O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Moddiy-texnika ta’minotini shakllari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

11.2. Moddiy-texnika ta’minotini shakllari 
 
Moddiy-texnika ta’minoti moddiy resurslarni taqsimlash rejalari asosida amalga 
oshiriladi. Ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish texnika mahsulotining xilma xilligi sotish, 
tashish va ta’minlashning turli shakllarini talab qiladi. Moddiy-texnika ta’minotining shakli 
deyilganda moddiy resurslarni ishlab chiqarish, tashish, iste’mol qilish sharoitlariga bog’liq 
holda ishlab chiqaruvchi korxonalardan iste’mol qiluvchi korxonalarga yetqazish usulini 
tushunmoq kerak. Hozirgi vaqtda ta’minotning quyidagi shakllari qo’llanilmoqda: tranzit, 
ombor va ulgurji savdo. Dastlabki ikki shakli ishlab chiqarish vositalarini iste’molchilarga 
yetkazib berishning asosi shakllaridir.
Tranzit shakli—ta’minotning yetkazib beruvchi zavodlar mahsuloti, sotish 
ta’minlash tashkilotlari, baza hamda omborlarini bevosita chetlab, iste’molchi korxonalar 
omborlariga kelib tushadigan shaklidir. Yetkazib berishlarning tranzit shaklida yetkazib 
beruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o’rtasida bevosita xo’jalik aloqalari o’rnatiladi. Bu 
narsa mazkur aloqalar ayniqsa, uzoq muddatli va barqaror bo’lganda katta ahamiyat kasb 
etadi.
Ta’minotning ombor shaklida mahsulotlar yetkazib beruvchidan ta’minot sotish 
tashkilotlarining omborlari, bazalari va magazinlariga kelib tushadi, iste’molchilar esa 
kerakli materiallarni ish omborlaridan oladilar.
Tranzit shakli moddiy resurslar realizatsiyasining asosi va rejali shaklidir. Ishlab 
chiqarish vositalari yetkazib berishning umimiy hajmida tranzit shakliga 76% to’g’ri 
keladi. U ombor shakliga nisbatan quyidagi ancha yuqori iqtisodiy avfzalliklarga egadir:
mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’mol qiluvchiga yetkazilish muddatlari 
qisqaradi; 


materiallarni tashish qiymati kamayadi; 
omborlar saqlash xarajatlariga barxam beriladi;
ishlab chiqaruvchilar bilan iste’mol qiluvchilar o’rtasida bevosita aloqalar 
o’rnatiladi; 
xujjatlar oboroti va hisob-kitoblar soddalashadi. 
Moddiy resurslar har qaysi turining ayrim davrlaridagi buyurtmasi miqdori 
yetkazib berishlar shaklini tanlashda xal qiluvchi omil bo’ladi. Yetkazib berishlar miqdori 
tranzit me’yoridan (vagonda) kam bo’lmasa, ta’minotning tranzit shaklini qo’llanish 
maqsadga muvofiqdir.
Assortimant turli xil bo’lib, uning miqdori tranzit (vagon) me’yoridan kam bo’lsa, 
yetkazib berishlarning tranzit shakli tejamsiz bo’ladi. Bunday xolda maxsulotni notranzit 
yetkazib berishga o’tiladi. Ishlab chiqarish texnika yo’nalishdagi mahsulotning ayrim 
turlari (instrumentlar, metall buyumlar, elektrotexnika va ximiya mahsulotning ko’pgina 
turlari) asosan ta’minot bazalari hamda omborlari orqali yetkazib beriladi.
O’z vazifasiga ko’ra omborlar uch turli bo’ladi.
Bazis omborlar—ularda materiallar saqlanibgina qolmay, shuningdek saralanadi, 
komplektlanadi va ob’ektlar bo’yicha taqsimlanadi. Ular ehtiyot qismlar, asboblar, rangli 
metallar, elektr materiallari uzoq vaqt saqlanadigan, joy xizmatini o’taydi.
Tushirish — ortish bazalari yuklar bir transport turidan boshqa transport turiga, 
ko’pincha suv va temir yo’l trnsportidan avtomobil transpogrtiga o’tkaziladigan joylarida 
materiallar hamda buyurtmalarini vaqtincha saqlash uchun tashkil qilinadi.
Uchastka va ob’ekt omborlari ayrim ishlab chiqarish uchastkalari hamda ob’ektlar 
uchun materiallar, uskunalar saqlanadigan joy xizmatini o’taydi.
Keyingi yillarda territorial ta’minot - sotish organlari moddiy resurslarni yetkazib 
berishlar asosiy turlari bo’yicha kompleksda realizatsiya qilishni o’z zimmasiga olish 
shaklidan iborat kompleks ta’minoti tarqaldi. Kompleks ta’minotda moddiy resurslar 
iste’molchilarni uzluksiz va kompleksli ta’minlash uchun ta’minot sotish tashkilotlarining 
roli oshadi. 
Kompleks ta’minot iste’molchilardan ishlab chiqarish zapaslarini kamaytirish, 
moddiy resurslar aylanishini jadallashtirish, korxonalar va qurilishlar ta’minot apparatini 
ixchamlash uchun sharoit yaratadi.


Moddiy-texnika resurslari ko’paygan sari ta’minotning ombor shaklidan ulgurji 
savdoga asta-sekin o’tilaveradi. Ulgurji savdo deyilganda, ishlab chiqarish vositalarni oz 
miqdorda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga magazinlar, bazalar hamda omborlar 
orqali fondsiz sotishni tushinmoq kerak. Ulgurji savdo, avvalo ilmiy-tadqiqot institutlari, 
tajriba korxonalari va tashkilotlari uchun tashkil etilgan edi. Hozirgi vaqtda ulgurji savdo 
sohasi kengayib bormoqda. 
Ulgurji savdo buyurtmalar va mahsulot berish tizimini soddalashtirish, iste’molchilarga 
xizmat ko’rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Buning uchun materiallar va buyurtmalar 
nomenklaturasini kengaytirish, hamda ularning zarur assortimentlar magazinlarda bo’lishini 
ta’minlash, iste’molchilar talablarini o’z vaqtida qondirish zarur. 
Moddiy-texnika ta’minoti sohasida moddiy resurslar yetkazib beruvchilari bilan 
iste’molchilari o’rtasida o’zaro tashkiliy, iqtisodiy huquqiy munosabatlar jamidan iborat 
xo’jalik aloqalari tarkib topadi. 
Tarmoq tarkibi belgisiga ko’ra ichki tarmoq va tarmoqlararo xo’jalik aloqalari 
farqlanadi. Ta’minot-sotish tashkilotlari bilan bevosita va bilvosita xo’jalik aloqalari 
o’rnatiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin