baravar, tuproq ishlov berish tannarxini 1.2 baravar kamaytirish hamda ishlar madaniyati
va sifatini o’stirish imkonini beradi.
Melioratsiya mashinalarining sifati oshganda iste’molchilarning
ekspluatatsion
sarflari, kamayadi. Mashinalarning puxtaligi oshishi natijasida ta’mir xarajatlari tejaladi,
texnik nosozliklar tufayli to’xtab turishlar qisqaradi. Bu texnikadan foydalanish
samaradorligini oshiradi.
2005 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlarda chiqariladigan
mahsulot barcha turlar sifatini qat’iyan
yaxshilash, hozirgi davr talablariga javob
beradigan buyumlar assortimentini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko’paytirish, oliy
kategoriyali mahsulotning uni chiqarishning umumiy miqdoridagi ulushini o’stirish
zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Melioratsiya mashinalaridan samarali foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan omillarning
ikkinchi guruhiga ularni ishlatishning tashkiliy–iqtisodiy shart-sharoitlari kiradi. Ular
texnikadan yuqori unumli foydalanishning xal qiluvchi va belgilab beruvchi shartlaridir.
Quyidagilarni shulardan eng muhimlari deb xisoblash kerak:
Korxonalarni yuqori malakali mexanizator kadrlar bilan ta’minlash darajasi;
Mashinalarni ishlatishning oqilona tashkiliy shakllari;
Ishlab chiqarish jarayonlari va mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish natijasida
mashina ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash;
Mashinalarga texnika xizmati ko’rsatish va ularni ta’mirlashni oqilona tashkil qilish.
Melioratsiya texnikasini ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda to’plash shu texnika
unumdorligini
oshirishning
muhim
shartidir.
Melioratsiya
qurilish
texnikasini
ixtisoslashtirilgan trestlarda va mexanizatsiya boshqarmalarida to’plash ishlarini bajarishni
uyushtirishni yaxshilashga, qurilish sifatini yaxshilash
va muddatlarini qisqartirishga,
texnika xizmati ko’rsatishni hamda mashinalar va uskuna ta’mirini yaxshilashga yordam
beradi.
Mashinalardan foydalanishning uchinchi omili ishlab chiqarish jarayoni kechadigan
tabiy sharoitlardir. Melioratsiya mashinalarining unumdorligi tuproqlar, yer uchastkasining
shakli va boshqa tabiy sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Melioratsiya mashinalari unumdorligini belgilaydigan barcha omillar ish birligi
tannarxiga ham ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun mexanizatsiyalangan ishlarning
haqiqatdagi ekspluatatsion chiqimlari va tannarxining pasayishiga
mashinalarni texnik
smenalari sonini ko’paytirish, smena ichida to’xtab turishlarni kamaytirish, texnikadan
foydalanish unumdorligini oshirishga ta’sir o’tkazadigan barcha omillardan foydalanish
qoidalariga rioya qilish natijasida erishiladi.