50
oladigan bo’lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan
porloq bo’ladi.
3. Eringning ko’zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber! Ya’ni uyning ichini,
tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin er
ko’rinmasin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xush bo’yni sezsin, dimog’iga yomon hid
kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko’z o’ngida sening obro’ingni tushiradi.
Sendan irganishiga sabab bo’ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zaiflik eng
yaxshi narsalardir. Inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon
kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o’rgangan bo’lsa, o’sha paytda ovqatini
tayyorla. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik
insonning tez jahlini chiqaradi.
6. Uyqu vaqtini, uyg’onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga
ketish payti bo’lsa o’rnini tayyorlab qo’y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi.
Asablari buzuqlik, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin
so’ndiradi.
7. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo’l! Ya’ni, eringning mol-
dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-
dunyosi senikidir. Erning mol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga etish
demakdir.
8. Eringning qarindosh va yaqinlariga hurmat ko’rsat! Ya’ni eringning
qarindoshlari va yaqinlariga hurmat uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni
hurmat qilish eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan
vaqtingda ehtiyot bo’lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo’ysang,
uning g’azabini keltirib qo’yasan, ishonchini yo’qotasan. Bunda tuzayotgan oilang
buziladi.
10. Eringning dinga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon
unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo’lmasin. Agar bir shunday harakat bo’lsa,
senga kek saqlab oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa, sen
ko’p zarar ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: