39
Tayanch tushunchalar:
“Avesto” asari,
zardushtiylarning
oila
va oilaviy
munosabatlarga yondashuvlari, nikoh va oilaviy munosabatlarning “Qur’oni
karim”dagi talqini, hadislarda nikoh va oila munosabatlari masalalarining aks
etishi, Sharq mutafakkirlarining nikoh va oila borasidagi qarashlari.
“Avesto” asarida nikoh va oilaviy munosabatlarning yoritilishi.
Eramizdan
avvalgi VII asrda yaratilgan zardushtiylik dinining muqaddas manbai – “Avesto”
asari o’zbek xalqining milliy-madaniy merosi, tarixiy yodgorligi sanaladi. Asar
o’zida ijtimoiy hayotning barcha sohalari, xususan, nikoh va oilaviy munosabatlar
masalalarini o’zida qamrab olganligi bilan nafaqat badiiy, balki pedagogik
ahamiyatga ham ega. O’Zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov
asarning milliy ma’naviyatni shakllantirishdagi roliga to’xtalar ekan quyidagilarga
urg’u berib o’tadi: ““Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu
fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon
uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday
fikrlar, yani, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi
sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy
b
o
g
’
l
i
k
,
n
e
c
h
o
g
’
l
i
k
m
u
s
t
a
h
k
a
m
h
a
“Avesto” tushunchasi lug’aviy jihatdan “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun-
qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi” ma’nolarini anglatadi. Nikoh va oila
masalasi ijtimoiy munosabatlarning muhim asoslari sifatida muayyan davr va
tuzumlar uchun o’ziga xos ahamiyat kasb etgan.
Shu jumladan, zardushtiylar
davrida ham ijtimoiy munosabatlarning istiqboli nikoh va oila rivoji bilan uzviy
bog’liq ekanligi chuqur anglangan. Shu sababli hayotning asosiy yo’riqnomasi
bo’lgan – “Avesto” asarida bu masalaga alohida e’tibor qaratilgan.
Zardushtiylar balog’at yoshini aniq belgilashgan. 15 yoshga balog’at yoshi
hisoblanib, ushbu yoshga to’lgan o’smirlar e’tiqod ramzi sifatida beliga yung
ipakdan to’qilgan kamar bog’lab yurishlari, “otashparastlar ibodatxonasida
o’tkaziladigan diniy marosimlarda qatnashishi shart bo’lgan”.
Otashparastlik
ibodatxonasida diniy tarbiya yo’lga qo’yilgan bo’lib, u bola 7 yoshga to’lgandan
so’ng tashkil etilgan. Ibodatxonalarda tashkil etilgan tarbiya quyidagi
yo’nalishlarga asoslangan:
1)
diniy va axloqiy tarbiya;
2)
jismoniy tarbiya;
3)
o’qish va yozishga o’rgatish.
“Avesto” asarida qayd etilishicha, zardushtiylik ta’limotida ip yigirish, liboslar
tikish qiz bolalar, kurash tushish, chavandozlik, qilichbozlik,
suvda suzish,
kamondan o’q uzish kabi jismoniy-harbiy malakalarni egallash o’g’il bolalar
uchun majburiy bo’lgan. Bu boradagi malakalar o’zlashtirilgandan so’ng qizlar 15,
o’g’il bolalar esa 16 yoshida oqsoqol boshchiligida jamoa oldida maxsus
imtihondan o’tkazilgan. Imtihondan o’ta olmagan bolalarning ota-onalariga
nisbatan muayyan jazo qo’llanilgan.
28
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 32-бет.
40
O’smirlar 15-16 yoshlarida balog’atga etgan hisoblanib,
turmush qurish
xuquqiga ega bo’lishgan. Oila qurish va farzand ko’rish har bir zardushtning
insoniylik burchi deya e’tirof etilgan. Bordi-yu, balog’atga etgan yigit yoki qiz oila
qurishni istamasa, bu holda unga nisbatan keskin jazo belgilangan: “Agar erkak
zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo’lsa-yu, ammo uylanmasa unga tamg’a
bosishar yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishgan. Er yuzida zurriyotni
ko’payishiga qarshi chiqib, turmush qurmagan qiz qopga solinib, 25
darra
kaltaklangan.
“Avesto”da qarindoshlarning o’zaro oila qurishi qonun bilan qat’iy man
qilingan. Ko’p bolali ayollarga tuyalar berilgan. Bolasini nobud qilgan ayollar esa
o’limga mahkum etilgan. Shuningdek oilasini, bolalarini sarson qilgan oila
boshlig’iga, zinoga berilgan erkak va ayolga nisbatan darra bilan kaltaklash yoki
o’lim jazosi ko’llanilgan. Bir yo’la 2-3 ta farzand ko’rgan ayolga bir juft sog’in
sigir, sariq tuya berilgan, davlat xazinasidan nafaqa to’langan.
O’g’il tomonidan otaga qo’l ko’tarish, oila a’zolariga shikast etkazish,
zinokorlik, bachchavozlik, er va xotin, ota va o’g’il o’rtasidagi ahdnoma – “so’z
qasami”ni buzgan odam malum miqdorda qamchin bilan savalangan.
O’sha davrda yashagan xalqlarning e’tiqodi,
urf-odatlari, turmush tarzi,
shuningdek, bolalarni tarbiyalash va o’qitish to’g’risidagi ma’lumotlar bilan
tanishish asosida aytish mumkinki, “Avesto” asarining nikoh, oila masalalariga oid
g’oyalari bolalar tarbiyasini oqilona, to’g’ri tashkil etishga doir ko’rsatmalar bilan
boyitib borilgan. Asar g’oyalariga ko’ra har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki,
u avvalo yaxshi o’qisin, so’ngra hayotiy tajribalarni o’rganish orqali shaxsi sifatida
rivojlanishda yuqori pog’onalarga ko’tarila olsin.
Zardushtiylar bolalarga gigienik ta’lim berishga ham alohida e’tibor
qaratishgan. Bolalar yoshlikdan daraxt ko’chati o’tkazish, uy-ruzg’or qurollari
yasash, erga ishlov berish va chora bilan shug’ullanish kabi mehnat ko’nikmalarini
o’zlashtirishlari shart bo’lgan. Ulardan har kuni uch marotoba yuvinish, ota-ona
bilan birgalikda duolarni takrorlash talab etilgan.
“Avesto” asarida o’g’il bolalarni yigitlikka o’tkazish o’ziga
xos marosim
tarzida tashkil etilgan. Balog’atga etgan o’g’il bolalar quyoshga qarab “Men
zardo’shtiylik diniga sodiq bo’lishga va’da beraman, men yaxshi fikr, yaxshi
so’zlar, yaxshi ishlarni amalga oshira olishimga ishonaman” deya etti marta
takrorlagan.
Yoshlarda to’rt narsa, ya’ni, quyosh, suv, tuproq va olov muqaddas degan
tushunchalar shakllantirilgan. Dunyo yorug’lik va qorong’ulik, yaxshilik va
yomonlik o’rtasidagi kurashdan iborat. Bolalarni mehnat qilishga, o’z qo’llari bilan
moddiy noz-ne’matlarni yaratishga o’rgatish
yaxshilik, ezguliklarning yomonlik,
yozuvlik ustidan g’alaba qozonishini ta’minlaydi. Mehnat qilmaydigan odam yot
eshiklarga ta’zim qilishga, o’zgalar oldida bosh egishga mahkum deb hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: