Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Zamonaviy oilalarning psixologik va pedagogik xususiyatlari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Zamonaviy oilalarning psixologik va pedagogik xususiyatlari.
Yosh ota-ona 
nikohdan o’tmasdan avval oilaviy hayotni tashkil etish hamda farzandlar 
tarbiyasini yo’lga qo’yishga psixologik jihatdan tayyor bo’lishlari zarur. Nikohdan 
keyin esa bu boradagi mas’uliyatni yanada teran his etgan holda o’z ustilarida 
izlanishlari, farzand tarbiyasini to’g’ri tashkil etish borasidagi ma’lumotlarni 
o’zlashtirishga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Biroq. ayni o’rinda shuni 
ham aytib o’tish joizki, oilaviy hayotga qadam qo’yayotgan yoshlarning barchasi 
ham bu borada etarlicha 
pedagogik bilimlar
ga ega emas. Bu esa ota-onalarni 
kerakli o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash, mazkur adabiyotlarni o’qib-o’rganishni 
ular orasida keng tashviq etishni talab etadi. 
Zamonaviy sharoitda ommaviy axborot vositalari (OAV), ayniqsa, Internet 
tarmog’i orqali axborotlar tarqatilishining qulayligi, ular hajmining ko’pligi kabi 
sabablar tufayli ota-onalar oilaviy munosabatlar hamda oilada bolalar tarbiyasini 
samarali tashkil etishga oid 
maxsus adabiyotlarni o’qishga
etarlicha e’tibor 
qaratishmayapti.
Jamiyatning asosiy maqsadi har tomonlama barkamol avlodni 
tarbiyalashdir. Bunga esa kitobga mehr qo’ygan ona-onalar sonini ko’paytirish 
orqali erishiladi. Zero, hech bir vosita, shu jumladan, OAV ota-onalarning 
pedagogik bilimlarini oshirishda kitob (maxsus adabiyot) o’rnini bosa olmaydi. 
Qolaversa, kitobxon ota-onalarning shaxsiy namunasi oila muhitida bolalarning 
kitob o’qishga, kitobga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Kitob o’qish esa qator 
afzalliklarga ega. Xususan: 1) bolalar hayot va uning mazmunini erta anglaydilar; 
2) turli hayotiy vaziyatlarda oqilona, to’g’ri yo’l tutishni o’rganadilar; 3) ularda 
fikrlash qobiliyati rivojlanadi; 4) jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy 
me’yorlardan xabardor bo’lib, ularning ijtimoiy ahamiyatini to’g’ri baholashni 
o’rganishadi; 5) asar qahramonlari misolida haqiqat va haqsizlik, erkinlik va 
erksizlik, ezgulik va yovuzlik, yaxshi va yomon, oq va qoraning mohiyatini 


86 
anglash imkoniyatiga ega bo’lgan holda o’zlarida muayyan axloqiy sifatlarning 
shakllanishiga erishadilar.
Zamonaviy taraqqiyotning tezkorligi, shuningdek, “ommaviy madaniyat” nomi 
ostida targ’ib etilayotgan g’oyalarning turli mintaqalar hududiga keng 
yoyilayotganligi tufayli bugungi kunda oila tarbiyasini tashkil etishda avvalgidek 
yuqori samaradorlik ko’zga tashlanmayapti. Shu sababli oilashunos olimlar oila 
tarbiyasi samaradorligini oshirish borasidagi tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni 
amaliyotga tatbiq etishga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Quyida ana shunday 
tavsiyalar xususida so’z yuritiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin