Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Sharq mutafakkirlarining oila pedagogikasiga oid fikrlar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Sharq mutafakkirlarining oila pedagogikasiga oid fikrlar.
Oila tarbiyasi 
masalalari Sharq mutafakkirlarining shaxsga ta’lim berish, unda ijobiy sifatlarni 
shakllantirish borasidagi qarashlarining muhim unsuri sanaladi. Xususan, 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Unsurul Maoliy 
Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning 
asarlarida bolalarni oila sharoitida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid g’oyalar 
keng yoritilib, bu boradagi samarali yo’llar ko’rsatib berilgan. 
Agarda 
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
o’z asarlarida ota-onalarni ikki 
toifa (tug’ilish otasi (ya’ni, biologik ota) bolaning jismoniy yaratilishi, unib-o’sishi 
uchun mas’ul bo’lsa, ta’lim beruvchi ota (ya’ni, ma’naviy ota) esa bolaning ruhiy 
jihatdan to’laqonli voyaga etishi uchun javobgar kabi toifa)larga ajratgan bo’lsa, 
Abu Rayhon Beruniy
inson tabiatining, eng avvalo, oila muhitida 
shakllanishini alohida qayd etib o’tgan. Alloma ota-onalarga bola ruhiyatini 
mo’’tadil saqlashni tavsiya etadi. Bola ruhiyatini mo’’tadil saqlash uni qattiq 
g’azablanish, qo’rqish, xafalik, jismoniy toliqish hamda uyqusizlikdan 
muhofazalash orqali ta’minlanishini aytadi. Shuningdek, ota-onalarni bolalar 
xohlagan va ular uchun foydali bo’lgan narsasini topishga, ularni imkon qadar 
yoqtirmagan narsalaridan uzoqlashtirishga undaydi. Allomaning qayd etishicha, 
ota-onalar bolaga nisbatan bir xil munosabatda bo’lishlari uni to’g’ri tarbiyalash 
uchun nihoyatda ahamiyatli. Ota-onaning bolaga nisbatan turlicha munosabatda 
bo’lishlari uning xulqida salbiy odatlar namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratib 
beradi.
Abu Rayhon Beruniy bola xulq-atvorining mo’’tadilligi uning jismonan va 
ruhiy sog’lomligi uchun muhim asos ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan. 
Shuningdek, alloma o’z asarlarida bolaning kamolga etishida irsiyat, ijtimoiy 
muhit va tarbiyaning birdek ta’sirga egaligini alohida ta’kidlab o’tgan. 
Oilaning bola tarbiyasidagi roli masalasi buyuk mutafakkir 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin