O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Respublikamizda 1999 va 2000 yillarda yetishtirilgan jami o’simlikchilik mahsulotlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Respublikamizda 1999 va 2000 yillarda yetishtirilgan jami o’simlikchilik mahsulotlari 
(hamma toifadagi xo’jaliklarda, 
ming tonna hisobida) 
O’simlikchilik mahsulotlarining turlari 
Yillar 
1999 
2000 
Paxta
3600,0 
3001,8 
Kartoshka 
657,8 
731,0 
Sabzavot 
2680,0 
2644,7 
Meva, rezavor 
489,1 
790,9 
Poliz mahsulotlari 
517,5 
451,4 
Uzum
344,0 
624,2 
-jadval 
Respublikamizda 1999 va 2000 yillarda jami ishlab chiqarilgan chorvachilik 


mahsulotlari (hamma xo’jalik kategoriyalarida, 
ming tonna hisobida) 
Chorvachilik mahsulotlarining turlari 
Yillar 
1999 
2000 
Go’sht, so’yilgan vaznda 
481,0 
501,8 
Sut 
3543,4 
3632,5 
Tuxu-M, mln.dona 
1239,6 
1254,4 
Jun, fizik holatda 
15,7 
15,8 
Qorako’l teri, ming dona 
712,0 
747,6 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2000 yilda 1999 yildagiga nisbatan go’sht, 
sut va qorako’l teri yetishtirish biroz ko’paygan. 
Shuni aytish kerakki, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yanada ko’paytirish uchun 
fermer, dehqon va shirkat xo’jaliklarida juda katta imkoniyatlar mavjud. 
 
10.3. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining tannarxi, xarajatlarni qisqartirish, 
mahsulotlar tannarxini pasaytirish 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy qiymat 
ko’rsatkichlari bilan birgalikda o’rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx ko’rsatkichi ham faoliyat 
ko’rsatishi taqozo etiladi. Tannarx bozor iqtisodi sharoitida iqtisodiy kategoriya 
hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar
bajarilayotgan ishlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi xo’jaliklar uchun qancha 
so’mga tushganligi aniqlanadi. Ularning darajasi qiymatni ifodalovchi baholar darajasi 
bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko’riladigan zararlar darajasi 
aniqlanadi. Bu ko’rsatkich xo’jaliklarning ichki boshqaruvchilari uchun juda muhimdir.
Hozirgi davrda mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. 
Tannarx deganda bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun 
sarflangan moddiy, mehnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi. Uning mutlaq (absolyut) 
darajasini aniqlash uchun barcha bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarining 
umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga 
taqsimlanadi. Qishloq xo’jaligida 1 s. mahsulotning narxi; 1 etalon gektarning; 1 tonna-
kmG’ning; 1 kvtG’soat elektroenergiyaning tannarxi aniqlanadi. Uni quyidagi formula 
yordamida aniqlash mumkin: 


)
,
(
Хм
Им
Мм
Их
Тн

Bunda: Tn – mahsulot, ish, xizmat tannarxi, so’mda; 
Ix – ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi, so’mda; 
Mm (Im, Xm) – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, xizmatlar 
miqdori sen., tonnada, etalon gektarda… 
Yetishtirilayotgan mahsulotlarning: 
-
- ishlab chiqarish tannarxi; 
-
- to’liq tannarxi, tijoriat tannarxi aniqlanadi. 
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash usuli yuqorida keltirilgan. Uning 
to’liq yoki tijorat tannarxi jami xarajatlarni (jumladan, sotish xarajatlari bilan) yetishtirilgan 
yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar) ning haqiqiy hamda reja 
tannarxlari aniqlanadi. Haqiqiy tannarx darajasi yil yakunidagi ma’lumotlar yordamida 
hisoblanadi. Reja tannarxi esa normativlar, erishilgan ma’lumotlar asosida aniqlanib
«Biznes reja»da aks ettiriladi. 
Qishloq xo’jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida turli xildagi asosiy, 
qo’shimcha hamda yordamchi mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta 
xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g’o’zapoyasi qo’shimcha mahsulot sanaladi. 
Donchilikda don asosiy, somoni (poyasi) qo’shimcha mahsulotdir. Qoramolchilikda go’sht, 
sut asosiy, buzoq qo’shimcha, go’ng esa yordamchi mahsulot hisoblanadi. Lekin 
tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo’ladi. Shundan 
kelib chiqqan holda -chizmada aks ettirilgan ob’ektlar tannarx ob’ektlari hisoblanadi. 
Mahsulot xarajatlari va tannarxini o’rganish boshqaruv hisobining muhim 
bo’limlaridan biridir. 
Mehnat va moddiy ko’rinishidagi to’g’ri xarajatlar bevosita aniq bir mahsulot yoki 
xizmat turiga oid bo’lishi, umumishlabchiqarish xarajatlari mahsulot turiga qarab faqat 
maxsus usullar yordamida taqsimlanishi mumkin. 
Xarajatlarni taqsimlash - qilingan xarajatlarning aniq bir xarajat ob’ektiga borish 
jarayonidir. 
-chizma 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin