Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

Nominal narx. 
Adam Smit garchi nominal narx taklifi yoki 
faqatgina mahsulot narxlari kabi belgilanadi deb izohlagan bo‘lsa ham, 
u talabning rolini butunlay rad etmagan. U bozordagi narx talab va 
taklifning har ikkisi tomonidan belgilanadi, deb ishongan. U ba’zida 
tabiiy narxlar ham aynan talab va taklifga bog‘liqligini ta’kidlagan. 
Shuningdek, u iqtisodning turli sektorlari orasida resurslar nazoratida 
va tabiiy narxlar tuzilmasida talabning o‘rni haqida qayd etib o‘tgan. 


186 
Smitning nominal narxlarning shakllanishi haqidagi tahlili, uning 
davridagi iqtisodni ikki davrga ajratdi: qisqa va uzoq muddat hamda 
iqtisodning ikki katta sektori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va ishlab 
chiqarishga. Qisqa muddat mobaynida yoki savdo-sotiq davrida Smit 
ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida tez sur’atlarda tushayotgan talab 
va ko‘tarilayotgan ta’minot ko‘rsatkichlarini topdi va shu sababli savdo-
sotiq narxlari talab va ta’minotga bog‘liqdir. Smitning uzoq muddatda 
uchraydigan murakkabroq “tannarx” ustidagi tahlili o‘z ichiga ba’zi bir 
qarama-qarshiliklarni oladi. Qishloq sektori uchun tannarx ehtiyoj va 
ta’minotga bog‘liq, buning sababi uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi 
o‘smoqda va bu esa o‘z navbatida narxlarning ko‘tarilishini ko‘rsatadi. 
Ammo ishlab chiqarish sektori uchun uzoq muddatli ta’minot 
ko‘rsatkichi vaqti-vaqti bilan mutlaqo elastikligi (gorizontalligi), ya’ni 
o‘zining o‘zgarmas narxlarning ifoda qilishi deb taxmin qilinsa, 
tahlilning boshqa qismlarida esa u pastga yo‘nalgan ko‘rsatkich ya’ni 
narxlarning pasayishi deb ko‘rsatiladi. 
Ishlab chiqarishda uzoq muddatli ta’minot ko‘rsatkichi butunlay 
elastik bo‘lganda, narx mahsulot bahosiga bog‘liq, ammo u pastga 
yo‘nalganda esa tannarx ehtiyoj va ta’minotga bog‘liq bo‘ladi
128

Smit fikriga ko‘ra, ayirboshlashdagi qiymat boshqa tovarlarni sotib 
olish uchun mahsulotning qudratidir. Bu bozor nuqtayi nazaridan xolis 
bahodir. Uning foydalanish bo‘yicha tushunchasi noaniqdir; uning 
nominal narxlarni tushuntirishdagi qiyinchiliklarni yengillatishda yaxshi 
natija berdi. Boshqa tomondan olib qarasak, uning sxolastikaga borib 
taqaladigan qo‘shimcha etik ma’nosi ham mavjud. Smitning qat’iy 
tartiblari uning foydalanishda olmoslarning deyarli ahamiyatsizligi 
haqidagi bayonotida asosan e’tiborga molikdir. Boshqa tomondan, 
amaliy ahamiyat bu tovarning talabni qondirilish kuchi, mahsulotni 
yig‘ish yoki iste’mol qilish orqali qabul qilingan yutuqdir. Tovar 
iste’mol qilinganda bir necha turdagi yutuqlarga erishish mumkin: to‘liq, 
o‘rtacha va past foyda. Smitning diqqat markazida u yozib ketgandan 
keyin yuz yilgacha iqtisodchilar tomonidan sababi tushunilmagan
o‘rtacha foyda va qiymat o‘rtasidagi munosabatdan iborat bo‘lgan to‘liq 
foyda edi va bu talabning narxni aniqlashda qanchalik rol o‘ynashi 
haqidagi uning tushunchalarini yashirdi. Shu 
128
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander ., p. 28. 


187 
aniqki, suvning to‘liq foydasi olmosning to‘liq foydasidan kattaroq; bu 
Smit ta’kidlaganidek, suvning amaliy ahamiyati olmosnikiga qaraganda 
balandroq bo‘lishiga ishora qiladi. Shunga qaramay, suvning boshqa bir 
tarkibiy qismi olmosnikidan pastroq foydali bo‘lishining ancha 
ehtimolligi bor, chunki tovarning oxirgi foydasi uning ko‘p iste’mol 
qilinishi sababli ko‘pincha kamayadi. Tovar uchun biz to‘lashni 
xohlaydigan narx uning to‘liq afzalliklariga emas balki oxirgi afzalligiga 
bog‘liqdir. Chunki Smit buni eslamaydi (boshqa iqtisodchilar ham 1870-
yilgacha eslamaydi). U na olmos-suv paradoksiga qoniqarli yechim topa 
oladi, na amaliy ahamiyat va ayirboshlash ahamiyat o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ko‘ra oladi. Suvdan ko‘ra foydaliroq narsa yo‘q, lekin uning 
sotish qiymati juda past; olmos-hech qanday foydalanish qiymatiga ega 
emas, biroq tovarlar almashinuvida juda yuqori qiymatga ega. Mana 
shundan so‘ng iqtisodiyotda olmos-suv paradoksi kelib chiqqan
129


Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin