Iqtidorlilik - bolaning o’z yoshi normalariga nisbatan aqliy rivojlanishda
ancha ilgarilab ketishi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Katamnez - davolash yakunlangandan so’ng kasal haqida olinadigan
ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo’lgan bolalarning mehnat hayoti, ta’limi
to’g’risida davriy ma’lumot to’plash.
Kommunikativlik - shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo’lish, bolani
tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o’rnatish, axborot
to’plash, turli ijtimoiy munosabatlar o’rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va
noverbal xulq-atvorini kuzatish.
Kompensatsiya - buzilgan funktsiyalar o’rnini to’ldirish, rivojlantirish.
Konkretlik - umumiy fikrlardan voz kechish va savollarga aniq javob berish
qobiliyati.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) -
oliy nerv faoliyatining zaxira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning
buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurish.
Korrektsiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va
tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va
jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» –
nuqson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga
asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda
shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi
fan.