O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Suv xo’jaligi ta’mirlashi ishlab chiqarish boshqarmalarida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

12.5. Suv xo’jaligi ta’mirlashi ishlab chiqarish boshqarmalarida
bozor munosabatlarini qo’llash 
Hozirgi vaqtda suv xo’jaligi tizimlari bilan qishloq xo’jaligi korxonalari o’rtasida 
iste’molchi xo’jaliklarga suv berishda namoyon bo’ladigan bir yoqlama ishlab chiqarish 
aloqasi o’rnatilgan. Sug’orish tizimlarini ishlatish boshqarmalari rejalariga muvofiq 
ravishda iste’molchilarni sug’oruv suvi bilan bepul ta’minlaydilar. Bunday bir yoqlama 
aloqada sug’orish tizimi bilan xo’jalikning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi 
manfaatlari hamma vaqt ham muvofiq kelavermaydi. Natijada ortiqcha suv ko’plab tashlab 
yuboriladiki, bunga sug’orish tizimlari anchagina sarflar qiladi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, smeta-byudjet yo’li bilan pul ajratishda suv xo’jaligi 
tashkiloti faoliyatining u yoki bu sharoitlarini ko’zda tutish qiyin bo’lgan smeta xarajatlari 


doirasi bilan siqib qo’yiladi. Bunda yilning iqlim sharoitlari to’la hisobga olinmaydi, ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishdan moddiy manfaatdorlik sust namoyon bo’ladi.
Melioratsiya tizimlari xo’jalik faoliyatidagi hamda iste’molchilar tomonidan 
sug’oruv suvidan foydalanishdagi ko’p kamchiliklarga o’zaro bozor munosabatlarini 
o’rnatish bilan barxam berish mumkin. 
Suv xo’jaligining ekspluatatsion tashkilotlari bilan qishloq xo’jalik korxonlari 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qiymat qonuni amal qilishining ob’ektiv uchyotiga, suv 
uchun haq to’lash yo’li bilan tovar-pul munosabatlarini joriy qilishga asoslanishi kerak. 
Sug’oruv suvidan qishloq xo’jaligida foydalanish yerdan foydalanish balan uzviy 
bog’liqdir va uning iste’mol qiymati sug’oriladigan yerlardagi qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishning provard natijalarni hisobga olish bilangina ko’rib chiqilishi mumkin. Tovar 
bo’lgan suvni qishloq xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatidan ajratilgan xolda 
baholash foydasizdir.
Suv xo’jaligi bilan suvdan foydalanuvchilar o’rtasida bozor munosabatlarini 
o’rnatishni sug’orish suvidan oqilona foydalanish, melioratsiya tizimlari ishini yaxshilash 
va ularning qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishdagi rolini oshirishga qaratilgan 
muhim iqtisodiy tadbir bo’lmoq kerak.
Suv xo’jaligini bozor tizimiga o’tkazishdagi narsa bu-sug’orish suvi berishga tarif 
belgilashdir. Suvdan haq to’lab pullik foydalanish suv xo’jaligi tashkiloti bilan suvdan 
foydalanuvchi xo’jalik o’rtasida iqtisodiy munosabatlarini vujudga keltiradi. Suvga ta’rif 
belgilash qo’yidagilarni nazarda tutadi: 
suv 
xo’jaligi 
korxonalari 
ishlab 
chiqarish 
chiqimlarini 
suvdan 
foydalanuvchilar zimmasiga o’tkazish; 
suv xo’jaligi tizimlarini ishlatish boshqarmalarining ishlab chiqarish 
chiqimlarini qoplash; 
suv xo’jaligi yetkazib berilgan suvdan foyda olish. 
Suvdan haq to’lab foydalanish suvdan ancha oqilona foydalanish va sug’orish 
tizimlari texnika darajasini oshirishga yordam beradi. 
Melioratsiya tizimlarini bozor munosabatlari asosiga o’tkazish to’g’risidagi masala 
ko’p marta o’rtaga qo’yiladi. 1940-1955 yillarda Kuban guruch tizimi sinov tariqasida 
xo’jalik hisobiga o’tkazilgan edi. Terk-Kumsk gidrouzelida xo’jalik hisobi 1969 yilda joriy 


etildi.
Hozirgi vaqtda Qirg’izistonda barcha sug’orish tizimlari bozor munosabatlariga 
o’tkazilgan. Bu usulning xususiyati shundan iboratki, Qirg’iziston sug’orish tizimlari 
davlat byudjetidan pul bilan ta’minlashdan olib qo’yilgan. Ularni mablag’lar bilan 
ta’minlash limitlari agrasanoat kompleksi organlariga berilgan bo’lib, ular pul 
mablag’larini sug’orish shoxobchalariga suvni rejali berish miqdoriga muvofiq ravishda 
o’tkazadilar xo’jaliklar rejadan ortiq suv olsalar, suv haqini o’z mablag’laridan oshirilgan 
tarifda to’laydilar.
Shunday qilib qishloq xo’jalik organlari orqali tizimlar boshqarmalarga kelib 
tushadigan byudjet mablag’lari bilan ta’minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Moliya 
mexanizmining xatto shunday qisman o’zgarishi ham sug’oruv suvidan foydalanish 
samaradorligini oshiradi.
Quyidagilar melioratsiya tizimlarini bozor tizimiga o’tkazish va ularning bundan 
buyoniga ishi bo’yicha asosiy hujjatlardir: 
ekspluatatsiya boshqarmasining ustavi; 
suv qabul qilish berishning tipovoy shartnomasi uchun ta’rif belgilash 
uslubiyoti; 
xo’jaliklararo melioratsiya tizimiga va undagi inshootlariga texnik xizmat 
ko’rsatish to’g’risida nizom; 
sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulot yetishtirish hajmiga bog’liq 
holda qishloq xo’jalik korxonalarning suv haqi sarflari o’rnini qoplash tartibi to’g’risidagi 
ko’rsatmalar.
Sug’orish tizimlarini ishlatish boshqarmalariga kreditlar berish tartibi to’g’risida 
ko’rsatmalar. 
Sug’orish tizimlarini ishlatish boshqarmasining tipovoy ustavida boshqarma 
sug’orish tizimlarini ishlatish bo’yicha bozor tizimidagi mustaqil korxonasi hisoblanadi.
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalaridir: 
a) sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanishga yordam berish, sug’orish 
tizimlarini ishlatishni takomillashtirish, suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash asosiy 
fondlar, mehnat moddiy va moliya remurslaridan foydalanishni yaxshilash; 
b) kanallar va inshootlarni ishlatish, ilg’or tajriba hamda fan va texnikaning yangi 


yutuqlarini joriy qilish bilan bog’liq sermehnat ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni rivojlantirishni ta’minlash; 
v) kanallar va inshootlarni rekonstruktsiya qilish va texnika jihatidan 
takomillashtirish tadbirlarini o’tkazish. 
Suv xo’jaligi ekspluatatsion boshqarmasi quyidagilarni amalga oshiradi: 
davlat xo’jaliklararo sug’orish va zax qochirish shoxobchasi hamda 
gidrotexnika inshootlarini ishlatish; 
qishloq xo’jalik tashkilotlari bilan birgalikda boshqarma xizmat 
ko’rsatayotgan mintaqadagi melioratsiyalangan yerlarni ishlatishni rivojlantirishning asosiy 
yo’nalishini aniqlash; 
qishloq xo’jaligi korxonalari va tashkilotlariga ichki xo’jalik sug’orish, zax 
qochirish shaxobchasi va undagi inshootlarni ishlatishda texnika yordami ko’rsatish. 
Suv xo’jalik boshqarmalarining vazifalari tarkibiga qishloq xo’jalik korxonalari va 
suvdan boshqa foydalanuvchilarga beriladigan suvdan samarali foydalanishni nazorat 
qilish, suvning zararli ta’siriga qarshi kurash olib borish, shuningdek suv resurslarini 
muxofaza qilish ham kiradi. 
Bozor munosabatlarini joriy qilishning ikkinchi jihati suvni hisobga olishidir. Suv 
oldi-sotdi predmeti bo’lib qolayotgan bozor munosabatlari sharoitida ekspluatatsion 
gidrometriyaning ahamiyati ancha oshib bormoqda. Suvdan rejali foydalanish suv sarfini 
real hisobga olishga asoslanishi tufayli ularning moliyaviy axvoli qishloq xo’jalik ekinlari 
xosildorligining darajasi va sug’oriladigan yerlarning melioratsiya xolati unga xal qiluvchi 
darajada bog’liq bo’ladi. 
Boshqarmalar suv berishni suvdan foydalanuvchilar bilan har yili tuziladigan 
shartnomalarga muvofiq ravishda amalga oshiradilar. 
Sug’orish suvi berish-olish xo’jalik shartnomasi 5 ta bo’limni o’z ichiga oladi. 
Birinchi bo’limda umumiy qoidalar bayen qilinadi. Bu yerda suv berish shartlari, suv 
berish ta’riflari va suvni hisobga olish masalalari ko’rsatiladi. 
Suv berish hajmlari suv berish-qabul qilish jurnalida qishloq xo’jaligi va suv 
xo’jaligi vakillari ishtirokida qayd etiladi. Shu jurnallar bo’yicha suv berish dekada 
vedomosti tuziladi. Dekadalik vedomostlar asosida suv qabul qilish va berishning oylik akti 
tuziladi. Suv qabul qilish, berish akti uch nusxada tuziladi, u suvga haq to’lash asosiy 


xizmatini o’taydi. Aktda berilgan suv va to’lanish kerak bo’lgan umumiy summa 
hisoblangan tariflar ko’rsatilib, reja hisobiga, rejadan ortiq suv berish, o’z xolicha suv olish 
qayd etiladi. 
Ikkinchi bo’limda iste’molchilarning majburiyatlari bayon qilinadi. Xo’jalik, ichki 
xo’jalik sug’orish shaxobchasini shay holda tutish, sug’orishning optimal rejimi 
qo’llanishi, suvdan oqilona foydalanish majburiyatlarini zimmasiga oladi.
Uchinchi bo’limda sug’orish tizimi boshqarmasining majburiyatlar bayon qilingan. 
Sug’orish tizimi boshqarmasi xo’jalikning sug’orish shaxobchasi va inshooti xolatini 
tekshiradi, ishlab chiqilgan limitlarga muvofiq suv beradi, suv o’lchagich qurilma va 
inshootlar to’g’ri ishlashi uchun javobgar bo’ladi.
To’rtinchi bo’limda jarimalar (sanktsiyalar) bayon qilingan. Bunda Irrigatsiya tizimi 
aybi bilan suv berish rejasi bajarmaganligi uchun, xo’jalikning suvni o’z holicha olinganlik, 
sug’orish shaxobchasini o’z vaqtida tayyorlab qo’yilmaganligi, Irrigatsiya inshootlari va 
qurilmalarini ishdan chiqarganlik uchun javobgarligi ko’zda tutilgan. 
Beshinchi bo’limda o’zaro hisob-kitoblar tartibi bayon qilingan. Yanvar oyida 
xo’jalik eksplatatsiya tashkilotiga 20% miqdorida avans o’tkazishi kerak. Irrigatsiya 
tizimining xo’jalik bilan hisob-kitoblari suv qabul qilish va berish aktlari asosida 
yoziladigan schyotlarni taqdim etish yo’li bilan har oyda o’tkazib turiladi. 
Shartnoma ilovasida aloxida shartlar izoxlangan. 
Sug’oruv suviga tariflar belgilash masalasida xozirgi vaqtda yagona bir fikr yo’q. 
Iqtisodchilarning yagona fikri suv berish tannarxi to’g’risidagi ma’lumotlari ta’rif 
stavkalariga asos qilib olinishi kerakligidan iborat bo’lib turibdi. Tariflarni rejalashtirishda 
foydalaniladigan rentabellik me’yoriy darajasini belgilash bo’yicha ikkta uslub qo’llaniladi. 
Birinchi xolda rentabellik me’yoriy tannarxga nisbatan, ikkinchi xolda esa fondlarga 
nisbatan hisoblab chiqiladi. 
Bozor tizimini ommaviy ravishda joriy etishda suv iste’moli tarifi suv resurslarini 
muhofaza qilish va suv rejimini tartibga solish xarajatlarini hamda manbadan suv olish va 
uni iste’molchilarga yetkazish sarflarni o’z ichiga oladigan jami sarflarga asoslanishi kerak. 
Tabiiy sharoitlar ta’siri mamlakat havzalari va mintaqalari bo’yicha suv berish 
moddiy va mehnat sarflarining ancha tebranib turishida namoyon bo’ladi. Bu esa tariflar 
mintaqa differentsiatsiyasini belgilash zaruratini tug’diradi. Sho’rlangan yerlarni yuvishga, 


nam saqlash sug’orishlari, tungi sug’orishlar, o’riladigan ekinlarni sug’orish va 
hokazolarga imtiyozlar ko’zda tutilmoqda.
Namgarchilik kelgan yillarda sug’oruv suviga ehtiyoj keskin kamayadi, beqaror suv 
iste’moli sharoitida suv berishga haq to’lash ikki stavkali tarif bo’yicha o’tkazilishi kerak: 
sug’oriladigan yerlarning 1 gektariga va 10000 m3 berilgan suvga haq to’lash tizim 
ekspluatatsion chiqimlarning beqaror qismiga asoslanadi, suv miqdori uchun haq to’lash 
ishlab chiqarish chiqimlarining o’zgaruvchan qismi bilan belgilanadi.
Sug’orma dehqonchilikning mavsumiy xarakteri sharoitida ikki stavkali tarif bir 
stavkali tarifga nisbatan muayyan afzalliklarga ega bo’ladi. Birinchi holda pul 
mablag’larining obi-havo sharoitidan qat’iy nazar bir tekisda tushishga erishiladi va ayni 
vaqti suvdan tejab foydalanish rag’bati saqlanib qoladi. 
Texnika xizmatini suv xo’jaligi organlarigina emas, balki agrosanoat tizimlari va 
boshqa idoralarning tashkilotlari hamda korxonalari ham amalga oshirishlari kerak. 
Texnik xizmat ko’rsatishga melioratsiya shahobchasi va inshootlari texnika garovini, 
joriy hamda kapital ta’mir qilish bilan bog’liq ta’mir-ekspluatatsion ishlarining butun 
kompleksi, shuningdek ta’mirlash ishlari loyiha smeta xujjatlarini tuzish va zarur tekshirish 
hamda qurishlarni bajarish kiradi. 
Sug’oriladigan yerlardan mahsulot ishlab chiqarishni qo’shimcha rag’batlantirish 
uchun o’sha yerlarda qishloq xo’jalik mahsulot yalpi ishlab chiqarishi suv xo’jaligiga 
bog’liq xolda qishloq xo’jalik korxonalariga suvga haq to’lash sarflari badalini to’lash 
tartibini joriy etish mo’ljallanmoqda. Badal miqdori xo’jalik olgan suv miqdoriga qarab 
emas, balka tegishli me’yor bo’yicha suv sarfi bilan sug’oriladigan maydonda olingan 
qiymat ko’rinishdagi yalpi hosil miqdoriga qarab belgilanadi. Xo’jaliklarga tegishli kerak 
bo’lgan badal summalarini fermerlar tuman qishloq va suv xo’jalik boshqarmalari orqali 
oladilar. Tabiiy ko’rinishdagi mahsulot ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar yillik 
hisobotlardan olinadi. Mahsulot rejali tannarx bo’yicha baholanadi.
Bozor munosabatlarini joriy etish boshqa ko’p masalalarni o’rganish va hal etishni 
talab qiladi. Ularga moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, melioratsiya fondlari uchun 
xaq belgilash, rejalashtirish, buxgalteriya schyoti va statistika hisobini takomillashtirish
hamda boshqa masalalarni kiritmoq lozim.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin