Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

5-
 
rasm. Qiymatning (va bahoning) tashkil topishi to‘g‘risidagi 
A.Smitning ikki konsepsiyasi
127
 
 
Ular endi qiymatning shakllanishida ishtirok etuvchi omil sifatida 
bo‘ladi. Mehnat ish haqi ko‘rinishida daromad yaratadi, kapital foyda 
ko‘rinishida daromad yaratadi, yer renta ko‘rinishida daromad yaratadi. 
A.Smitning ikkinchi konsepsiyasi oddiy tovar ishlab chiqarishni 
(«qoloq jamiyatni») tahlil qilishdan kapitalistik tovar ishlab chiqarishni 
tadqiq qilishga o‘tish bilan bog‘liq. Aynan kapitalistik tovar ishlab 
chiqarishda jonli mehnat qiymatning yagona manbayi bo‘la olmaydi. 
Меhnat 
Renta 
Ish haqi 
Foyda 
Qiymat 
Qiymat 
Yer 
Меhnat 
Каpital 


184 
“Oldin mehnat vositalari ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘lgan. Kapital 
jamg‘arilishi va yerning xususiy mulkka aylanishidan oldingi 
jamiyatda, – deb yozadi A.Smit, – mehnat miqdorlari o‘rtasidagi nisbat 
mahsulotlarni ayirboshlashning yagona asosi bo‘lib kelgan. Barcha 
127
Д.Джумонов, З.Аллаберганов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2017. 
117-б 


185 
mehnat mahsuli ishlab chiqaruvchiga qarashli bo‘ladi va sarflangan 
mehnatning miqdori bahoning yagona o‘lchovi hisoblanadi”. 
Keyinchalik, kapital jamg‘arilib borgan sari vaziyat o‘zgarib 
boradi. Tovarning qiymati ikki qismga bo‘linadi: bir qismi ish haqiga, 
ikkinchi qismi kapital foydasiga. Kapital egasi yollanma mehnatni 
ishlatadi. Bunda yaratilgan barcha mahsulot ishlab chiqaruvchiga 
qarashli bo‘lmaydi. Uning bir qismi kapital egasiga tegishli bo‘ladi. 
Bunday sharoitda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan 
mehnat miqdori tovarning qiymatini aniqlashda birdan-bir manba bo‘la 
olmaydi. 
A.Smitning fikri bo‘yicha, «tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday 
bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun 
to‘lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi. Bu tabiiy 
me’yorlar mintaqalar bo‘yicha farq qiladi va ular hayot darajasiga, 
geografik va tabiiy sharoitlarga, o‘rtacha xarajatlar darajasiga va 
boshqalarga qarab o‘rnatiladi. Mazkur qoida F.Akvinskiyning «Odil 
narx» konsepsiyasiga o‘xshab ketadi. Ikki yondashuvning farqi 
shundaki, F.Akvinskiyda «odil narx» odamlar tomonidan ongli ravishda 
o‘rnatiladi, A.Smit bo‘yicha esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – 
obyektiv bozor qonunlarining amal qilish natijasidir. 
Bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor 
holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Ushbu tebranish 
tufayli taklif talabga moslashadi. Agar talab taklifdan kam bo‘lsa, bozor 
bahosi xarajatlardan past bo‘lgan bo‘ladi va tadbirkorlar ishlab 
chiqarishni qisqartiradi. Aksincha, talabning ortishi bahoning oshishi va 
taklifning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Natijada, bozor bahosi «tabiiy 
baho» darajasiga intiladi. Albatta, axborotning yetishmasligi, tabiiy va 
sun’iy monopoliyalarning mavjudligi bilan bog‘liq holatlar bundan 
istisno. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin