48
A.Navoiy o’z asarlarida oilada o’zaro kelishmovchiliklar, ota yoki ona, oilaning
boshqa a’zolari xulqidagi illatlarning, qolaversa, ijtimoiy omillarning bola
tarbiyasiga salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Shu bilan birga alloma bola shaxsida
namoyon bo’ladigan yaxshi va yomon xulqlar, ularni kelib chiquvchi manbalarni
ko’rsatib berar ekan, bolada yomon xulq paydo bo’lishining oldi olinmasa, u holda
bora-bora illatga aylanishini alohida qayd etib o’tadi.
Mutafakkir o’zining “Mahbub-ul qulub” asarida komil insonga xos ijobiy
fazilatlar haqida so’z yuritar ekan, asosiy e’tiborni har bir shaxs, shu jumladan,
bolalarda ham ana shu ijobiy sifatlarni shakllantirishning ijtimoiy zaruriyat
ekanligini asoslab beradi. Bolalarning bilimli, oliyjanob va rostgo’y insonlar bilan
izchil muloqotda bo’lishlari ularda halollik va to’g’riso’zlik sifatlarini
tarbiyalashiga alohida urg’u berib o’tadi.
Oilaning har bir shaxs hayotidagi o’rni, oila muhitida tashkil etilayotgan
tarbiyaning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri
Dostları ilə paylaş: