Namunadan foydalanish.
Namunadan foydalanish ko‘proq o‘rgatish usuliga taalluqlidir. Bolalarning
umumiy estetik didlarini oshirish uchun chiroyli predmetlarni tomosha qildirish kerak. Masalan: gilamlar,
vazalar, kashtachilik va hokazo. Dekorativ rasm chizish mashg‘ulotlarida bolalar ko‘rgan predmetlarini aks
ettirib, ulardagi naqshlarni qayta chizibgina qolmay, balki mustaqil ravishda naqshlarni aks ettirib, yorqin rang
va shakllarni moslashtirib chizishni ham o‘rganadilar. Shuning uchun boshlang‘ich bosqichda bolalar
namunadan naqsh elementlarini chizib oladilar, keyinchalik elementlarni o‘rnini va rangini o‘zgartirib
boradilar. Bolalar ma’lum bir malakaga ega bo‘lganlaridan keyin, bir necha xil namunalarni bolalar ixtiyoriga
ko‘rsatish mumkin. Ba’zi mashg‘ulotlarda tarbiyachi namunani qo‘yadi va bolalar ko‘rib chiqib, tanishib,
tarbiyachining ko‘rsatmasisiz mustaqil ravishda ishlaydilar. Predmetli rasm chizish yoki buyum yasashda
namuna ko‘chirib olish uchun emas, balki tasvirlanayotgan predmet haqidagi
tasavvurni aniqlash uchun
qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: