10.5. Qishloq xo’jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini ko’paytirish,
iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari
Qishloq xo’jaligining pul daromadlarini, yalpi va sof foydalarini kelajakda yanada
ko’paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor iqtisodi talablariga mos keladigan tashkiliy,
texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi hayotga o’z vaqtida, sifatli tatbiq
etilishini ob’ektiv ravishda taqozo etadi.
Qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari.
1.
Qishloq xo’jaligida yalpi hosilni ko’paytirish va uning sifatini yaxshilash
tadbirlari:
ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul zotlarini
yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishni tezlashtirish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ekinlarni suv bilan ta’minlash
tadbirlarini rivojlantirish;
chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta’minlash va oziqlantirishni talab
darajasida amalga oshirish;
ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida mahalliy,
madaniy o’g’itlardan hamda kimyoviy vositalardan maqsadga muvofiq ravishda
foydalanishni talab darajasida ta’minlash;
mahsulotlarning sifatini, ularni tashish va saqlash jarayonlarini yaxshilash
tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2.
Qishloq xo’jaligida moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini
ta’minlovchi tadbirlar:
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil etishni
jadallashtirish;
yangi texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni joriy etish, mavjud ishlab chiqarish
vositalaridan samarali foydalanish natijsida ish jarayonlarini to’liq mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish, elektrlashtirish;
ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish tizimini rivojlantirish;
davr hamda moliyaviy xarajatlarni imkoniyat darajasida kamaytirish va
boshqalar.
|