oldindan bila turib, o‘zi avval shu bola bajargan ishining ijobiy tomonlarini aytib o‘tadi. Vaqtni tejash
maqsadida tarbiyachi 5-6
ta bolaning ishini olib, tahlil qiladi, faqat har mashg‘ulotda bir xil bolalarning
ishlarini olib baholash yaramaydi. Chunki doimiy maqtov asosida o‘sha bolalarda haddan tashqari ishonch,
boshqalardan ajralib turish rivojlanadi. O‘ta qobiliyatli bolalar bilan ularning layoqatlarini hisobga olgan holda,
alohida ish olib boriladi. Ba’zida tarbiyachi tahlil qilish uchun bajarilgan ishlarni bolalarning o‘zlariga
topshiradi. Bunda barcha bolalarning ishlari stolga yoyiladi yoki stendga mahkamlanadi va bolalar o‘zlari eng
yaxshi bajarilgan ishlarini tanlaydilar. So‘ng tarbiyachi tahlil qiladi. Ko‘proq bolalarga (6 yoshda) o‘z ishini
naturaga nisbatan o‘zi baholashga imkon berish kerak. Chunki bola o‘z ishiga, hamda do‘stlarining
ishlariga
tanqidiy tomondan baho berishga o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: