o’simlikchilikning, chorvachilikning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan
talabini imkoniyat darajasida ta’minlashga;
ishchi-xizmatchilarning bilimini, malakasini yuksaltirish va moddiy hamda
ma’naviy rag’batlantirishni real, ta’sirchan usullar orqali rivojlantirishga;
ishlab
chiqarishni
liberallashtirish,
erkinlashtirishga,
islohotlarni
chuqurlashtirishga;
ishlab chiqarish, davr xarajatlarini, moliyaviy xarajatlarni imkoniyat doirasida
kamaytirishga;
soliqlar tizmini takomillashtirishga;
ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining baholarini erkinlashtirish va
boshqalarga.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan
darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq xo’jalik korxonalarining o’zida
marketing masalalari bilan muntazam shug’ullanadigan guruhlar yoki bo’limlarni tashkil
etish, ularni erkin bozor ma’lumotlari bilan muntazam ta’minlash zarur.
Shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug’ullanuvchi barcha
tashkilotlarning, korxonalarning faoliyatini rivojlantirish, ularning bo’limlarini ishlab
chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha xarajatlarga, nobudgarchilikka yo’l
qo’yilmaydi: qishloq xo’jalik korxonalari tez ayniydigan mahsulotlarni 70-100 km.
masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan yutkazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va
mahsulot sifati yomonlashmaydi, mahsulotlarning ko’proq, tezroq, arzonroq sotilishi
ta’minlanadi.
Bundan tashqari korxonalarning o’zlari ham yetishtirgan mahsulotlarini sotish bilan
shug’ullanuvchi uyushmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin,
qulay sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin
raqobatli bozor vujudga kelishida muhim o’rin tutadi.
Natijada qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlarining haqini kelishilgan
muddatlarda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar, ularni xo’jaliklar ishlab chiqarishga
sarflashi natijasida yalpi va tovar mahsulotlarini ko’paytirishga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: