9.3. Melioratsiya mashinalarini ishlatish sarflari, mashina-soat chiqimlari va
mexanizatsiyalangan ishlar tannarxi
Mashina ishlab chiqarishi sharoitida suv xo’jaligi korxonalari iqtisodiyotiga
mashinalarni ishlatish sarflari katta ta’sir o’tkazadi. Mashinalarni ishlatish chiqimlari
doimo qiymat shaklida namoyon bo’ladi va asosiy mahsulot tannarxiga qo’shiladi.
Melioratsiyalangan yerlarda qishloq xo’jalik mahsuloti tannarxidagi mexanizatsiyalangan
ishlar ulushi 40% va undan ko’prog’ini tashkil etadi.
Mashinalarni ishlatish chiqimlarining mohiyati ishlab chiqarishning har qanday
tarmog’ida bir xil bo’lib, lekin uning namoyon bo’lish va taqsimlanish shakli turlichadir. U
ishlab chiqarish shakllari va tarmoqning o’ziga xosligiga bog’liq bo’ladi.
Suv–melioratsiya ishlab chiqarishida melioratsiya mashinalarini ishlatish sarflari
yillik, soatli va mahsulot birligi sarflariga bo’linadi. Mashina–soat tannarxi
kalkulyatsiyalanadi.
Mashina–soat tannarxi–bu ishlatishning mashina foydali ish vaqtining bir soatiga
xisoblangan sarflardir. Mashina soatning smetali, rejali va xaqiqatdagi tannarxi farqlanadi.
Smetali tannarx mashina-soatning o’rtalashtirilgan tannarx va smeta me’yorlari negizini
tashkil etadigan me’yorlar asosida aniqlanadi, undan ishlarning smetali qiymatini aniqlash
uchun foydalaniladi.
Mashina-soatning rejali tannarxi mashinalarni ishlatish konkret sharoitlarini
muayyan uchastka, ishlar va unumdorlik miqdorlariga bog’liq xolda hisobga oladi. U rejali
me’yorlar va sarflar moddalari bo’yicha kalkulyatsiyalanadi.
Mashina–soatning haqiqatdagi tannarxi haqiqatdagi ishlatish soatlari xarajatlari
bo’yicha xisoblanadi. Sarflar miqdori birlamchi va buxgalteriya ucheti materiallari
bo’yicha aniqlanadi.
Mashina-soatning ishlatish chiqimlari sarflarning ishlab chiqarishdagi ishtirokiga
ko’ra bir yo’la, yillik joriy sarflardan iborat uch guruhga bo’linadigan turlaridan tarkib
topadi.
Bir yo’la sarflar (Zed) mashinalarni uchastkaga yetkazish, yordamchi qurilmalarni
montaj qilish va tiklash hamda mashinalarni me’yoriy ishlatish bilan bog’liq boshqa
tayyorgarlik ishlarini bajarish xarajatlaridan tarkib topadi. Mashina-soat bir yo’la sarflari
mazkur uchastkadagi proportsional tarzda ishlab berilgan mashina-soatlarga yoki qurilish
maydonchasiga (ZedG’Tch.uch) kiritiladi.
Yillik sarflarga amortizatsiya ajratmalari kiritiladi. Ularning miqdori mashinaning
birlamchi qiymati va amortizatsiya ajratmalari shartli barqaror xarajatlarga kiritiladi.
Mashinalardan qancha unumli foydalanilsa, ish birligiga shu xarajatlar shuncha kam to’g’ri
keladi.
Mashina–soat hisobidagi amortizatsiya ajratmalari summasi mashina ishi yillik
rejimiga muvofiq ravishda xisoblangan yildagi ish mashina –soatlar miqdori (AG’Tch.g)
bo’yicha aniqlanadi.
Joriy ekspluatatsion sarflar mashinalar ishi davomiyligi va bajarilgan ishlar xajmi
bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Bu sarflar ishlar hajmiga bevomita proportsional o’zgaradi.
Ular shartli o’zgaruvchi xarajatlarga kiritiladi.
Ekspluatatsion sarflar quyidagi moddalardan tarkib topadi:
Ishchilarning mashinalarni boshqarish bo’yicha ish haqi (Zzp);
Elektr energiyasi, yoqilg’i, moylash va artish materiallari qiymati (Zgsm);
Mashinalar joriy ta’miri va ularga texnika xizmati ko’rsatish sarflari; (Ztr)
Smena jixozi qiymati(Zos);
Ustama xarajatlar(Nr).
Mashina–soat chiqimlari keng ko’rinishda quyidagilarni tashkil etadi:
Нр
Зос
Зтр
Згсм
Ззп
уч
Тч
А
уч
Тч
Зсд
ч
Им
.
.
.
Bunda Imch-mashina-soat chiqimlari
Mashinistlar ish haqi ishlar yuqori sifatli bajarilganligi va ishlab chiqarish jarayoniga
mashinalar avariyalarisiz va to’xtab qolishisiz xizmat ko’rsatganlik uchun ish xaqiga 20%
xajmida mukofot ustamasi qo’shilgan tarif stavkalari bo’yicha belgilanadi.
Mashinaning bir soatli ishi yonilg’i xarajati (Wr) quyidagi formula bo’yicha
aniqlanadi, kg larda:
W
p
N
kg
*K
gv
[g
x
Q(g
n
-g
x
) K
gm
]
Bunda N-dvigatelning nominal quvvati, kvt;
Kd.v-vaqt mobaynida dvigateldan foydalanish, koeffitsiyenti;
q
x
–dvigatel salt ishlaganda 1 soat mobaynida dvigatel quvvatining 1 kVt iga yonilg’i
xarajati, kg;
q
n
-nominal nagruzka bo’lganida 1 soat mobaynida dvigatel quvvatining 1 kVt iga
yonilg’i xarajati, kg;
Kg.m-dvigateldan quvvatiga foydalanish koeffitsiyenti.
Yonilg’i va moylash materiallari qiymati asosiy yonilg’i (s) komplekti narxi
bo’yicha aniqlanadi:
ZgsmqTSWr
Yonilg’ining 1 kg komplekt narxi mashinaning har bir markasi uchun asosiy yonilg’i va
moylash materiallarining har qaysi turi xarajatiga asoslangan xolda amaldagi mintaqali
sotish narxlari bo’yicha aniqlanadi. Bunda transport va ta’minot xarajatlarining 10 %
miqdorida narxga ustama belgilanadi. Mazkur ishlar sermehnatligi joriy ta’mir va texnika
xizmati ko’rsatish sarflarini aniqlash asosini tashkil etadi. Mashina ishining (Tr.rm) moto-
soat hisobidagi joriy ta’mir va texnika xizmati ko’rsatish sermehnatligi quyidagi formula
(kishi soatlardagi) bo’yicha aniqlanadi:
Tr*iZiQTp*TpZtp
Tr.rm ------------------------------------
M
Bunda Tr.i-texnik xizmat ko’rsatish turining sermehnatligi, kishi soat;
Zi-texnik xizmat ko’rsatish turining miqdori va ta’mirlararo resurs;
Tr.tr-joriy ta’mir sermehnatligi, kishi-soat;
Ztr-ta’mirlararo resurs uchun joriy ta’mir miqdori;
M-ta’mirlararo resurs, mato-soat.
n-davriy texnika xizmati ko’rsatish turlari soni
Bu ma’lumotlarning melioratsiya mashinalari uchun ahamiyati SNIP-Sh-1-76 bilan
aniqlanadi.
Mashina ishining bir mato-soatli joriy ta’mirlar va texnika xizmati ko’rsatish qiymati
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Zt.r-Tr.rmZp.ch Kp KkrQTSrm Knr
Bunda Zp.ch-ta’mirda band bo’lgan ishchilarning o’rtachalangan razryad bo’yicha soatli
ta’rif stavkasi, sum;
Kp-ishlar sifatli va o’z vaqtida berilganligi uchun ishchilarga beriladigan
mukofotlarni xisobga oluvchi koeffitsiyent (Kp-1.2;)
Kkr-ish xaqi bilvosita xarajatlarni xisobga oluvchi koeffitsiyent (Kkrq1.4);
Srm-ta’mir materiallari va zahira qismlar qiymati, sum;
Knr-ustama xarajatlarni hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ta’mirlash materiallari va zahira qismlar qiymati mashinalar ta’mirida band bo’lgan
ishchilar ish xaqiga bog’liq holda aniqlanadi. Mazkur ko’rsatkichlar qiymati mashina-soat
qiymati hisob–kitobi uchun me’yoriy–ma’lumot materiallari bo’yicha aniqlanadi.
Smena jixozi (mashinalar pokrishkalari, po’lat arqonlar, zanjirlar, shlanglar,
bog’lovchi kayishlar) qiymati transport va ta’minot-ombor xarajatlariga 10% qo’yilgan
ulgurji narxlar preyskurantlari bo’yicha aniqlanadi. Mashinaning 1 soatli ishiga to’g’ri
keladigan xarajatlar smena jihozi qiymatini uning xizmat qilish muddatiga bo’lish bilan
aniqlanadi. Melioratsiya mashinalar uchun smena jixozi ta’miri sarflari jixoz qiymati 10 %
i miqdorida belgilangan.
Mashina–soat chiqimlarini aniqlash uchun qilingan ustama xarajatlar ish xaqi va
boshqa bevosita sarflardan foizlarda differentsiyalashtirilgan hisob-kitob yo’li bilan
xisoblab chiqiladi. Melioratsiya va qurilish mashinalari uchun ustama xarajatlar ish
xaqining 25%i va boshqa bevosita sarflarning 10% miqdorida belgilangan.
Ish birligi tannarxi
Вч
ч
Им
С
.
mashina-soat va mashina-soatli unumdorligi
sarflarning summasi bo’yicha aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |