O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Moddiy resurslarga buyurtmalar tuzish va ularni qondirish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

 
11.3. Moddiy resurslarga buyurtmalar tuzish va ularni qondirish tartibi 
Qishloq xo’jalik korxonalari va suv xo’jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika 
ta’minoti reja asosida amalga oshiriladi. Moddiy-texnika ta’minoti rejasini to’g’ri va o’z 
vaqtida amalga oshirish korxona muvaffaqiyatli ishlashining zarur shartidir. Reja o’z 
e’tibori bilan ishlab chiqarishning zarur asosiy va oborot mablag’lari bilan ta’minlanganlik 
balansini bildiradi. 
Moddiy-texnika ta’minoti rejasi korxonaning istiqbol va bosh ishlab chiqarish 
moliya rejasi, yangi texnikani joriy qilish rejasi bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. U 
ishlab chiqarishning u yoki boshqa vositalariga ehtiyojlarni aniqlash asosida 
shakllantiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo va materiallarga bo’lgan talab ehtiyoj 
odatda, material sarfining ulushli me’yori mahsulotni rejali miqdoriga bo’linadigan 
bevosita schyot bilan aniqlanadi. 


Moddiy ta’minotni rejalashtirish uchun xom ashyo va materiallar sarflashning texnika 
jihatdan asoslangan me’yorlarini belgilash alohida, ahamiyatga egadir. Moddiy resurslar 
sarflarini me’yorlashtirish amaliyotida uchta asosiy usul qo’llaniladi.
Eng ko’p tarqalgan usul texnika-tahlil usulidir. Bu usul materiallarni iste’mol qilishning 
ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda texnik–iqtisodiy hisob-kitoblar 
uyg’unlashuviga asoslangan bo’lib, sarflarni elementlar bo’yicha hisoblashni tavsiya etadi. 
Ikkinchi usul materiallar sarfi me’yori ishlab chiqarish yoki laborotoriya sharoitida 
o’tkaziladigan tajriba sinovlari asosida belgilanadigan tajriba ishlab chiqarish usulidir.
Ishlab chiqarish vositalarining ayrim turlari bo’yicha ishlab chiqiladigan yillik 
talabnoma va buyurtmalar moddiy-texnika ta’minot rejalarining eng muhim qismidir.
Yangi texnika, uskuna va ishlab chiqarish-texnika yo’nalishidagi boshqa vositalarga 
beriladigan talabnomalar moddiy-texnika vositalariga ehtiyojni tasdiqlaydigan asosiy 
xujjatlar xizmatini o’taydi. 
Har bir korxonalarning ishlab chiqarish vositalari turlar bo’yicha talabnomalari 
tumanlar va viloyatlarga ko’ra to’planadi, moddiy-texnika ta’minoti organlari bilan kelishib 
olinadi, hamda vazirlikka beriladi. 
Respublika makroiqtisod vazirligi ajratilgan fondlar asosida iste’molchilar bo’yicha 
taqsimlashning, vazirlar mahkamasi tasdiqlaydigan rejalarini tuzadilar. Fond saqlovchi 
respublika va viloyat tashkilotlari o’zlariga ajratilgan fondlarni iste’molchilarga tarqatadilar 
hamda ta’minot sotish tashkilotlari fondlarni taqsimlash rejasini ma’lum qiladilar. 
Iste’molchiga yetkazilgan fondlar moddiy-texnika vositalari yetkazib berish, uchun 
asos xizmatini o’taydi. Ishlab chiqarish texnika yo’nalishdagi mahsulot yetkazib berishlar 
to’g’risidagi nizomga muvofiq yetkazib beruvchi korxona va iste’mol qiluvchi korxona 
o’rtasida shartnoma tuzilib, unda rejali tartibda mahsulot yetkazib berish bo’yicha tomonlar 
huquq va burchlari belgilab qo’yiladi. 
Shartnomada mahsulot nomi, mashinalar markalari, sifat va navlik, narx, kelishgan 
korxonalarning to’lov va pochta rekvizitlari, xaridorning tashib ketish rekvizitlari, yetkazib 
berish muddatlari hamda boshqa ma’lumotlar hamda alohida shartlar ko’rsatiladi. 
Shartnoma tuzishda o’zaro javobgarlikni oshirish uchun vaqt utkazib yuborilgan, 
yuklab jo’natishga ko’rsatmalar o’z vaqtida berilmagan, mahsulotni qabul qilishdan
asossiz bosh tortilgan va shartnomani buzuvchi boshqa xarakatlar sodir qilingan xollarda 


iqtisodiy ta’sir ko’rsatish choralari quriladi. Bu choralar yetkazib beruvchilar va 
iste’molchilarning ishlab chiqarish intizomiga hamda shartnoma bo’yicha majburiyatlarga 
rioya qilishga qaratilgandir. 
Yetkazib beruvchilarning mahsuloti yetkazib berish bo’yicha shartnomalarni 
bajarish uchun javobgarligini oshirish, ta’minot organlarining boshqarishni ilmiy asosiga 
o’tkazish, EMM va EHM larni joriy qilish hamda rejalashtirish ta’minotini muvaffaqiyatli 
hal qilishga yordam beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin