichdir. Qiymat 
shaklida hisoblangan yalpi mahsulotning tarkibi quyidagicha bo’ladi: 
1.
Tayyor mahsulot; 
2.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida yetishtirilib, 
yig’ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga tayyor bo’lgan mahsulot qishloq 
xo’jaligining tayyor mahsuloti hisoblanadi.


Kelgusi 
yillarda 
mahsulotlar 
yetishtirish 
uchun 
sarflanadigan 
xarajatlar 
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Jumladan, kelgusi yilda paxta, 
bug’doy, sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun joriy yilda yerlarni haydash
tekislash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, kelgusi yilda go’sht yetishtirish uchun joriy yilda 
xarajatlar qilinadi. Bunday xarajatlar bog’dorchilikda ham mavjud. 
Natura holdagi qishloq xo’jalik mahsulotlari turlari bo’yicha alohida-alohida, 
o’simlikchilik mahsulotlari hamda chorvachilik mahsulotlari yalpi hajmi ham qiymat 
holida hisoblanadi. Bu mahsulotlar bir yillik hajmining qiymati shu yilgi haqiqiy baholarda 
quyidagicha aniqlanadi: 
-
sotilgan mahsulotlar sotish baholarida; 
-
xo’jalik ichki ehtiyoji uchun berilganlari ularning tannarxlari bo’yicha. 
Qishloq xo’jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor talabini e’tiborga 
olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo’jaligida ham pul-tovar (P-T) munosabatlari amalga 
oshiriladi. Mahsulotlarning pul-tovar munosabatlari asosida sotilgan miqdori tovar 
mahsuloti deb ataladi. Shunga asoslangan holda mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham 
aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan mahsulot miqdorini jami yetishtirilgan 
mahsulotning natura holidagi ulushiga taqsimlab, 100 ga ko’paytirish lozim. Chunki u 
foizda hisoblanadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
100
*
)
(
м
м
д
Я
С
Т
Bunda: T
d
– mahsulotning tovarlilik darajasi, foizda; 
S
m
– sotilgan mahsulot miqdori, tonna, sentner, kilogramm; 
Ya
m
– yetishtirilgan jami mahsulot (paxta, bug’doy), tonna, sentner 
Mahsulotlarning tovarlilik darajasi tayyor mahsulot hamda talabdan kelib chiqqan holda 
turlicha bo’lishi mumkin. Unga ayrim paytlarda davlatning siyosati ham ta’sir ko’rsatadi. 
Jumladan, hozirgi davrda paxtaga nisbatan davlat buyurtmasi va talabning mavjudligi sababli 
uning tovarlilik darajasi 100 foizga teng. Ayrim texnika mahsulotlari ham xo’jaliklarda faqat 
sotish maqsadida yetishtirilmoqda. Shuning uchun ham ularning tovarlilik darajasi 100 foizga teng 
bo’ladi. Masalan, kanop. Ayrim mahsulotlar esa faqat ichki talablarni qondirish maqsadida 
yetishtirilishi mumkin. Bunday hollarda ularning tovarlilik darajasi aniqlanmaydi. Jumladan, 
ozuqa uchun yetishtirilgan yem-xashak, sabzi, turp, sholg’om, pomidor va boshqalar.


Yalpi va tovar mahsulotlarning mamlakat, tarmoqlar hamda korxonalar 
iqtisodiyotidagi ahamiyati katta. Jumladan, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi, 
qiymati o’sishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsulotining ham o’sishi ta’minlanadi. 
2000-2002 yillarda xalq xo’jaligi yalpi mahsulotining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi 
salmog’i 27-30 foizni tashkil etmoqda. Shuning uchun ham qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
eksport qilish tufayli barpo etilayotgan valyuta tushumi tarkibida ularning salmog’i sezilarli 
bo’lmoqda.
Natijada xalq xo’jaligi barcha sohalarining rivojlantirilishi ta’minlanadi.
Yalpi mahsulotning natural miqdori ko’payib, ular iste’molchilarga turli usullar 
yordamida yetkazilishi qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishini hamda aholining qishloq 
xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini yuksaltiradi. Bu aholining ish bilan 
ta’minlanishi yuksalib, real daromadi ortishiga, yashash sharoiti yaxshilanashiga olib 
keladi. 
Korxonalar yalpi va tovar mahsulotining ko’payishi ularning ham iqtisodiyoti 
yuksalishini ta’minlaydi. Xo’jalik yalpi mahsulotining, natura holdagi miqdori ko’payishi tayyor 
mahsulot miqdori oshishiga sabab bo’lib, ichki va tashqi talab to’liqroq qondirilishiga imkoniyat 
yaratadi. Natijada sotiladigan mahsulot miqdori ortadi. Uni sotish evaziga korxonalarning pul 
daromadlari ko’payadi. Bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining kengaytirilgan holda 
rivojlanishini, ishchi-xizmatchilarning esa moddiy rag’batlantirilishini ta’minlaydi. Shuning 
uchun ham respublika hukumati qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdorini oshirishga, ularning 
sifatini yaxshilab, raqobatbardoshligini yuksaltirishga katta e’tibor bermoqda. Chunki qishloq 
xo’jalik mahsulotlarini chet davlatlarga sotish natijasida mamlakatning valyuta tushumi ortib 
bormoqda. Chet el valyutalari ko’payishi natijasida qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ishlab 
chiqarish vositalari, yangi texnikalar, ilg’or texnologiyalar sotib olinmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin