O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Yerlarni melioratsiyalashtirishning ahamiyati va mohiyati. 
2. Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning o’ziga xos 
xususiyatlari. 
3. Kapital qo’yilmalarning mutloq samaradorligini aniqlash. 
4. Kapital qo’yilmalarning nisbiy samaradorligini aniqlash. 
5. Meliorativ tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
6. Qurilish lagini va o’zlashtirish lagini aniqlash uslublari. 
7. Sug’orish texnikasini iqtisodiy baholash. 
8. Suv toshqiniga qarshi tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. 
 
Asosiy adabiyotlar 
1. O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni, 
1993. 
2. I.A.Karimov. Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, Toshkent, 1995. 
3. A.S.Sultonov. «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti». Ma’ruzalar matni, Toshkent, TIMI, 
2005. 
4. A.Abdug’aniyev, A.A.Abdug’aniyev. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti». 
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent. 2004. 
IX BOB. Melioratsiya texnikasidan foydalanish iqtisodiyoti 
 
9.1. Suv-melioratsiya qurilishini kompleks mexanizatsiyalashning iqtisodiy asoslari 
 


Suv xo’jaligi va melioratsiya qurilishining g’oyat katta ko’lamlari gidromelioratsiya 
tizimlari va melioratsiyalangan yerlarni ishlatish tobora kengayib borayotganligi qurilish 
hamda melioratsiya texnikasini ishlab chiqarishni muttasil ko’chaytirishni talab qiladi. 
Melioratsiya texnikasining o’sishi qishloq xo’jaligi iqtisodiy ehtiyeji bilan bevosita 
bog’liqdir. Melioratsiyaning rivojlanishi, o’z navbatida, qishloq xo’jalik iqtisodiyoti 
darajasining o’sishiga ta’sir o’tkazadi.
Buyumli mazmuniga ko’ra mashina mehnatning mexanik vositalarida buyumlashgan 
avvalgi mehnatdir. U ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat samaradorligini oshirish 
uchun qo’llaniladi. Mehnat vositalari o’z xolicha sotsial negizga ega bo’lmaydi, ular 
buyum tarzida namoyon bo’ladi. Lekin mashinaning ijtimoiy yo’nalishi va uning qo’llanish 
xarakteri jamiyat strukturasi hamda ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi.
Melioratsiya qurilishini mexanizatsiyalashning kompleks dasturi yer, beton va 
montaj ishlarining, shuningdek melioratsiyalanadigan yerni o’zlashtirish ishlarining katta 
xajmlarini bajarish bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda suv xo’jaligi deyarli butunlay hozirgi 
zamon mashina texnikasi negizida olib borilmoqda. 
Mashinalarning asosiy yo’nalishi qishloq va suv xo’jaligi xodimlarining mehnatini 
yengillashtirish xamda avaylash, uni ancha unumdor qilish, ishlar texnologiyasi va sifatini 
yaxshilash, ish davrini kamaytirish va shu bilan dehqonchilik unumdorligini oshirish 
xamda mahsulot tannarxini pasayishiga yordam berishidir. 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish–bu qo’l mehnatini mashinalar bilan, kam 
takomillashgan mashinalarni ko’p takomillashgan mashinalar bilan, ayrim tarqoq 
mashinalarni mashinalar tizimi bilan almashtirishdir. 
Melioratsiya qurilishida 1965 yildan 1996 yilgacha bo’lgan davr mobaynida yer 
ishlarini mexanizatsiyalash darajasi 94,8% dan 99,8% gacha, qurilish konstruktsiyalarini 
montaj qilish darajasi 71,1% dan 93,6% gacha, beton tayyorlash darajasi 72,9% dan 90,1% 
gacha o’sdi. 
Suv-melioratsiya va qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalash darajasining o’sishi 
mehnat unumdorligini oshirish hamda qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni 
ko’paytirishning muhim omili xisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash rivojlanish darajasiga ko’ra qisman 
mexanizatsiyalashgan, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga bo’linadi. 


Qisman mexanizatsiyalashda asosiy ishlab chiqarish jarayonlaridagi ishlargina bajariladi. 
Kompleks mexanizatsiyalash barcha asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini mashinalar 
yordamida olib borishni ko’zda tutadi. Qo’l mehnati esa mayda yordamchi 
operatsiyalardagina qo’llaniladi.
Sug’orish va zax qochirish tizimlaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks 
mexanizatsiyalash hamda avtomatlashtirish suv–melioratsiya qurilishidagi texnika 
taraqqiyotining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. 
Suv-melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash darajasi va korxonalarning jihozlanishi 
quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi ishlarni mexanizatsiyalash koeffitsiyenti
kompleks mexanizatsiyalash koeffitsiyenti, mexanizatsiya bilan qurollanish va energiya 
bilan qurollanish ko’rsatkichlari. 
Mexanizatsiyalash koeffitsiyenti mexanizatsiyalangan ishlar hajmining tabiiy 
ko’rinishida bajarilgan ishlar umumiy xajmiga nisbati bilan aniqlanadi. 
Kompleks mexanizatsiyalash koeffitsiyenti kompleks mexanizatsiyalashgan ishlar 
xajmining tabiiy ko’rinishida mexanizatsiyalangan ishlar hajmiga nisbati bilan hisoblab 
chiqiladi. 
Yangi texnika joriy qilinishi natijasida qurilish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash 
darajasi 94-96% gacha o’sdi, qo’l mehnatining ulushi ancha kamaydi.
Mexanizm bilan qurollanganlik ko’rsatkichi melioratsiya mashinalari va 
mexanizmlarining o’rtacha xodim hisobidagi qiymatini xarakterlaydi. U mashina va 
mexanizmlar balansli qiymatining mazkur ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning 
o’rtacha yillik soniga nisbati bilan aniqlanadi. 
Yer va suv–melioratsiya ishlari katta energiya sig’imli ishlardir. Shuning uchun suv–
melioratsiya ishlab chiqarishda mehnatning energiya bilan qurollanganlik ko’rsatkichi 
korxonalar xo’jalik faoliyatini taxlil qilishda katta ahamiyat kasb etadi. U mashinalarning 
iste’mol qilinadigan quvvati o’sishi bilan mehnat unumdorligi oshishi o’rtasidagi bevosita 
aloqani xarakterlaydi.
Mehnatning energiya bilan qurollanganligi mazkur ishlab chiqarishda band bo’lgan 
bir xodimga to’g’ri keluvchi foydilaniladigan mashina va mexanizmlarida o’rnatilgan 
dvigatellar jami quvvati bilan aniqlanadi.


Mehnatning mexanizm bilan qurollanganligi va energiya bilan qurollanganligining 
o’sishi mehnat unumdorligi oshishining asosiy omili xisoblanadi. 
Mehnatning energiya bilan qurollanganlik darajasining o’sishi, barcha ishlab 
chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va elektrlashtirish uchun mashinalar 
tizimiga tayanadigan ishlab chiqarishning potok–industrial usullarini qo’llanish 
melioratsiya texnikasi texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridar. 
Yaqin kelajakda yerlarni melioratsiyalash, mashinalarini joriy qilish, kultertexnik 
ishlarni amalga oshirish, maysazorlar va o’tloqlarni tubdan yaxshilash, qishloq xo’jalik 
ekinlarini sug’orishni mexanazatsiyalash, o’tloqlarga suv chiqarish, tuproqning suv hamda 
shamol erroziyasiga qarshi kurashish, zaxi ko’p zonalardagi ishlarni mexanizatsiyalash 
ko’zda tutilgan. 
Mashinalar tizimi deyilganda mashinalarning mehnat predmeti turli xil, lekin bir–
birini o’zaro to’ldiruvchi ishchi mashinalar zanjiri tomonidan bajariladigan o’zaro bog’liq 
qismiy jarayonlarning izchil qatoridan o’tuvchi mashinalar uyg’unlashuvi tushuniladi. 
Shunday qilib, mashinalar tizimi-bu zarur texnika parametrlari bilan o’zaro kelishtirilgan, 
ishlab chiqarishning yagona potok texnologiyasida qo’llanish uchun mo’ljallangan turli xil 
mashina va mexanizmlarning jamidir. 
Yerlar melioratsiyasi va suv xo’jaligi sohasida 1975-1990 yillarga mo’ljallangan 
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ―Melioratsiya‖ bo’limi bo’yicha mashinalir 
tizimi ishlab chiqilgan edi. Mazkur tizimga muvofiq 232 ta melioratsiya mashinasini 
yaratish va ishlab chiqarish tomonidan o’zlashtirish lozim edi.
Hozirgi vaqtda 1990-2000 yillarga mo’ljallangan mashinalar tizimi ishlab chiqilgan 
bo’lib, bu tizim texnologik sermehnatlikni kamida 50% ga, ishlatish chiqimlarini 25-30% 
ga kamaytirishni ta’minlashi, shuningdek uni yaxshilash va industrial ishga aylantirish 
vazifalarini hal qilishga yordam berishi kerak. 
Melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashni rivojlantirishga mashinasozlikning 
melioratsiya, qurilish va qishloq xo’jalik texnikasi ishlab chiqaradigan tarmoqlaridagi fan-
texnika taraqqiyoti katta ta’sir o’tkazadi. Hozirgi vaqtda melioratsiyalanayetgan yerlardagi 
melioratsiya va qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalashni rivojlantirish traktorlarning 
ayrim quvvatini oshirishga, bir o’tishda bir necha texnologik operatsiyani bajaradigan 
kombinatsiyalangan mashinalar yaratishga, mashinalarni boshqarish va bajarilgan ishlar 


sifatini nazorat qilish uchun avtomatikani qo’llanishga, mashinalar o’tuvchanligini 
yaxshilashga uzellar, detallar, hamda mexanizmlarni keng unifikatsiyalashga qaratilgandir. 
Yer qazish mashinalarining asosiy parametrlari quyidagicha oshishi kerak: 
Kovshining sig’imi 0.44m
3
bo’lgan bir kovshli ekskovatorlarda 0.7 m
3
gacha yoki 
1.6 baravar. 
Ayrim quvvati s 90 l.s. bo’lgan buldozerlarda 160 l.s. gacha yoki 1.8 baravar;
Sig’imi 4.7 m
3
bo’lgan skreperlarda 8.0 m
3
gacha yeki 1.7 baravar. 
Mashinalar tizimini ishlab chiqishda quyidagi qoidalar hisobga olinadi: 
Mashinalar tizimiga mashina va dvigatellar tiplarining eng kam soni kiradi; 
Mashinalar bajaradigan ishlarni ko’paytirish yo’li bilan ulardan eng ko’p foydalanish 
ko’zda tutiladi. 
Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg’or usullaridan eng ko’p 
foydalanish ko’zda tutiladi. 
Yangi mashina va mexanizmlar ancha yuqori texnika iqtisodiy ko’rsatkichlarga ega 
bo’lishi kerak
Ayrim melioratsiya mashinalarini ham ular tizimlarining ham iqtisodiy baholashning 
asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardir: 
Mahsulot (ish) birligi sarflarini va sermehnatliligini kamaytirish; 
Ishlab chiqarish chiqimlari va mahsulot (ish) birligi tannarxini kamaytirish; 
Mashinalar ishlab chiqarish va ularni ishlatish kompleks sarflarini kamaytirish 
(keltirilgan sarflarni kamaytirish) 
Mashinalar sotib olish bir yo’la sarflarining o’zini-o’zi qoplashi muddatini 
kamaytirish; 
Ishlab chiqarish jarayonining ulushli metall sig’imi va energiya sig’imini 
kamaytirish. 
Mashinalar tizimi ko’p yillar mobaynida o’zgarmay qola olmaydi. U muttasil 
takomillashib turishi kerak. Bunga ko’pgina ilmiy muassasalar jalb etilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin