Moddiy ta’minotni rejalashtirish uchun xom ashyo va materiallar sarflashning texnika
jihatdan asoslangan me’yorlarini belgilash alohida, ahamiyatga egadir.
Moddiy resurslar
sarflarini me’yorlashtirish amaliyotida uchta asosiy usul qo’llaniladi.
Eng ko’p tarqalgan usul texnika-tahlil usulidir. Bu usul materiallarni iste’mol qilishning
ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda texnik–iqtisodiy hisob-kitoblar
uyg’unlashuviga asoslangan bo’lib, sarflarni elementlar bo’yicha hisoblashni tavsiya etadi.
Ikkinchi usul materiallar sarfi me’yori ishlab chiqarish yoki laborotoriya sharoitida
o’tkaziladigan tajriba sinovlari asosida belgilanadigan tajriba ishlab chiqarish usulidir.
Ishlab chiqarish vositalarining ayrim turlari bo’yicha ishlab chiqiladigan yillik
talabnoma va buyurtmalar moddiy-texnika ta’minot rejalarining eng muhim qismidir.
Yangi texnika, uskuna va ishlab chiqarish-texnika yo’nalishidagi boshqa vositalarga
beriladigan talabnomalar moddiy-texnika vositalariga ehtiyojni
tasdiqlaydigan asosiy
xujjatlar xizmatini o’taydi.
Har bir korxonalarning ishlab chiqarish vositalari turlar bo’yicha talabnomalari
tumanlar va viloyatlarga ko’ra to’planadi, moddiy-texnika ta’minoti organlari bilan kelishib
olinadi, hamda vazirlikka beriladi.
Respublika makroiqtisod vazirligi ajratilgan fondlar asosida iste’molchilar bo’yicha
taqsimlashning, vazirlar mahkamasi tasdiqlaydigan rejalarini tuzadilar. Fond saqlovchi
respublika va viloyat tashkilotlari o’zlariga ajratilgan fondlarni iste’molchilarga tarqatadilar
hamda ta’minot sotish tashkilotlari fondlarni taqsimlash rejasini ma’lum qiladilar.
Iste’molchiga yetkazilgan fondlar moddiy-texnika vositalari yetkazib berish, uchun
asos xizmatini o’taydi. Ishlab chiqarish texnika yo’nalishdagi mahsulot yetkazib berishlar
to’g’risidagi nizomga muvofiq yetkazib beruvchi korxona va iste’mol
qiluvchi korxona
o’rtasida shartnoma tuzilib, unda rejali tartibda mahsulot yetkazib berish bo’yicha tomonlar
huquq va burchlari belgilab qo’yiladi.
Shartnomada mahsulot nomi, mashinalar markalari,
sifat va navlik, narx, kelishgan
korxonalarning to’lov va pochta rekvizitlari, xaridorning tashib ketish rekvizitlari, yetkazib
berish muddatlari hamda boshqa ma’lumotlar hamda alohida shartlar ko’rsatiladi.
Shartnoma tuzishda o’zaro javobgarlikni oshirish uchun vaqt utkazib yuborilgan,
yuklab jo’natishga ko’rsatmalar o’z vaqtida berilmagan,
mahsulotni qabul qilishdan,
asossiz bosh tortilgan va shartnomani buzuvchi boshqa xarakatlar sodir qilingan xollarda
iqtisodiy ta’sir ko’rsatish choralari quriladi. Bu choralar yetkazib beruvchilar va
iste’molchilarning ishlab chiqarish intizomiga hamda shartnoma bo’yicha majburiyatlarga
rioya qilishga qaratilgandir.
Yetkazib beruvchilarning mahsuloti yetkazib berish bo’yicha
shartnomalarni
bajarish uchun javobgarligini oshirish, ta’minot organlarining boshqarishni ilmiy asosiga
o’tkazish, EMM va EHM larni joriy qilish hamda rejalashtirish ta’minotini muvaffaqiyatli
hal qilishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: