O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Qisqacha xulosalar 
Xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining uzluksiz rivojlanishi, ishlab chiqarish 
miqdorining ko’payishi, ishlab chiqarish yo’nalishidagi mahsulot tovar aylanishini katta 
hajmda o’sishini vujudga keltiradi. 
Moddiy-texnika ta’minotining to’g’ri tashkil etilishi ishlab chiqarishning texnika 
darajasi oshishiga yordam beradi, korxonalar ishining iqtisodiy ko’rsatkichlari va 
moliyaviy holati yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatadi va ishlab chiqarish samaradorligini 
oshiradi. 
Moddiy-texnika ta’minotining shakli deyilganda moddiy-resurslarni ishlab chiqarish, 
tashish, iste’mol qilish sharoitlariga bog’liq holda ishlab chiqaruvchi korxonalardan 
iste’mol qiluvchi korxonalarga yetkazish usulini tushuniladi. 
Moddiy-texnika resurslari ko’paygan sari ta’minotning ombor shaklidan ulgurji 
savdoga asta-sekin o’tilaveradi. Ulgurji savdo deyilganda, ishlab chiqarish vositalarini oz 
miqdorda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga magazinlar, bazalar hamda omborlar 
orqali fondsiz sotishni tushuniladi. 
Moddiy-texnika ta’minotining samaradorligini yetkazib berishlar bir maromda va 
o’z vaqtida bo’lishi bilangina emas, balki muomala vaqtining qisqarishi hamda muomala 
chiqimlarining kamayishi bilan ham aniqlanadi. 


Tayanch iboralar 
Moddiy-texnika ta’minoti, yetkazib beruvchi korxonalar, ta’minot organlari, tranzit, 
ombor, bazis organlar, uchastka va ob’ekt omborlari, ulgurji savdo, chakana savdo, 
muomala chiqimlari, qo’shimcha chiqimlar, ta’minot, sotish. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Suv xo’jaligining moddiy-texnika ta’minoti haqida tushuncha bering? 
2.
Moddiy-texnika ta’minotining shakllari haqida nima bilasiz? 
3.
Ta’minot omborlarining qanday turlarini bilasiz? 
4.
Ulgurji savdo haqida nimani bilasiz? 
5.
Muomala chiqimlarini kamaytirish yo’llarini tushintiring? 
6.
Ta’minot tranzit shakli haqida tushuncha bering? 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin