Sharq mutafakkirlarining oila pedagogikasiga oid fikrlar. Oila tarbiyasi
masalalari Sharq mutafakkirlarining shaxsga ta’lim berish, unda ijobiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi qarashlarining muhim unsuri sanaladi. Xususan,
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Unsurul Maoliy
Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning
asarlarida bolalarni oila sharoitida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid g’oyalar
keng yoritilib, bu boradagi samarali yo’llar ko’rsatib berilgan.
Agarda
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o’z asarlarida ota-onalarni ikki
toifa (tug’ilish otasi (ya’ni, biologik ota) bolaning jismoniy yaratilishi, unib-o’sishi
uchun mas’ul bo’lsa, ta’lim beruvchi ota (ya’ni, ma’naviy ota) esa bolaning ruhiy
jihatdan to’laqonli voyaga etishi uchun javobgar kabi toifa)larga ajratgan bo’lsa,
Abu Rayhon Beruniy inson tabiatining, eng avvalo, oila muhitida
shakllanishini alohida qayd etib o’tgan. Alloma ota-onalarga bola ruhiyatini
mo’’tadil saqlashni tavsiya etadi. Bola ruhiyatini mo’’tadil saqlash uni qattiq
g’azablanish, qo’rqish, xafalik, jismoniy toliqish hamda uyqusizlikdan
muhofazalash orqali ta’minlanishini aytadi. Shuningdek, ota-onalarni bolalar
xohlagan va ular uchun foydali bo’lgan narsasini topishga, ularni imkon qadar
yoqtirmagan narsalaridan uzoqlashtirishga undaydi. Allomaning qayd etishicha,
ota-onalar bolaga nisbatan bir xil munosabatda bo’lishlari uni to’g’ri tarbiyalash
uchun nihoyatda ahamiyatli. Ota-onaning bolaga nisbatan turlicha munosabatda
bo’lishlari uning xulqida salbiy odatlar namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratib
beradi.
Abu Rayhon Beruniy bola xulq-atvorining mo’’tadilligi uning jismonan va
ruhiy sog’lomligi uchun muhim asos ekanligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.
Shuningdek, alloma o’z asarlarida bolaning kamolga etishida irsiyat, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning birdek ta’sirga egaligini alohida ta’kidlab o’tgan.
Oilaning bola tarbiyasidagi roli masalasi buyuk mutafakkir