Mashg‘ulot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning
vazifalariga;
Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog‘liqdir. Atrof olam haqidagi
tasavvurlarni
mustahkamlash maqsadidagi mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki metodlar qo‘llaniladi: suhbatlar, bolalarning
ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy
faoliyatning turli
ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi.
Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o‘rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab
tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala
loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va
hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o‘ylab, mashg‘ulot
oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg‘ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu
guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg‘ulotda
alohida metod va usullar ko‘rgazmali va og‘zakilari - o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga
umumiy ta’lim jarayonida bog‘lanadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining
moddiy hissiy asosini
yangilaydi, so‘z esa to‘g‘ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni
shakllanishiga yordam beradi.