Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


 Oiladagi tarbiya jarayonining qoniqarsizligi sabablari va ularni bartaraf



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

1. Oiladagi tarbiya jarayonining qoniqarsizligi sabablari va ularni bartaraf 
etish. 
Bolalarning oila muhitida qoniqarsiz tarbiyalanayotganligining asosiy sabablari 
orasida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 
1.
Oila iqtisodiy rivojlanish darajasining pastligi
. Bugungi kunda ota-onalar 
garchi ish bilan ta’minlangan va barqaror oylik maoshlarini olib tursalar-da, biroq, 
oila a’zolari ehtiyojlari (Masalan: oilaning har bir a’zosini mobil telefon (ular 
uchun oy sayin xizmat to’lovi zarur), Notebook, Netbook bilan ta’minlash, 
shuningdek Internet xizmatidan foydalanish borasidagi ehtiyojlar)ning kun sayin 
ortib borishi tufayli oila byudjetini shakllantirish va undan oqilona foydalanishda 
muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa o’z-o’zidan ota-onalarni asosiy 
ishidan tashqari qo’shimcha daromad topishga imkon beruvchi mehnat bilan 
uzluksiz shug’ullanishlarini taqozo etadi. Asosiy vaqtlarini mehnatga sarflanayotgan 
ota-onalar tirikchilik vositalari (ish haqi, oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo va 
b.q.)ni ishlab topish uchun sarflanmoqda. 
2.
 Turmush tarzini yo’lga qo’yishga nisbatan ongli yondasha olmaslik

Aksariyat ota-onalarda zo’rma-zo’raki hokimiyatga intilish, ijtimoiy tanglik, 
ertangi kunga nisbatan ishonchsizlik, ishidan ayrilib qolishdan qo’rqish holatlari 
kuzatiladiki, bu ularning haddan tashqari jismoniy va ruhiy zo’riqishlariga sabab 
bo’ladi, buning natijasida turli kasalliklarga chalinish holatlari kuzatilmoqda.
3.
Zamonaviy oilada 
ayollarning zimmasiga keragidan ortiq mas’usuliyatning 
yuklanayotganligi.
Bugungi kun ayolining zimmasiga ham ish joyida, ham uyda 
ularning imkoniyatlaridan ortiq majburiyatlar yuklatilmoqda. Olib borilgan 
tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, bugungi kunda shaharlik ayollar haftasiga 
77 soat mehnat qilishsa, shundan 36 soatini uy yumushlarini bajarishga sarflaydi.
4.
Oilaviy ajrimlar sonining yuqoriligi.
Bu holat ko’plab ijtimoiy-maishiy 
hamda ma’naviy-axloqiy sabablar tufayli kelib chiqmoqda. Barcha davrlarda ham 
oilaviy ajrimlar bolalar uchun kuchli ruhiy zarba bo’lib, bu ularning axloqi hamda 
ruhiyatiga keskin salbiy tasir ko’rsatadi.
5.
Ota va onaning bolalar
tarbiyasini tashkil etishda birdek mas’uliyatli 
emasliklari. 
Aksariyat oilalarda
e
rkak kishi – oila boshlig’i asosan oilaning 
iqtisodiyoti va moliyaviy masalalarini hal etishi lozim, bolalar tarbiyasi esa to’la-
to’kis onaning zimmasida, degan tushuncha shakllangan. Bugungi kunda ayrim 
otalarda hatto “bolalarni boqish oilaning emas, balki onaning majburiyati” 
qabilidagi tushuncha shakllanmoqda. Bu kabi noto’g’ri qarashning yuzaga 
kelishiga ko’p holatlarda ayollarning o’zlari ham sababchi bo’lishmoqda. Ular 


87 
erkaklarni amaliy harakatga rag’batlantirish o’rniga “Siz ishlab topmasangiz, men 
o’zim mablag’ topaman” deyishga o’tishgan.
6.
Avlodlar orasidagi ziddiyatlarning kuchayib borayotganligi
. So’nggi 
paytlarda oilalarda u yoki bu arzimas sabablarga ko’ra turli mojarolar yuzaga 
kelmoqda. Asosiy ziddiyatlar qaynona-kelin o’rtasida kelib chiqayotganligi o’zbek 
xalqiga xos asriy an’analar unutilayotganligidan dalolatdir. Zero, asrlar davomida 
buvi va qaynonalar kelinni o’z oilalariga qiz sifatida qabul qilib, unga uy-ro’zg’or 
yuritishni, atrofdagilar bilan muomala qilishni o’rgatishgan bo’lishsa, bugungi 
kunda hali hayotiy tajribaga ega bo’lmagan kelindan ham qaynota-qaynonaga 
xizmat qilish, uy-ro’zg’or ishlarini bekamu ko’st bajarish, qolaversa, agar u ta’lim 
olayotgan bo’lsa, o’qishini davom ettirish yoki ishlash (pul mablag’ini ishlab 
topish) talab etilmoqda. Bu esa o’z-o’zidan yosh kelinda jismoniy va ruhiy 
zo’riqishni yuzaga keltirmoqda. Oilaviy mojarolarning tobora avj olayotganligi 
ba’zan o’lim holatlarini ham keltirib chiqarmoqda.
7.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin