Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1404462608 53524



Tasviriy faoliyatga o'rgatishning metod va usullari 
 
 
Reja: 
 
 
1.
 
Og'zaki metod va o'rgatish usullari. 
2.
 
Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish. 
3.
 
O'yinli o'rgatish usullari.
4.
Mashg'ulot davomida tarbiyachining ko'rsatmalari va 
tushunchalari
5.
 
Amaliy metodlar. 
6.
 
Evristik metod. 
 


O'rgatish metodlari - pedagogikada qabul qilingan ta'rifga ko'ra, qo'yilgan 
masalani yechish uchun tanlangan yagona yo'l sifatida ta'riflanadi. U 
mashg'ulotdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o'rgatish usullari 
ayrim yordamchi vosita bo'lib, mashg'ulotdagi faoliyatning xususiyatini 
aniqlamaydi, u ta'limda tor ma'nodagi ahamiyatga ega. 
Ayrim metodlar mashg'ulot ishining umumiy yo'nalishini aniqlamay, balki 
usul sifatida namoyon bo'ladi. Masalan, mashg'ulot boshida she'r (hikoya) o'qish 
beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg'otish uchun o'qilsa, boshqa 
mashg'ulotlarda esa she'r o'qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya'ni mashg'ulot 
boshlanishini tashkil qilish uchun qo'llaniladi. 
Y.B.Babanskiy tasviriy san'at metodlarini faoliyatning umumiy xarakteriga 
qarab, 3 guruhga klassifikatsiyalagan: 
1-guruh: o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish. Bunga 
o'quvchilarning ko'rgazmali, og'zaki, amaliy, induktiv va deduktiv, reproduktiv va 
muammoli-izlanuvchan hamda mustaqil ishlari kiradi. 
2-guruh: ta'lim berishning o'quv faoliyatini stimullashtirish (qiziqtirish va 
rag'batlantirish) va motivatsiyalash (maqsadga yo'naltirish) metodlari. O'qishga 
bo'lgan qiziqishini oshirish va motivlashtirish; burch va javobgarlikni 
stimullashtirish motivlashtirish. 
3-guruh: o'quv faoliyatida nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari: 

og'zaki nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish; 

yozma nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish; 
laboratoriya 
amaliy 
nazorat 
va 
o'z-o'zini 
nazorat 
qilish; 
Y.B Babanskiyning taklif qilgan bu metodlari asosan maktab ta'limiga mos bo'lib, 
ularning l-guruhidangina maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda 
foydalaniladi, ya'ni bu: ko'rgazmali, og'zaki, amaliy metodlar hamda ko'nikma va 
malakalarga ega bo'lish uchun qaratilgan qisman reproduktiv mashqlardir. 
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta o'rin 
egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli 


masalalarni yechish kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni 
talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik 
qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan 
bog'liqdir. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun o'ziga xos bo'lgan asosiy 
guruhni o'yin usullari tashkil etadi va bu o'yinlardan turli metodlar ichida 
foydalanish mumkin. 
Ko'rgazmali metod va o'rgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga 
o'rgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki u atrof-muhitni 
o'rganishda, bilish hamda uni aks ettirishda muhim omil sifatida xizmat qiladi. 
Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam ko'rinishi bilan aloqa o'rnatish, 
umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bo'lsa, shunchalik bolalar 
ijodiy qobiliyatininng rivojlanishi bog'liq bo'ladi. Lekin kuzatishning o'zi 
ko'rganni tasvirlab berishga to'la imkon bermaydi. Bolalarni tasviriylikning 
muhim usullariga, turli tasviriy materiallardan foydalanish yo'llariga o'rgatish 
zarur. 
Ko'rgazmali 
metod 
va 
o'rgatish 
usullariga 
naturadan, 
rasm 
reproduksiyalaridan, 
namunadan, 
boshqa 
ko'rgazmali 
qo'llanmalardan 
foydalanish, alohida predmetlarni ko'rib chiqish, tarbiyachi tomonidan tasviriy 
usullarini ko'rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg'ulot yakunida 
ko'rsatish, ularni baholash kiradi. 
Naturadan foydalanish. Tasviriy san'atda naturadan foydalanish deganda, 
kuzatish asosida predmet yoki ko'rinishning tasviri tushuniladi. Naturadan 
foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko'ziga nisbatan naturaning qay 
holatda turganini hisobga olgan holda ma'lum bir nuqtayi nazardan turib, predmet 
ko'rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olinib, tasviriy xususiyati mashg'ulot 
mobaynida o'zgacha idrokning rivojlanishiga ko'makberadi.Bunda asosiysi 
tomoshabinning idroki bo'lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) 
faqat bir tomondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda 
bolalarda naturani o'girib qurish hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil 
qilish imkoni bo'lishi kerak. 


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning 
ayrim xususiyatlarini ko'rib chiqamiz. Natura xotiraning ishini yengillashtiradi, 
negaki tasviriy jarayon idrok bilan birlashadi, yana esa u predmetning shaklini
tuzilishini, rangini to'g'ri tushunib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 
yoshdagi maktabgacha ta'lim bolalarining qobiliyatlaridan qat'i nazar, maktab 
o'quvchisi yoki rassomning natura bilan ishlashiga nisbatan qaraganda, 
bolalarning tasvirlangan obyektini tahlil qilishlari, shu natura bilan ishlashlarining 
o'ziga xos farqi bor. Maktabgacha ta'lim bolalari uchun sodda shaklli, aniq 
chizmali va aniq qismlarga ajratilgan predmet natura sifatida tanlanadi. Naturani 
shunday joylashtirish kerakki, hamma bolalar shu naturani ayni bir xarakterli 
tomonidan qabul qilishlari kerak. Masalan, bolalar mashinani yon tomonidan, 
qo'g'irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini yetkazib berolmaydilar. Agar 
guruhda bolalar soni ko'p bo'lsa, barchasiga teng ko'rinishi uchun 2-3 ta bir xil 
predmet qo'yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda detallarga ajratib 
ko'rib chiqadi, bunda u tahlil jarayonini osonlashtirib, o'z so'zlari, harakatlari 
bilan yo'naltiradi. Bu jarayon ma'lum bir idrok madaniyatini, rivojlangan analitik 
fikr yuritishni talab qiladi. Bunday ko'nikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana 
boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan 
taqqoslashga urinadilar. Masalan, katta guruhda naturadagi archa shoxlarini 
tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki qiya 
holatda) va shoxdagi shoxchalarning sonini, o'lchamlarini chap va o'ng tomondan, 
to'q yoki och rang bilan chizadilar. Natura sifatida tirik qushlar, hayvonlardan 
foydalanish mumkin emas. Ularning harakatlari, tovushlari bolalarni rasm 
chizishdan chalg'itadi, bolalarning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga, 
diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga xalaqit beradi. 
Shunday qilib, o'rgatish metodi sifatida naturadan foydalanish tasvirlashning 
butun jarayonini o'z ichiga mujassamlashtiradi: 

predmetning birlamchi tahlili: 

tasvirni naturaga nisbatan taqqoslash: 

natijaning shaklini, holatini, rangini taqqoslash: 



natijadagi rasm va naturani taqqoslash yo'li bilan baholash: 
Mashg'ulot boshida predmetlarni ko'rib chiqish. Kichik va 
o'rta guruhlarda ko'pincha mashg'ulot boshida alohida predmetlar 
ko'rsatiladi. Bolalar diqqatini topshiriqqa qaratish va tasavvurlarini jonlantirish 
maqsadida bolalarga koptok, lenta (tasma), belkurak va shu kabilar ko'rsatiladi. 
Mashg'ulotning qolgan vaqti mobaynida esa bolalar o'z tasavvurlari asosida 
chizadilar. Ular rasmlarini ko'rgan predmetlariga nisbatan taqqoslay olmaydilar 
va predmetlarni idrok qilishlariga qaytib murojaat qilmaydilar. 
Katta guruhda ham predmetlarni ko'rib chiqish uchun imkon bo'ladi. 
Masalan, «Uch ayiq» ertagi mavzusibo'yicha rasm chizishdan yoki buyum 
yasashdan avval, tarbiyachi bolalarga o'yinchoq ayiqni ko'rib chiqishni, predmet 
shaklining asosiy xususiyatlarini va ayrim qismlarning proportsiya nisbatlarini 
aniqlashni, so'ng predmetning burilisbiga nisbatan shu ayrim qismlarning 
o'zgarishini kuzatishni taklif qiladi. Bolalar rasm chizishda ertakning qaysi 
epizodini tanlasalar, ayiqni ham shu epizodga nisbatan mos holatda tasvirlaydilar. 
Namunadan foydalanish. Namunadan foydalanish ko'proq o'rgatish usuliga 
taalluqlidir. Namuna o'rgatish metodi sifatida tasviriy faoliyatning shunday 
turlaridan 
foydalaniladiki, 
qayerda 
atrofni 
idrok 
qilish 
taassurotini 
mustahkamlash maqsadi emas, balki shu faoliyatning ayrim alohida momentlarini 
rivojlantirish masalasi tursa. Ko'proq dekorativ va konstruktiv (applikatsiya) 
ishlarida foydalaniladi. 
Dekorativ naqshni hosil qilish usuliga o'rgatish - badiiy didni 
rivojlantirishdir. Bolalarning umumiy estetik didlarini oshirish uchun chiroyli 
predmetlarni tomosha qildirish kerak. Masalan, gilamlar, vazalar, kashtalar va 
hokazo. 
Dekorativ rasm chizish mashg'ulotlarida bolalar ko'rgan predmetlarini aks 
ettirib, ulardagi naqshlarni qayta chizibgina qolmay, balki mustaqil ravishda 
naqshlarni aks ettirib, yorqin rang va shakllarni moslashtirib chizishni ham 
o'rganadilar. Shuning uchun boshlang'ich bosqichda bolalar namunadan naqsh 
elementlarini chizib oladilar, keyinchalik elementlarning o'rnini va rangini 


o'zgartirib boradilar. Bolalar ma'lum bir malakaga ega bo'lganlaridan keyin, bir 
necha xil namunalarni bolalar ixtiyoriga ko'rsatish mumkin. Ba'zi mashg'ulotlarda 
tarbiyachi namunani qo'yadi va bolalar ko'rib chiqib, tanishib, tarbiyachining 
ko'rsatmasisiz mustaqil ravishda ishlaydilar. Predmetli rasm chizish yoki buyum 
yasashda namuna ko'chirib olish uchun emas, balki tasvirlanayotgan predmet 
haqidagi tasavvurni aniqlash uchun qo'yiladi. 
Rasmlardan foydalanish. Rasmlar asosan bolalarning atrof-muhit haqidagi 
tasavvurlarini aniqlash uchun va tasviriy usullarini, vositalarini tushuntirish 
uchun xizmat qiladi. Pedagog va psixologlarning tashviqotlari shuni ko'rsatadiki, 
2 yoshdagi bolalar rasmni predmet tasviri sifatida tushunib yetadilar. Lekin 
rasmdagi personajlarning o'rtasidagi bog'liqlikni, ya'ni harakatlarni tushunish 
kechroq, 4-5 yoshlarda yuzaga keladi. Masalan, 2 yoshli bola rasmdagi 
hayvonlarn «turibdi» deydi, 4-5 yoshligisi esa «gapiryapti», «yuryapti», 
«kelyapti» va hokazo deydi. 
Bolalarning kuzatishlari ko'pincha qisqa muddatli bo'ladi (Masalan, shahar 
sharoitida hayvonlarni kuzatish). Shuning uchun rasmlardan foydalanish qayta 
idrok qilishga va keyingi tasvir uchun xarakterli bo'lgan eng asosiysini aniqlashga 
yordam beradi. Rasmlar ana shunday sharoitlarda kerak bo'ladi: kerakli predmet 
qo'l ostida yo'q paytida yoki bo'lmasa, tekislikda tasvirining ayrim usullari bilan 
tanishtirish uchun xizmat qiladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga uzoqlashgan 
predmetni tushuntirish uchun rasmni ko'rsatadi. Hayotda bolalar shu uzoqdagi 
predmetlarni birchiziqda joylashgan, deb idrok qilsalar, rasmda tarbiyachi 
uzoqlashganini ko'rsatib, tushuntirib beradi, 6 yoshdan boshlab shu maqsad bilan 
rasmdan foydalanish mumkin. Rasmni ko'ra turib, bola yerni bir chiziq bilan 
emas, balki keng yer bo'lagi bilan chizishni, uzoqlashayotgan predmetlar 
yuqoriroqda, yaqindagilari pastroqda va qog'oz chetiga joylashishini tushunib 
yetadi. Rasm mashg'ulot davomida bolalar oldida qoldirilsa, bolalar tushunib 
yetmay nusxa ko'chirishga o'rganib qoladilar. Bu yoshda esa bolalar nusxa 
ko'chirish bilan emas, balki ijod bilan rasm chizishlari kerak. Ba'zida mashg'ulot 


davomida bolalarga ayrim detallarni aniqlab olish uchun rasmni ko'rsatish kerak 
bo'ladi. Keyin esa rasm olib qo'yiladi, chunki bolalar nusxa ko'chira boshlaydilar. 
Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko'rsatib berish. Maktabgacha ta'lim 
muassasida ta'lim jarayoni bolalar o'rganishi kerak bo'lgan tasviriy ko'nikma va 
malakalarning 
o'lchamini 
aniqlab 
beradi. 
Keng 
bo'lmagan 
doiradagi 
malakalarning o'lchamini aniqlab beradi. Keng bo'lmagan doiradagi malakaga ega 
bo'lgan bola turli xil predmetlarni tasvirlay oladi. Masalan, uyni chizish uchun, 
to'g'ri to'rtburchak shaklini chizishni bilish, ya'ni chiziqlarni to'g'ri burchak ostida 
birlashtirishni bilish kerak. Ana shu chizish usullari mashina, poyezd va boshqa 
to'g'ri to'rtburchakli predmetlarni chizishda qo'llaniladi. Tarbiyachi tasviriy 
vositalarini ko'rsatib berishi ko'rgazmali amaliy usul bo'lib, bu usul bolalarni 
kerakli shaklni aniq tajriba asosida ongli ravishda chizishga o'rgatadi. Ko'rsatma 2 
xil turda bo'ladi: 
1)
imo-ishora bilan ko'rsatish; 
2)
chizish usuli bilan ko'rsatish. 
Har ikkala turida ham ko'rsatma og'zaki tushuntirish yo'li bilan olib boriladi. 
Imo-ishora 
bilan 
predmetning 
qog'ozda 
joylashishi 
tushuntiriladi. 
Qo'lningyokiqalamchaningqog'oz bo'ylab harakati, hatto 3-4 yoshli bolalar uchun 
yetarli bo'ladi. Imo-ishora orqali bola xotirasidagi qiyin bo'lmagan predmetning 
asosiy shaklini yoki uning alohida qismlarini eslaydi. 
Bolalar biror predmet yoki hodisani tarbiyachining qaysi harakat ishorasi 
orqali idrok qilgan bo'lsalar, xuddi shu harakat-ishorani tarbiyachi mashg'ulotda 
qaytarsa, bolalar ko'rganlari bilan chizmoqchi bo'lganlari o'rtasida aloqadorlikni 
ongli ravishda sezadilar. Masalan, uy qurilishini bolalar kuzatayotganlarida 
tarbiyachi qurilayotgan uyning korpus chiziqlarini tepaga qarab qurilayotganligini 
harakatlari bilan ko'rsatadi, xuddi shu harakatlarni mashg'ulot boshida qaytarar 
ekan, bolalar xotirasidagi ko'rganlarini qayta esga tushiradi. Ishora bilan bola 
xotirasidagi predmet shaklini eslashga hamda chizish mobaynida bolaning qo'l 
harakatlarining yo'nalishi aniqlanadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo'lsa, uni 


chizishga o'rgatishda shunchalik qo'l harakatlarining ishorasini ko'rsatish muhim 
rol o'ynaydi. 
Kichik guruhdagi bolaning harakatlari yaxshi rivojlanmagan bo'lsa va bola 
o'z harakatlarini boshqara olmasa, tarbiyachi bolaning qo'lini ushlab, birgalikda 
harakat bilan chizadi. Bunday ish usuli shu harakatlarini o'zi his qilishi uchun 
qo'llaniladi. Agarda predmetning shakli murakkab bo'lmasa, ishora bilan butun 
predmetni chizish mumkin. Masalan, koptok, kitob yoki olma shaklining 
detallarini, archa shoxining joylashishi, qush bo'ynining qiyaligi. Tarbiyachining 
ko'rsatma berishi mashg'ulotda qanday topshiriq berilishiga bog'liq. Tarbiyachi 
mashg'ulotda predmet shaklini to'g'ri harakatlari bilan chizib ko'rsatadi. Bu 
asosan, kichik guruhda o'tkaziladi. Masalan, bolalarga yumaloq shakldagi 
predmetlarni chizishni o'rgatish uchun tarbiyachi koptok yoki olmani, o'z 
harakatlari bilan tushuntirgan holda chizib ko'rsatadi. Agar predmetni 
tasvirlayotganda uning detallarini aniq ketma-ketlikda chizish kerak bo'lsa, 
tarbiyachi predmetni boshidan yakuniga qadar chizib ko'rsatadi. Faqat bunda 
bolarning diqqatini jalb qilish uchun tarbiyachi bolalarga «Endi nimani chizish 
kerak?» degan savolni beradi. 
Katta guruhdagi bolalar ko'pincha qisman ko'rsatmalar berish o'rinli bo'ladi. 
Bolalar hali chizishni bilmaydigan predmetning biror detalini yoki alohida 
elementini chizishda ko'rsatmalar beriladi. Masalan, 4-5 yoshli bolalar 
daraxtning tanasini uchburchak shaklida, keng asos bilan chizadilar. Bu ko'pincha 
tarbiyachining og'zaki tushuntirishidan kelib chiqadigan kamchilikdir. «Daraxt 
tanasining yuqori qismi tor, quyi qismi esa keng bo'ladi». Og'zaki aytib berish 
bilan birga, qo'l harakatlari bilan chizib ko'rsatish lozim. Katta guruhda esa 
«Chiroyli uy» mavzusida bolalar rasm chizayotganlarida, tarbiyachi doskada 
uyning oyna-eshiklari turli xil shaklda bo'lishini ko'rsatib beradi. Bunday 
ko'rsatma bolaning rasmini umumiy chizmada hech qancha chegaralamaydi. 
Malakalarni mustahkamlash uchun qaytarilayotgan mashqlarda, so'ng ulardan 
mustaqil ravishda foydalanishda ko'rsatma faqatgina individual ravishda, ma'lum 
bir ko'nikmaga ega bo'lmagan bolalarga beriladi. Doimiy ravishda ko'rsatma 


berish 
bolalarning 
passivlashishiga 
hamda 
fikrlash 
jarayonlarining 
tormozlanishiga olib keladi. Chunki bolalar tarbiyachining ko'rsatmasini va 
yordamini kutib, o'rganib qoladilar. Tarbiyachining ko'rsatmasi yangi texnik 
usullarni tushuntirishdagina kerak. 
Bolalar ishlarini tahlil qilish. Bolalar o'zlari bajargan yoki do'stlari bajargan 
ishni mustaqil ravishda tahlil qilib, baho berishlari 5 yoshga borib to'la 
shakllanadi. Kichik guruhdagi bolalar o'z harakatlarini va ularning natijalarini 
nazorat qila olmaydilar, shuning uchun ular o'z ishlarini bajarayotgan vaqtda 
mamnun bo'lgan bo'lsalar, ularning natijasidan ham mamnun bo'lishi uchun 
tarbiyachidan maqtov eshitishni kutadilar. Kichik guruhda tarbiyachi bolalarning 
ishlarini baholayotganda tahlil qilmaydi, balki 4-5 yaxshi bajarilgan ishlarni 
bolalarga ko'rsatadi. Shu bilan birga, qolgan bolalar ishlarini ham maqtaydi, 
chunki maqtov bolalarning ushbu mashg'ulotga nisbatan qiziqishrni saqlab 
qolishga yordam beradi. Rasmlarni ko'rsatishning maqsadi esa bolalarning o'z 
ishlarini natijasiga jalb qilishdir. 
O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalarning ishlarini ko'rsatadi va 
kamchiliklarini aytib o'tadi. Bolalar kamchiliklarini qanchalik ko'ra bilsalar, 
keyingi rasmlarini shunchalik ongli ravishda chizib boradilar. 
Mashg'ulot yakunida tarbiyachi bolalar ishlaridan birini olib, ijobiy 
tomonlarini ko'rsatadi. Masalan, «Ranglarini yaxshi tanlaganini - och rang bilan 
to'q rang yonma-yon yaxshi ko'rinishi, chiziqlarning ozoda va aniq chizilganligini 
va hokazo». Agarda kamchiliklar ko'pchilik bolalarda uchrasa, shu kamchilikni 
bartaraf qilish uchun bolalarga savol beradi va diqqatini qaratadi. 
Agarda bir bolaning kamchiligi bo'lsa, u holda yakkama yakka tushuntirish 
munosibdir, chunki jamoa oldida birgina bolaning ishini tahlil qilish faqatgina 
shu bolaning o'zi uchungina tushunarli bo'ladi. 
Katta guruhda tahlilga barcha bolalarni jalb qilmoq zarur. Ba'zida esa 
tarbiyachining o'zi baho beradi. Masalan, yaxshi chizmaydigan bolaning ishidagi 
kamchiliklarni boshqa bolalar aytishlarini tarbiyachi oldindan bila turib, o'zi avval 
shu bola bajargan ishining ijobiy tomonlarini aytib o'tadi. Vaqtni tejash 


maqsadida tarbiyachi 5-6 ta bolaning ishini olib, tahlil qiladi, faqat har 
mashg'ulotda birxil bolalarning ishlarini olib baholash yaramaydi. Chunki doimiy 
maqtov asosida o'sha bolalarda haddan tashqari ishonch, boshqalardan ajralib 
turish rivojlanadi. O'ta qobiliyatli bolalar bilan ularning layoqatlarini hisobga 
olgan holda, alohida ish olib boriladi. Ba'zida tarbiyachi tahlil qilish uchun 
bajarilgan ishlarni bolalarning o'zlariga topshiradi. Bunda barcha bolalarning 
ishlari stolga yoyiladi yoki stendga mahkamlanadi va bolalar o'zlari eng yaxshi 
bajarilgan ishlarini tanlaydilar. So'ng tarbiyachi tahlil qiladi. Ko'proq bolalarga (6 
yoshda) o'z ishini naturaga nisbatan o'zi baholashga imkon berish kerak. Chunki 
bola o'z ishiga hamda do'stlarining ishlariga salbiy tomondanbaho berishga 
o'rganadi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin