Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Jismoniy tarbiya
- o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, 
ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga 
yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi. 
Jinoyat
- delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan 
qo’riqlanadigan ob’ektlarga tajovuz qiluvchi ijtimoiy xavfli xatti-harakat. 
Jinoiy xulq-atvor
- jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga etganda jinoiy ish 
qo’zg’atishga asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar. 
Ijtimoiylashuv 
- insonning butun hayoti mobaynida o’z-o’zini o’zgartirish va 
rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni. 


160 
Insoniylik 
- bolani shaxs sifatida qadrlaydigan, uning g’ururi va erkinligini 
himoyalash bilan xarakterlanadigan, inson manfaatini ijtimoiy institutlarni 
baholashning asosiy me’yori deb hisoblaydigan qarashlar tizimi. 
Infantilizm
- organizmning ruhiy rivojlanishidagi to’xtab qolish bo’lib, bolalik 
davridagi rivojlanish bosqichi jihatlarini saqlab qolish bilan xarakterlanadi. 
Inqiroz
- shaxs rivojlanishining diskret vaziyatida uning maqsadga qaratilgan 
hayotiy faoliyatining to’xtab qolishi. Surunkali inqiroz ijtimoiy dezadaptatsiya, 
o’z joniga qasd qilish, asab-ruhiy va psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin. 
Ishontirish 
- mantiq, isbot-dalilga asoslangan aqliy emotsional ta’sir. Uning 
mohiyati inson ongiga ta’sir qilishga qaratilgan, demak ishontirishning 
muvaffaqiyali bo’lishi ong qonunlariga mos kelishiga bog’liq. Ishontiruvchi 
so’zlar tushunarli bo’lishi kerak. Ishontirish individual tajribaga qaratilishi lozim. 
Ichki ishonch 
- axborotni tanqidsiz qabul qilish va unga muvofiq kayfiyat, 
xulq-atvorni o’zlashtirishga qaratilgan ta’sir. Ishontirishning samaradorligi 
ishontiruvchi shaxsning kuchi va boshqa shaxsning ishonuvchanligi, shuningdek 
ular o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin