O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
Asosiy adabiyotlar 
1. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995. 
2. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI, 
2005. 
3. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». 
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004. 


XII BOB. Cuv xo’jaligi korxonalarida bozor tizimi moddalarini qo’llash 
12.1. Bozor tizimining asosiy printsiplari va uning tejamkorlik rejimini amalga 
oshirishdagi roli 
Davlat va nodavlat korxonalari va tashkilotlari o’zlariga yuklatilgan funktsiyalarni 
bajarish chiqimlariga ko’ra smeta byudjeti hamda xo’jalik hisobi korxonalari va 
tashkilotlariga bo’linadi. Smetaning byudjetli muassasalari, tashkilotlar va korxonalarda 
barcha sarflar tasdiqlangan smetalar bo’yicha byudjet mablag’lari hisobiga qoplanadi. 
Xo’jalik hisobi korxonalari esa o’z sarflarini xo’jalik faoliyati natijasida olingan pul 
mablag’lari hisobiga qoplaydilar.
Barcha korxonalar o’z iqtisodiy mohiyatiga ko’ra xo’jalik hisobi korxonalari 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda qariyib barcha davlat korxonalari xo’jalik hisobiga o’tkazilgan. 
Suv xo’jaligida qurilish va loyiha tashkilotlari xo’jalik daromadi hisobiga yashaydi. Lekin 
suv xo’jaligi ekspluatatsion tashkilotlarining asosiy qismi (suv xo’jaligi ta’mirlashining 
ekspluatatsion va ishlab chiqarish tashkilotlari, suv chiqarish va zax qochirish tizimlari va 
suv omborlari va kanallari boshqarmalari) hozircha bozor munosabatlariga o’tkazilmagan 
hamda byudjet mablag’laridan foydalanmoqdalar. Ayni vaqtda ichki xo’jalik melioratsiya 
tizimlari (SFUlar) bozor tizimi sharoitida ishlamoqda.
Bozor tizimiga o’tgan korxonalar xo’jaligini rejali yuritish usuli bo’lib, xo’jalik 
faoliyatining sarflari va natijalari pul shaklida o’zaro o’lchashga asoslanadi. U davlat bilan 
korxonalar o’rtasida, ayrim korxonalar o’rtasida, korxonalar jamoasi ayrim xodimlar 
o’rtasida tarkib topadigan muayyan iqtisodiy munosabatlar bilan ifodalaniladi. Shunday 
qilib, bozor tizimi, xo’jalik aloqalari va o’zaro munosabatlarning katta tizimini qamrab 
oladi.
Iqtisodiy rag’batlantirishning yangi sharoitlarida iqtisodiy rivojlantirishning ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan eng muhim instrumenti bo’lgan bozor 
munosabatlariga katta ahamiyat berilmoqda.
Tovar pul munosabatlari sharoitidagi iqtisodiy kotegoriya bo’lgan bozor 
munosabatlari qiymat qonuniga muvofiq ravishda amal qiladi, ishlab chiqarish jarayonida 
mehnat unumdorligi oshishiga va moddiy pul mablag’lari tejalishiga yordam beradi. Uning 


yordamida natijalar olishiga eng kam sarflar bilan erishiladi, u mahsulotni arzon va yaxshi, 
sifatli qilib ishlab chiqarishga undaydi, ishlab chiqarish resurslarini hisoblash hamda 
tejashga o’rgatadi. 
Hozirgi vaqtda bozor munosabatlarining jamoa, oila va nihoyat ijara pudrati singari 
turlari keng tarqalgan. 
Bozor munosabatlari asoslarida ishlayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy ishning 
usul hamda printsiplari «Ishlab chiqarish korxonasi to’g’risida nizom» da o’z ifodasini 
topgan. O’z xarajatlarini o’zi qoplash, xo’jalik kooperativ mustaqillik, moddiy 
manfaatdorlik va ishlab chiqarish jamoalarini ish natijalari uchun javobgarligi korxona 
moliya xo’jalik faoliyatini pul bilan nazorat qilish bozor munosabatlarining asosiy 
printsiplaridir.
Sarflar o’rnini qoplash har bir korxona o’z xarajatlarini realizatsiya qilingan 
mahsulot uchun olingan pul tushumlar hisobiga qoplash va foyda olishini anglatadi. 
Hozirgi vaqtda foyda va rentabellik ishlab chiqarish samaradorligining asosiy 
ko’rsatgichlari sifatida qaralmoqda. Foyda nima hisobiga va qanday sharoitda kuchayib 
borishiga jamiyat befarq qaraolmaydi. Bozor iqtisodi foyda mahsulot tannarxining 
kamayishi va mehnat unumdorligi oshishi asosida kuchayishidan manfaatdordir.
Ishlab chiqarish rentabelligi darajasiga tejamkorlik rejimiga rioya qilishgina emas, 
balki mahsulotning iqtisodiy jihatdan asoslangan narxlari ham ta’sir o’tkazadi. Bozor 
iqtisodi avvalo, narxlar tizimini takomillashtirishni ko’zda tutadi. Bozor narxlari ishlab 
chiarishning ijtimoiy zarur chiqimlariga muvofiq keladi va korxonalarning rentabelligini 
ta’minlaydi.
Bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqishda hisoblangan foyda va fondlar haqi singari 
iqtisodiy kategoriyalar birinchi marta joriy etiladi.
Bozor munosabatlariga o’tgan korxonalarda balansli va hisoblangan foyda hisoblab 
chiqiladi. Balansli foyda mazkur korxonalar balansidagi barcha ishlab chiqarishlar foydasi 
summalaridan tarkib topadi. Hisoblangan foyda (Pr) balansli foyda (Pb) bilan ishlab 
chiqarish fondlari (Pf) haqi, bank kreditlaridan foydalanish (Pb.k) va resurslardan 
foydalanish (Pr) haqi o’rtasidagi farq sifati aniqlanadi: 
Pr Pb-(Pf Pb.k Pr) 


Hisoblangan foyda joriy qilinishi munosabati bilan korxonaning umumiy va 
hisoblangan rentabelligini farqlash lozim bo’ladi.
Ishlab chiqarish fondlari haqi asosiy ishlab chiqarish fondlari me’yorlanadigan 
oborot mablag’lariga nisbatan foizlarda hisoblab chiqiladi. Suv xo’jaligi qurilish 
tashkilotlarida fondlar haqi me’yori 2-6% darajasida belgilanadi. 
Iqtisodiy vosita bo’lgan ishlab chiqarish fondlari haqi ikki yo’nalishda amal qiladi. 
Ish haqi joriy etish munosabati balan ishlab chiqarish asosiy vositalardan foydalanish 
samaradorligi oshadi. Ikkinchidan korxonalar foydadan davlat byudjetiga topshiradigan 
fondlar haqi markazlashgan sof daromadni to’ldirishga qaratilgandir. 
Bank kreditlaridan foydalanish haqi korxonalarni o’z mablag’laridan foydalanishni 
yaxshilashga va eng kam zarur kreditlar olishga rag’batlantiradi. Yer, suv va mehnat 
resurslaridan foydalanish haqining me’yorlari hozirgi vaqtda ishlab chiqilmoqda. Bozor 
tizimi korxonalari va tashkilotlari muayyan xo’jalik kooperativ mustaqilikka ega bo’lib, 
alohida xo’jalik birliklari sifatida namoyon bo’lmoqdalar. Ular zarur mablag’lar bilan 
ta’minlanadilar, mustaqil balans va buxgalteriya uchyotining tugallangan tizimiga 
egadirlar, boshqa hisob-kitob schyoti ochadilar, bank kreditlari olish, yuridik shaxs bo’lish 
huquqiga egadirlar. 
Iqtisodning tubdan qayta qurilishi xo’jalik hisobi korxonalari va tashkilotlarning 
kooperativ mustaqilligini yanada oshiradi. Mustaqillikning oshishi, avvalo yuqori organ 
tasdiqlaydigan rejali ko’rsatgichlar soni kamayganligi va eng oz xolga keltirilganligida 
ifodalanadi. 
Direktiv ko’rsatkichlar orasida ishlab chiqarish faoliyatining pirovard natijalari va 
uning samaradorligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlari qolmoqda. Korxonalarda quyidagi 
ko’rsatkichlar aniqlanadi, ishlab chiqarish bo’yicha-yalpi, me’yoriy, sof va tovar mahsulot 
ishlab chiqarish hajmi; mehnat bo’yicha-foyda, byudjet mablag’lari, umumiy foyda va 
mehnat unumdorligining oshishi; kapital qo’yilmalar bo’yicha-markazlashgan kapital 
qo’yilmalar hisobiga asosiy fondlarni ishga tushirish; ishlab chiqarishni takomillashtirish 
bo’yicha yangi ishlab chiqarishlarni va yangi texnikani o’zlashtirish; moddiy texnika 
ta’minoti bo’yicha-yuqori tashkilotlar taqsimlaydigan texnika, uskuna, qurilish materiallari 
va boshqa vositalarni yetkazib berishlar hajmi. 
Yillik reja, boshqa ko’rsatkichlarni korxonaning o’zi ishlab chiqadi. Korxonalar va 


xodimlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning pirovard natijalaridan moddiy 
manfaatdorligi bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda mustahkamlash uchun katta 
ahamiyatga egadir. Bozor munosabatlarida shaxsiy manfaatlar korxona manfaatlari bilan 
eng to’la uyg’unlashadi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishdan shaxsiy va jamoat 
manfaatlarining bir-biriga muvofiq kelishi tejamkorlik rejimi hamda mahsulot tannarxini 
kamaytirishga rioya qilish kuzatilmoqda. 
Bozor tizimi korxonalar va tashkilotlarida quyidagi jamoat va shaxsiy, moddiy 
rag’batlantirish maxsus fondlari yaratilmoqda: moddiy rag’batlantirish fondi; ijtimoiy-
madaniy tadbirlar va uy-joy qurilishi fondi; ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi. 
Iqtisodiy rivojlantirish fonlari hisoblangan foyda hisobiga tuzilmoqda. Foydadan 
ajratmalar miqdori hisoblangan rentabellikka bog’liq bo’ladi.
Korxona va xodimlarning moddiy manfaatdorligi bu fondlarga pul tushumlari 
miqdorining xo’jalik faoliyati natijalariga bog’liqligiga asoslanadi. Ish yaxshilanishi bilan 
moddiy rag’batlantirish foydalariga ajratiladigan foyda ulushi ko’payadi.
Bunda moddiy manfaatdorlik ma’naviy rag’bat bilan birgalikda ko’rib chiqilishini 
hisobga olmoq kerak. Moddiy va ma’naviy rag’batlar o’zaro bir-birini mustahkamlaydi 
hamda yagona maqsadga erishishga qaratilgan bo’ladi. 
Bozor munosabatlari joriy qilinganda korxonalar va tashkilotlarning davlat rejasini 
bajarishdan ishlab chiqarish resurslari va pul mablag’laridan oqilona foydalanish moddiy 
manfaatdorlikni oshiradi. Xo’jalik shartnomalari, korxonalar o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlarni tartibga solib turadi. Shartnomalar bo’yicha boshqa korxonalar uchun ishlar 
bajariladi, mahsulot sotish va moddiy-texnika ta’minoti amalga oshiriladi. Bunda ishlab 
chiqarish va moliya intizomi hamda shartnomali majburiyatlar bajarilishi uchun javobgarlik 
oshadi.
Xo’jalik 
shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni, to’lov majburiyatlarini 
bajarmaganlik uchun korxona jarimalar, peniyalar va neustoykalar to’laydilar. Bu esa 
moliyaviy ahvol yomonlashishiga, mahsulot tannarxi oshishiga, rentabellik pasayishiga 
shuningdek, iqtisodiy rag’batlantirish fondlari qisqarishiga olib keladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar, xo’jalik va moliyaviy faoliyatining 
moliya-kredit organlari tomonidan pul bilan nazorat qilinishi ancha to’la namoyon bo’ladi. 
Pul bilan nazorat qilish ish natijalari, pul ko’rsatkichlariga ko’ra aniqlanishini va 


korxonalar faoliyatiga hamda ularning ishlab chiqarish jamoalariga iqtisodiy ta’sir 
o’tkazish amalga oshirilishini bildiradi.
Barcha asosiy printsiplarni birgalikda amalga oshirish xo’jalik samaradorligini 
oshirishining zarur shartidir. Bu printsiplar barcha ijtimoiy korxonalarga xos bo’lib, suv 
xo’jaligi tarmog’ida bozor tizimini joriy qilish va takomillashtirishda hisobga olinishi zarur 
bo’lgan xususiyatlarga egadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin