“Qur’oni karim” va hadislar oila tarbiyasining muhim manbalari sifatida.
Islom dinining muqaddas kitobi – “Qur’on” jahon madaniyatining bebaho boyligi
sanaladi. Arab tilida “qiroat” ma’nosini anglatuvchi mazkur manbada shaxs
ma’naviyatining yuksak namunasini ifodalovchi g’oyalar o’z aksini topgan.
41
Qur’oni karimda tabiiy va ijtimoiy borliq, ularning mohiyatini yorituvchi g’oyalar
ifodalangan bo’lib, ushbu manba orqali ijtimoiy, shaxsiy faoliyatning halol va
harom, yaxshi va yomon, ezgulik va yovuzlik tamoyillarga asoslanishi, oqibatlari,
shaxslararo munosabatlar, shuningdek, jamiyat rivojiga ta’siri kabi ko’plab
masalalar yoritilgan.
Eng e’tiborli jihati Qur’oni karim g’oyalari ijtimoiy munosabatlarning kishilar
o’rtasidagi o’zaro tenglik, birodarlik, hamjihatlilikka asoslanishi, har bir insonning
ma’naviy-axloqiy kamolotga intilishi borasidagi g’oyani targ’ib qiladi. Ijtimoiy
hayotning qaysi sohasiga taalluqli bo’lmasin kishilarni o’zaro tinch-totuv
yashashga, ezgu amallarni bajarishga da’vat etadi. Shu nuqtai nazardan asar katta
ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy qiymatga ega. Qur’oni karimda e’tirof etilishiga ko’ra,
inson – eng oliy qadriyat sanaladi. Binobarin, Er yuzidagi jamiki tirik mavjudotlar
orqasida faqat insongina ong va so’zlasha olish qobiliyati (nutq)ga ega va u
o’zining har bir xatti-harakatini ongli ravishda tashkil etish, nazorat qilish,
boshqarish, tahlil qilish, baholash hamda to’g’rilay oladi. Insonning ana shunday
qobiliyatlarni o’zlashtira olishida Qur’oni karim g’oyalari ham asos vazifasini
bajaradi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, Qur’oni karimda jamiyat hayotining barcha
sohalariga oid g’oyalar bilan birga nikohning muqaddasligi, oilaning har bir inson
uchun qadrli maskan ekanligi hamda oilaviy munosabatlarning shaxs kamolotidagi
o’rni borasidagi qarashlari alohida o’rin tutadi.
Islom dinining muqaddas manbai bo’lgan – Qur’oni karim g’oyalarini o’rganish
asosida ularning “Oila pedagogikasi” fani mazmunini boyitishdagi imkoniyati
katta ekanligiga guvoh bo’linadi. Manbada ilgari surilgan quyidagi g’oyalar bu
o’rinda g’oyat samarali va ahamiyatlidir:
-
nikoh qurish va uni bekor qilish tartibi (Qur’oni karimda nikohning
muqaddasligi, har qanday sharoitda ham uni imkon qadar saqlab qolish zarurligi
aytiladi);
-
oilaviy munosabatlarni to’g’ri, samarali yo’lga qo’yish shartlari;
-
ota-onalar va farzandlar, oilaning boshqa a’zolari ega bo’lgan huquq va
majburiyatlar;
-
oila a’zolarining bir-birlariga bo’lgan munosabatlarida etakchi o’rin
tutadigan g’oyalar;
-
farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etishga nisbatan yondashuv mazmuni;
-
oilaviy munosabatlarda yuzaga keladigan ziddiyatlar, ularning oldini olish
va bartaraf etish yo’llari;
-
oila xo’jaligini oqilona yuritish va oila a’zolari o’rtasidagi mehnat taqsimoti;
-
oila sharoitida mulkiy munosabatlarni tashkil etish shakllari;
-
oila a’zolari o’rtasidagi mulkni taqsimlash tamoyillari va b.
Nikoh va oilaning ijtimoiy ahamiyati Qur’oni karim “Rum” surasining 21-
oyatida shunday ifodalanadi: “Uning alomatlaridan (yana biri) – sizlar (nafsni
qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o’zlaringizdan juftlar yaratgani va
42
o’rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur
qiladigan kishilar uchun alomatlar bordir”
29
.
Qur’oni karimda “Niso” surasining 34-oyatida oilani shakllantirish, uning
mavjudligini ta’minlash, muhofaza qilishda erkak kishining zimmasiga katta
majburiyat yuklatilishiga alohida urg’u beriladi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila
boshlig’i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning ayrimlari
(erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar
o’z oilasiga) o’z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir”
30
. Shuningdek, oila
boshlig’i sifatida erkak kishi zimmasidagi muayyan vazifalarni hal etish bilan birga
o’z ayoli oldida ham ijtimoiy, jismoniy va moliyaviy jihatdan burchli ekanligi
ta’kidlab o’tiladi: “...Ular bilan totuv turmush kechiringiz...”
31
.
Er yuzidagi barcha jonzotlar, shu jumladan, insonlar ham tabiiy instinktga ko’ra
juft-juft bo’lib yashaydi. Ikki jins vakili o’rtasidagi kelishuvga asoslanib
quriladigan oila insoniyat tarixining barcha davrlarida ham sharafli yumush
hisoblanadi. Oila qurishdan asosiy maqsad sulolaning mavjudligini ta’minlash,
umumiy holda insoniyat, juz’iy yondashuvga ko’ra esa millat (elat, qabila, urug’)
hayotini davom ettirishdir. Bu haqida muqaddas manba “Nahl” surasining 72-
oyatida shunday deyiladi: “Alloh sizlar uchun o’zlaringizdan juftlar yaratib,
juftlaringizdan sizlar uchun o’g’illar va nabiralar paydo qildi va Sizlarni pok
narsalardan rizqlantirdi”
32
.
Oila qurish muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Nikohga kirishish va oila qurish
orqali har bir balog’atga etgan yigit va qiz zimmasidagi ana shu muhim ijtimoiy
vazifani ado etadi. Bu xususida Rasululloh (s.a.v.) har bir oila qurish layoqatiga
ega yigitlarga shunday murojaat qilganlar: “Ey, yoshlar jamoasi! Sizlardan
uylanishga qodirlari uylansin, chunki uylanish ko’zni va a’zoni haromdan saqlaydi.
Uylana olmaganlar ro’za tutsin, chunki ro’za uning uchun bichilishdir”
33
. Boshqa
bir hadisda esa uylanish nafaqat Islom ta’limoti nuqtai nazardan, balki boshqa
dinlar g’oyalariga ko’ra ham sunnat (hadislarda targ’ib etilib, ibodat, muomala
hamda ijtimoiy munosabatlarda qo’llaniladigan amal) sanaladi: “To’rtta yaxshi
ish bor, ular payg’ambarlar sunnatidan sanaladi: hayo, xushbo’ylik, misvok tutish
va uylanishdir”
34
.
Oila – insoniyat mavjudligini ta’minlovchi muhim omil sifatida baholanadi.
Qur’oni karim “Ra’d” surasining 38-oyatida oilalarni yaratish uchun har bir
voyaga etgan hamda oila qurish layoqatiga ega shaxs, hatto payg’ambarlarning
ham insoniy burchi ekanligi uqtiriladi: “Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko’p)
payg’ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz”
35
.
29
Қуръони карим маъноларининг таржима ва тавсири / Тарж.ва тафсир муал. Шайх А.Мансур.
Таҳр.ҳайъати: У.Алимов ва б. – Тошкент: “Тошкент ислом университети” НМБ, 2012. – 404-бет.
30
Ўша манба. – 84-бет.
31
Ўша манба. – 80-бет.
32
Ўша манба. – 274-бет.
33
Бухорий, Муслим, Абу Довуд, Термизий, Насоий, Доримий, Аҳмад.
34
Ал-Бухорий, Имом Исмоил. Ал-жоме ас-саҳиҳ. – Тошкент:
35
Қуръони карим маъноларининг таржима ва тавсири / Тарж.ва тафсир муал. Шайх А.Мансур.
Таҳр.ҳайъати: У.Алимов ва б. – Тошкент: “Тошкент ислом университети” НМБ, 2012. – 254-бет.
43
Qur’oni karim “Niso” surasining 19-oyatida ijtimoiy munosabatlarning
samimiy, sog’lom, o’zaro yordam, hamjihatlik, totuvlikka asoslanishi er va xotinning
bir-birlariga bo’lgan mehru muhabbati, bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlari, hayotiy
qiyin vaziyatlarda bir-birlariga taskin berishlari, baxtli, saodatli vaqtlarda esa bir-
birlarining quvonchlariiga sherik bo’lishlari, bir-birlarini ayb va kamchiliklari
uchun kechirishlari hisobigagina ta’minlanishi aytiladi: “Ey, imon keltirganlar!
Sizlarga xotinlarni majburiy ravishda meros qilib olish halol emasdir. Yana, ularga
bergan mahrlaringizning bir qismini qaytarib olib ketish niyatida xotinlaringizga
tazyiq qilmangiz! Agar ular aniq buzuqlik qilsalar (bu mustasnodir). Ular bilan
totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko’rsalaringiz, (bilib qo’yingki,)
balkim sizlar yomon ko’rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko’pgina yaxshilik
paydo qilishi mumkin”
36
.
Ushbu g’oya Rasululloh (s.a.v.) hadislarida yanada rivojlantirilib, oiladagi
tinchlik, totuvlikni ta’minlovchi, farzandlarning etuk shaxs bo’lib voyaga
etishlarini kafolatlovchi shartlardan biri – bu oila boshlig’i bo’lgan erkaklarning
o’z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishi ekanligiga urg’u berib o’tiladi.
Abu Hurayradan rivoyat qilingan quyidagi hadisda bu xususida shunday deyilgan:
“Sizlarning ichingizdagi yaxshi erkak o’z ahli ayoliga nisbatan yaxshi
munosabatda bo’lganidir. Men esa o’z ahlimga sizlardan ko’ra yaxshiroq
munosabatdaman”
37
. Shu bilan birga erkaklar oilaviy hayot, oilaviy munosabatlar
muvozanatining barqaror bo’lishiga ham mas’ul ekanliklari aytiladi: “Hech bir
mo’min hech qaysi mo’mina ayolini yomon ko’rmasin! Agar uning xulq atvoridan
birini yoqtirmasa, boshqa xulqini yoqtirishi mumkin”
38
.
Ayni o’rinda shuni ham alohida qayd etib o’tish joizki, Islom ta’limoti o’zida
insonparvarlik g’oyalarini aks ettiradi. Buning isbotini birgina ayollarga bo’lgan
munosabatda ham ko’rish mumkin. Islomgacha bo’lgan insoniyat tarixidan
ma’lumki, ayollar matriarxal (urug’chilik jamiyatining ona hukmronligi davri)ni
istisno qilganda boshqa bosqichlarda ayol kishiga nisbatan past nazar bilan
qaralgan. U bir buyum sifatida e’tirof qilingan va ayolga bir buyumga qilganidek
munosabatda bo’lingan. Islom ta’limotida esa ayollar ham muayyan haq-
huquqlarga egaligi ko’rsatib o’tilgan. Xususan, oila muhitida erkaklarning
zimmalarida xotinlarning ham haqlari borligi aytiladi. Bu o’rinda misol sifatida
quyidagi hadisni keltirib o’tish joiz. Abu Dovuddan rivoyat qilingan ushbu hadis
mazmuniga ko’ra sahobalar Rasululloh (s.a.v.)dan: “Zimmamizda xotinlarimizning
qanday haqlari bor?” – deb so’rashganda Ular: – Eganingizda uni ham
edirmog’ingiz, kiyganingizda kiydirmog’ingiz, yuziga urmaslik, yomon so’zlar
bilan haqorat qilmaslik, faqat xonadan chiqmagan holda o’rinni boshqa qilib
yotmoqlik”, – dedilar”
39
.
Boshqa bir hadisda esa shunday g’oya yoritiladi: “Ayollar haqida Allohdan
qo’rqinglar, darhaqiqat, ular sizning yordamchilaringiz bo’lib, sizlarning ulardagi
36
Ўша манба. – 80-бет.
37
Ал-Бухорий, Имом Исмоил. Ал-жоме ас-саҳиҳ. – Тошкент:
(Манбани юқоридаги мисол асосида тўлиқ
келтиринг).
38
Ўша манба. – хх-бет.
39
Ўша манба. – хх-бет.
44
haqqingiz shundan iboratki, sizning uyingizga siz yoqtirmagan birorta kimsa
bostirib kirishiga yo’l qo’ymaslik. Bordi-yu, shunday qilsalar ularni jarohat
etkazmaydigan qilib urishib qo’yingiz! O’z navbatida sizlar ham ularni yaxshilik
bilan edirib, kiydiringiz”
40
.
Erkaklar tabiatan ayollardan fiziologik va jismoniy imkoniyatlariga ko’ra ustun
qilib yaratilgan. Hadislarining birida oilaning moddiy ta’minotini yaratish, uni
oqilona sarflash, o’z qaramog’idagilar – ayoli, farzandlari, ota-onasi va uning
vasiyligidagi shaxslarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ham mas’ul ekanliklari,
ularni bu omildan mahrum etish gunoh ekanligi alohida qayd etilib o’tilgan: “Kishi
o’z qaramog’idagilarini nafaqasiz tashlab qo’yishi uning qattiq gunohkorligiga
kifoya qiladi”
41
.
Rasululloh (s.a.v.) hadislarida jamiki yaxshiliklarning eng afzali – oilaga, uning
a’zolariga qilingan yaxshilik ekanligiga alohida urg’u berib o’tilgan. Bu xususida
Tabaroniydan rivoyat qilingan ushbu hadisda shunday deyiladi: “Yaxshilik
qilishni, mehr-shafqat va mehribonlikni oilangdan boshla!”
42
.
Qur’oni karim hamda Rasululloh (s.a.v.) hadislarida oilaviy munosabatlarni
tashkil etishning huquqiy asoslari borasida ham so’z boradi. Xususan, oila
tarbiyasida o’ziga xos ahamiyatga ega masala – ota-onalar va farzandlar
o’rtasidagi munosabat mohiyati, jumladan, ularning bir-birlari oldilaridagi haqlari
aniq ko’rsatilgan. Ota-onaning o’z farzandlari oldidagi haqlarini uzishlari
qanchalik muhim bo’lsa, farzandlarning o’z ota-onasiga ko’rsatadigan
mehribonligi, rahm-shafqati ham shunchalik ahamiyatga ega. Muqaddas
manbalarda farzandlarning ota-onar oldidagi haqlarining quyidagilardan iboratligi
qayd etilgan:
- farzandga ota-ona xatti-harakatlarining malol kelmasligi;
-
ota-onaga ularning dillariga og’ir botadigan so’z aytmaslik;
-
ota-onaga ehtirom bajo keltirish;
-
otan-onaga rahm-shafqat ko’rsatish;
-
ota-onaning haqlariga duo qilish.
Qur’on karimda insonga xos eng yuksak axloqiy fazilat sifatida sabr-qanoat
ulug’lanadi. Buning isbotini sifatning Qur’on karimda eng ko’p tilga olinishida
ham ko’rish mumkin. Muqaddas manbada qayd etilganidek, sabr-qanoatlilik,
sabotlilik qiyinchiliklarga, musibatlarga bardosh berish, yomon kishilar tomonidan
etkazgan nohaqliklarga chidash deganidir. Shu blan birga Qur’oni karimda
muayyan xislatlar sabrning, ya’ni ba’zi holatlarga nisbatan shaxs munosabatining
darajasini belgilovchi mezon sifatida e’tirof etiladi. Jumladan, qiyinchiliklarga
nisbatan shijoat, shahvoniy hirsga nisbatan iffat, jahlga nisbatan esa halimlik
sabrning eng muhim mezonlar sanaladi.
Rasululloh (s.a.v.) hadislarida insonning kamolotini ta’minlovchi insoniy
fazilatlar qayd etilgan. Bunday fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat
ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan
muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-
40
Ўша манба. – хх-бет.
41
Ўша манба. – хх-бет.
42
Ўша манба. – хх-бет.
45
hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik,
kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabilar kiritilgan.
Hadislarda komil inson qiyofasida namoyon bo’luvchi ijobiy xislatlar
ulug’lansa, aksincha, isrofgarchilik, ta’magirlik, ochko’zlik, nafs, shahvoniy
hislarga berilish, baxillik, johillik kabi illatlar qoralanadi.
Dostları ilə paylaş: |