Qisqacha xulosalar
Yalpi mahsulotning natural miqdori ko’payib, ular iste’molchilarga turli usullar
yordamida yetkazilishi qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishini hamda aholining qishloq
xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini yuksaltiradi.
O’zbekistonning ko’pchilik xo’jaliklarida paxtachilikdan ko’p daromad olinadi va
mehnat sarflarining ko’p qismi shu sohaga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham paxtachilik
asosiy tarmoq, pillachilik, chorvachilik, bog’dorchilik, uzumchilik va hokazo sohalar esa
qo’shimcha tarmoqlar hisoblanadi.
Hozirgi davrda mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. Tannarx deganda
bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan
moddiy, mehnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi.
Qishloq xo’jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur
masalalardan biri bo’lib, mahsulot birligi tannarxini kamaytirish resurslar cheklangan
sharoitda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Respublika aholisining aksariyat qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji
to’liq qondirilmayapti. Ularning ayrimlarini chetdan olib kelib, sotish orqali ham bu
muammo to’liq yechilgani yo’q. Bu asosan don, qand, shakar, go’sht, sut mahsulotlariga
tegishli. Bu muammoni yechish uchun qishloq xo’jaligini ham ekstensiv va ham intensiv
yo’l bilan rivojlantirish talab etiladi.
Tayanch iboralar
Yalpi daromad, pul tushumlari, yalpi foyda, sof foyda, rentabellik, iqtisodiy
samaradorlik, iqtisodiy munosabatlar, jami xarajatlar, xarajat elementlari, xarajatlarni
turkumlashtirilishi, mahsulot tannarxi, (o’rtacha xarajatlar) doimiy xarajatlar, o’zgaruvchan
xarajatlar, mahsulot tannarxi turlari.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Yalpi mahsulot deganda nimani tushunasiz?
2.
Yalpi mahsulotlar qanday turlarda hisobga olinadi?
3.
Yalpi mahsulotning tarkibi qanday ?
4.
Tayyor mahsulot deganda nimani tushunasiz?
5.
Qanday mahsulot tovar mahsuloti deb ataladi?
6.
Mahsulotlarning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi?
7.
Yalpi mahsulotni ko’paytirishning qanday yo’llari bor?
8.
Ekstensiv hamda intensiv usul haqida qanday tushunchaga egasiz?
9.
Yalpi daromad deganda nimani tushunasiz?
10.
Yalpi daromad summasi qanday aniqlanadi?
11.
Yalpi va sof foyda nima va u qanday aniqlanadi?
12.
Qanday tadbirlar qishloq xo’jalik mahsulotlari miqdorini oshirib, sifatini
yaxshilaydi?
13.
Qanday tadbirlar moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini ta’minlaydi?
14.
Mahsulot tannarxi deganda nimani tushunasiz?
15.
Mahsulot tannarxi darajasini, dinamikasini qanday tushunasiz?
16.
Mahsulot tannarxi tarkibi deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: |