bo'lmay,
sezgi
analizatorining
ishtirokisiz
tarbiyachining
ko'rsatmasini
tushunmay-dilar (ko'rish, cshitish, qo'l, ta'm bilish sezgilari). Agarda bolalar
mustahkam ko'nikmaga ega bo'lsalar, tarbiyachi ko'rgazmani ko'rsatmasiz
tushuntirishi mumkin. 5-6 yoshli bolalar uchun bir so'zning o'zi xotiradagi chizish
usuli haqidagi tasavvurni eslashga yordam beradi. Tarbiyachining ko'rsatmalari
butun guruh bolalariga va alohida bolalarga qaratilgan bo'lishi mumkin.
Butun
guruh uchun beriladigan ko'rsatmalar mashg'ulotning boshida beriladi. Ular qisqa,
lo'nda, tushunarli bo'lishi kerak. O'rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar
topshiriqlarini qanday o'zlashtirganliklarini bilish uchun biror boladan
topshiriqning ketma-ketligini va qaysi usullardan foydalanib bajarish kerakligini
so'raydi. Bunday qayta so'rash yaxshi tushunishlariga yordam beradi.
Kichik
guruhda tushuntirib, ko'rsatgandan so'ng, tarbiyachi yana ishni
nimadan boshlash kerakligini qayta esga soladi. Katta guruhda esa bolalarga:
nimani chizishini yoki yasashini, asosiysi nimadan iborat,
predmetlarni qanday
joylashtirish kerakligi haqida o'ylashni taklif qiladi. Bolalar ishga kirishgandan
so'ng, tarbiyachi har bir bolaga ko'rsatmaberishga kirishmasdan, balki ishga
kirisha olmayotgan bolalarga nima narsa tushunarli bo'lmaganini so'rashi lozim,
bunday bolalarga qaytadan vazifa tushuntiriladi va ko'rsatma beriladi.
Hamma
bolalarga ham ko'rsatma berish zarur emas. Ko'rsatma ikkilanuvchan, uyatchan,
o'ziga ishonmaydigan bolalarga kerakdir. Yuzaga keladigan qiyinchiliklarni
tarbiyachi har doim ham oldindan aytib berishi kerak emas. Ba'zi bir bolalar o'zi
mustaqil bajarishiga tarbiyachining ko'zi yetsa, u holda tarbiyachi ko'rsatma
berishdan bosh tortishi ham mumkin emas.
Asosiysi, tasviriy faoliyatda bola
qiyinchilikka duch kelib, uni echishga yo'l topa olishi kerak. Ko'rsatma shakllari
hamma bolalar uchun har xil bo'lishi kerak. Ayrim bolalarga maqtovli ton bilan
ko'rsatma
berilsa,
o'ziga
ishongan
bolalarga
esako'proqtalabqo'yiladi.
Tarbiyachining ko'rsatmalari to'g'ridan-to'g'ri, buyruq shaklida bo'lishi kerak
emas. U bolani o'ylashga, fikrlashga undashi kerak. Bola qilgan xatoni ko'rsatish
bilan birga, tasvirning ma'nisi o'zgarayotganiga diqqatni qaratish lozim. Masalan,
«Qizchaning ko'ylagi xuddi g'ijimga o'xshaydi» (yaxshi bo'yalmagan), «Daraxtlar
yiqilib ketayotganga o'xshaydi» (yaxshi joylashtirilmagan), «Bu
odam biram
katta, shu bois uyga kira olmayapti». Shu bilan birga, xatoni qanday qilib
to'g'rilash kerakligini aytib bermaslik lozim. Bolaning o'zi fikr yuritsin. Ko'rsatma
yoqimli tovush bilan berilishi bolalarning qiziqishini orttiradi. Individual
ko'rsatmalar boshqa bolalarning diqqatinijalb qilmasligi
uchun pastroq tovush
bilan beriladi. Mashg'ulot davomida qachon ko'rsatma beriladi? Qachonki,
ko'pchilik bolalar xatoga yo'l qo'ysalar va tarbiyachi barcha bolalarning diqqatini
o'ziga jalb qiladi va qaytadan tushuntiradi. Bunday mashg'ulot davomida
beriladigan ko'rsatmalarni kamroq berish kerak,
negaki u ijodiy faoliyatini
buzadi.
Dostları ilə paylaş: