O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Sug’orish texnikasini iqtisodiy baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
8.6. Sug’orish texnikasini iqtisodiy baholash 
Yerlar melioratsiyasining rivojlanish bilan sug’orish va yomg’irlatish texnikasi 
miqdori muttasil ko’payib bormokda. Shu bilan birga hozirgi fan-texnika taraqqiyoti 
sharoitida yangi texnikani joriy qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash yo’li bilan 
melioratsiya texnikasini yangilash jarayoni jadallashmokda. 
Keng ma’noda yangi texnika deyilganda ishlab chiqarish texnik iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini oshirishni ta’minlaydigan mehnat va ishlab chiqarishning ancha 
mukammal texnologik jarayonlaridan foydalanish tushiniladi. 
Suv-melioratsiya ishlab chiqarishiga yangi texnikani joriy qilish yangi melioratsiya 
mashinalari, qurilish konstruktsiyalari, gidrotexnika inshootlari yaratish va ulardan 
foydalanish, yangi materiallarni qo’llanish, yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish va 
ishlab turganlarini takomillashtirish asosida sodir bo’lmoqda. 
Sug’orish mexanizatsiyasi vositalarini qo’llanish sharoitlari juda xilma-xildir. Bu 


konkret sharoitlar uchun iqtisodiy jihatdan samarali sug’orish va yomg’irlatish mashinalari 
va qurilmalarini tanlashni talab etadi. Samarali variantlarni tanlash texnik, tashkiliy va 
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslanishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baholash 
sug’orishning ancha unumdor texnologiyasi va ancha ilg’or texnikasini tanlashning muhim 
shartidir.
Sug’orish yangi texnikasini tanlash uchun ham nisbiy, ham umumiy (mutloq) 
iqtisodiy samaradorlik usullari qo’llaniladi. 
Sug’orish texnikasini tanlashni qabul qilingan uslubiyotga ko’ra umumiy (mutlok) 
iqtisodiy samaradorlik asosida o’tkazish kerak. Bunda eng ko’p sof daromad (Emak) 
samaradorlik mezoni etib olinadi. Eng qulay variant quyidagi shartlardir: 
Emak q S – (S Q Yen
x
K)
Bunda: S - qo’shimcha mahsulot qiymati, sum; 
Bu usulni qo’llanish uchun sug’orishdan olinadigan butun samarani sug’orish 
texnikasi hisobiga o’tkazish kerak. 
Ko’pincha shunday ham bo’ladiki, sug’orish texnikasining taqqoslanadigan 
variantlari hosildorlik ko’payishiga muhim ta’sir o’tkazmaydi. Bunday holda yaxshi 
variantni tanlash keltirilgan sarflar mezoni bo’yicha nisbiy baholash asosida o’tkazilishi 
kerak. Bunda kapital qo’yilmalar nisbiy iqtisodiy samaradorligini aniqlash uslubiyotining 
asosiy qoidalari bilan birga sug’orish texnologiyasi va texnikasining xususiyatlarini ham 
hisobga olish kerak bo’ladi. Bu xususiyatlar sug’orish va yomg’irlashtirish texnikasining 
ishi sug’orish shaxobchasi va nasos kuch uskunasi ishlab turganda amalga oshirilishida 
ifodalanadi. Shunda ichki xo’jalik shaxobchasining asosiy o’lchamlari ko’p darajada 
sug’orish texnikasi bilan aniqlanadi. 
Sug’orish va yomg’irlashtirish mashinalari hamda qurilmalari turlicha unumdorlikka 
ega bo’ladi. Bunday holda nisbiy samara ish birligi hisobidagi ulushli ko’rsatkichlarni 
taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishdagi ishning 
taqqoslanadigan birligi etib shartli gektar sug’orishni olish kerak. Sug’orishning shartli 
me’yori etib yetakchi ekinni sug’orish me’yori olinadi. 
Sug’orishning yangi texnikasini yaratish va joriy qilish samaradorligi texnikaning 
texnika–iqtisodiy ko’rsatkichlari bazaviy va yangi variantini taqqoslash yo’li bilan 


aniqlanadi. Optimal variantini tanlash quyidagi bir qancha variantlar asosida o’tkaziladi: 
mahsulot ishlab chiqarishning hosildorlik o’sishi, shoxobcha KZIsi va KPDsi 
oshishi hisobiga ko’payishi; 
sug’orishdagi mehnat unumdorligining oshishi; 
maydon birligiga sug’orish tannarxining kamayishi; 
keltirilgan sarflarning kamayishi. 
Sug’orishning maydon birligidan mehnatning katta unumdorligi va oz sarflar bilan 
eng ko’p qishloq xo’jalik mahsuloti olinadigan texnikasi tanlab olinadi. 
Bu masala yechimining iqtisodiy soxasi yetishtiriladigan ekinlar agrotexnika talablari 
bilan chambarchas bog’langan bo’lishi kerak. Bunda variantlarning mahalliy tabiiy 
sharoitlar, almashlab ekishlar, ekinlarni sug’orish me’yori va muddatlari, bir nomdagi 
ekinlar hosildorligi va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra taqqoslanishini hisobga olish kerak. 
Yangi texnikani joriy qilishning maqsadga muvofiqligi korxona yoki halk xo’jaligi 
yangi texnikani ishlab chiqarish va undan foydalanish natijasida oladigan ishlab chiqarish 
resurslari (jonli mehnat, ishlab chiqarish va kapital qo’yilmalar chiqimlari) jamlama 
tejamidan iborat yillik iqtisodiy samara asosida aniqlanadi. Yillik iqtisodiy samara ish 
birligi hisobida bazaviy va yangi texnika bo’yicha hisoblangan sermehnatlik, tannarx 
hamda keltirilgan sarflar ko’rsatkichlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. 
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi birinchi galda undan foydalanish natijalariga 
ko’ra baholanadi. Mashinalarni ishlatish chiqimlari qiymat shaklida namoyon bo’ladi va 
butun (jonli va avvalgi) ishtimoiy mehnat sarflarini xarakterlaydi. Ular sug’orma 
dehqonchilik mahsuloti tannarxiga tarkibiy qism bo’lib kiradi. Gektar sug’orish tannarxi 
xisobi sug’orish texnikasini qo’llanishi iqtisodiy samaradorligini aniqlashning zarur 
elementi hisoblanadi. 
Sug’orish tannarxini hisoblash uchun bazaviy va yangi yomg’irlatish mashinasi 
turlari bo’yicha yillik chiqimlarni aniqlash kerak bo’ladi. Shartli gektar–sug’orish tannarxi 
ish birligi sifatida kalkulyatsiya qilinadi.
Sug’orish tannarxini pasaytirishdan olinadigan yillik iqtisodiy samara (Es) quyidagi 
formula bo’yicha aniqlanadi: 


Es q (Sb - Sn) 
x
Atn 
Bunda: Sb va Sn – bazaviy va yangi mashina yangi shartli gektar sug’orishining 
tannarxi, sumG’s. ga – pol; 
Atn – yangi mashina bajargan ishlarining yillik hajmi, s
/
ga – pol.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish sermehnatli jarayondir. Shuning uchun mehnat 
unumdorligini oshirish ko’rsatkichi sug’orish texnikasini baholash uchun katta ahamiyatga 
egadir. Sug’orma dehqonchiligidagi texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri ish 
sermehnatligini kamaytirishni ta’minlashi lozim bo’lgan yuqori unumdor texnikani joriy 
qilishdir. Tahlil qilinadigan variantlar gektar sug’orishining sermehnatligi bo’yicha yangi 
texnika bilan sug’oriladigan sug’orish hisobli maydoniga qilingan mehnatning yillik tejami 
aniqlanadi. Yangi texnikani qo’llanishi mehnatning yillik tejamiga olib keladi: 
Et q (Tr.b – Tr.n) 
x
At.n 
Bunda: Et – yangi mashina joriy etishdan kelgan jonli mehnatning yillik tejami, 
kishi – soat; 
Tr.b va Tr.n – bazaviy va yangi mashina ishi (sermehnatlilik) birligiga mehnat sarflari, 
kishi – soat
/
s. ga – pol. 
Yangi sug’orish texnikasi ishlab chiqariladigan qishloq xo’jalik mahsuloti miqdoriga 
bevosita ta’sir o’tkazmasa, variantni tanlash keltirilgan sarflar eng kam summasi bilan 
aniqlanadi, yillik iqtisodiy samara (Ezp) esa ularning tafovuti bo’yicha hisoblanadi: 
Ezn q (Sb Q Yen 
x
Kb) – (Sn Q Yen 
x
Kn) 
x
At.n q (Zp.b – Zp.n) 
x
At.n 
Bunda: Kb va Kn – sug’orish bazaviy va yangi texnikasining ulushli kapital 
qo’yilmalari, sum
/
s. ga – pol. 
Zpb-bazaviy texnika bo’yicha keltirilgan harajat, so’m;
Zpn-yangi texnika bo’yicha keltirilgan xarajat; so’m. 
Yangi texnika sug’orishda mehnat unumdorligini oshirgan va qishloq xo’jalik 
ekinlari maxsuldorligi hisobiga mahsulot miqdori oshgan hamda yerdan foydalanish 
koeffitsiyenti o’sgan hollarda takkoslanadigan variantlarni qiyoslanadigan ko’rinishga 
keltirish kerak. Bunda eng ko’p samarani ta’minlovchi keltirilgan sarflar asos kilib olinadi. 
Yaxshilangan sifat xarakteristikalariga ega bo’lgan yangi texnikadan 


foydalanishning yillik iqtisodiy samarasini xisobilashda ikki sohada yangi texnikani 
ishlatish soxasida hamda qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsuloti olish soxasida olinadigan 
iqtisodiy samarani hisobga olish zarurdir. Bazaviy variantni qiyoeslanadigan ko’rinishga 
keltirish uchun keltirilgan sarflarga pirovard samaraning taqqoslanadigan variantlardagi 
tengligini ta’minlaydigan koeffitsiyentlarni kiritish kerak. Mazkur holda bazaviy 
variantning keltirilgan sarflariga mehnat unumdorligi o’sishi koeffitsiyentini va yangi 
texnikani qo’llanishi hisobiga hosildorlik oshishi koeffitsiyentini kiritish, yillik iqtisodiy 
samarada esa sug’orish yangi texnikasida shoxobcha KZI va KPDsi oshish hisobiga 
olingan qo’shimcha sof daromadni hisobga olish zarur.
Yaxshilangan sifat xarakteristikalariga ega bo’lgan yangi sug’orish texnikasini joriy 
qilishdan olingan yillik iqtisodiy samara (E) xisobi quyidagi formula bo’yicha o’tkaziladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin