O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 O’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tkazilgan suv xo’jaligi qurilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

12.4. O’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tkazilgan suv xo’jaligi qurilish 
tashkilotlarida sotsial madaniy tadbirlar va uy-joy qurilish fondini tuzish manbalari 
va uni taqsimlash
Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondidan foydalanish moddiy manfaatdorlikni 
ta’minlaydi, chunki bu fond tufayli mehnat sharoitlari va qurollari yaxshilanadi, mehnat 
unumdorligi oshadi.
Rejali foydani oshirib bajarish iqtisodiy rag’batlantirish fondlari miqdori oshishiga 
olib keladi. Reja bajarilmasa, fondlarga ajratmalar kamayadi. Iqtisodiy rag’batlantirish 
fondlariga ajratmalarning eng kam foizi ko’rsatib o’tilgan fondlardan kam bo’lmay, 
hisoblangan fondning haqiqatdagi qoldig’idan yuqori bo’lmaydi. Bu fondlarga ajratmalar 
bitkazilgan ob’ektlar yoki ishlar bosqichlariga qarab har kvartalda ko’payib boradigan 
yakunlarda qilinadi.
Iqtisodiy rag’batlantirish fondlarining joriy yilda foydalanilmagan mablag’lari 
kelgusi yilga o’tkaziladi va korxonalardan olib qo’yilmaydi.
Bozor 
munosabatlari 
ta’mirlash-qurilish 
tashkiloti 
ichidagi 
iqtisodiy 
munosabatlarning keng rivojlantirishni va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bozor 
munosabatlari qurilish tashkilotlarining quyi bo’g’imlari bo’lgan uchastkalari va 
brigadalarni qamraydi. 
Hozirgi vaqtda suv xo’jaligi qurilishida bozor munosabatlari quyidagi ichki shaklda 
qo’llanilmoqda: brigada va jamoa pudrati. 
Ishlab chiqarishdagi sarflarni rejalashtirish va hisobga olishni yaxshi yo’lga qo’yish 
brigada pudratining zarur shartidir. Moddiy mablag’lar sarflarini hisobga olish, limit olish 
yoki tejam daftarchalari yordamida olib boriladi.
Topshiriq bajarilib bo’lgach pudratga ishlayotgan brigada faoliyatining natijalari 
aniqlanadigan noryad–topshiriq yopiladi. Topshiriqni muddatdan ilgari bajarilganliklari va 
materiallarni tejalganliklari uchun ishchilar mukofatlanadilar. 
Keyingi yillarida suv xo’jaligi qurilishida jamoa pudratining yangi shakli bo’lgan 
brigada pudrati tobora keng rivojlanmoqda. Bu shaklning mohiyati shundan iboratki, 
brigada shartnoma asosida ob’ektdagi qurilish-montaj ishlari butun hajmini shartnoma 
narxlari bo’yicha bajarishni o’z zimmasiga oladi. Pudrat ishlarini brigada nazorati ostida 


asosiy pudratchilar bajaradi.
Qurilish tashkilotining ma’muriyati kafolatlangan moddiy-texnika ta’minotini 
ta’minlaydi va rejali topshiriqlarini bajarishda brigadaga ishlab chiqarish mustaqilligi 
beriladi. 
Ishchilar quyidagi uchta ko’rsatkichga ko’ra mukofatlanadilar: ob’ektni ishga 
tushirish muddati; ishning sifati; ishlar tannarxini kamaytirishdan olingan tejam. Sarflar 
moddalar bo’yicha qurilish-montaj ishlari tannarxi kamayganliga uchun ishchilarni moddiy 
rag’batlantirish jamoa pudratining asosiy xususiyatidir.
Tannarx kamayishidan olingan tejamning bir qismidan xodimlarni mukofatlash 
uchun foydalaniladi, summaning 90% ishchilarga va 10% injener texnik xodimlarga 
to’lanadi.
Mukofatlar miqdori ishlar sifati erishilgan tejam summasining «a’lo» baholanganda 
40% igacha differentsiyalanadi.
Barcha xil mukofatlar ob’ekt ishga tushirilgandan keyin beriladi. qurilish jarayonida 
ish haqi haqiqatda bajarilgan ishlar hajmi uchun, mukofatlarsiz berib boriladi. Ilg’or 
qurilish jamoalarning tajribasi brigada pudratining katta samaradorligini ko’rsatadi. Pudrat 
jamoalari ishlaydigan obe’ktlar belgilangan muddatlarda tashkil etiladi va ishlarining 
yuqori sifati bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin