chizishni ko'rsatib bergandan so'ng, bolalarga murakkab bo'lmagan predmet
konturini (Masalan, uy, qo'ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo'yamaslik
rasmni xunuk qilib qo'yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar.
Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo'lgan topshiriqlarni tushunish uchun
foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir. chiziq bilan
inson boshining yonlamasiga
qiyofasini chizishni ko'rsatib berganidan so'ng, bolalar odam boshining rasmini
bir necha marta qayta-qayta chizadilar.
Evristik metod.
Evristik metod grek so'zidan kelib chiqqan bo'lib, «Evristika» - haqiqatni
topish san'atidir. Bu metod topqirlikni, faollikni rivojlantirishga yordam beradi.
Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish
kerakki, u faol va ijodiy bo'lsin. Har bir mashg'ulot
faqatgina didaktik vazifani
emas, ya'ni ma'lum bir predmetning tasvirini o'rgatish emas, balki boladan ishni
mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil
usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulining
ko'rsatmasi (to'liq bo'lmagan), o'yinchoq ko'rsatmasi, eslatma va shu kabilar.
Bolani shunday holatga qo'yish kerakki, u o'ylagan o'yini bajarishi uchun o'zi yo'l
topsin. Shunday qilib, u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga
bog'liqdir:
* mashg'ulot mazmuniga va mashg'ulot
oldida turgan maqsadga, shu bilan
birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
*bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
*bolalar foydalanadigan tasviriy materiallariga bog'liqdir.
Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadli
mashg'ulotlarda, asosan og'zaki metodlar qo'llaniladi: suhbatlar, bolalarning
ko'rganlarini xotiradan qayta eslash uchun 'yordam beradigan savollar.
Tasviriy faoliyatning turli ko'rinishlarida o'rgatish usullari turlichadir, chunki
bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan, mazmunli
mavzularda kompozitsiyaga o'rgatish vazifasini rasmga, kartinalarga qarab
tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda,
yaqindagilari esa
pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda, shakllar ularning
holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda
alohida tushuncha yoki ko'rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o'ylab,
mashg'ulot oldida
turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg'ulotning
mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada
rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak.
Mashg'ulotda alohida metod va usullar - ko'rgazmali va og'zakilari o'zaro
qo'shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta'lim jarayonida
bog'lanadi. Ko'rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy, hissiy asosini
yangilaydi, so'z esa to'g'ri
tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarini va
tasvirlayotganlarini umumlashtirishning shakllanishiga yordam beradi.