Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari


Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
1404462608 53524

Tarbiyachi tomonidan ishlash usulini ko‘rsatib berish
. Maktabgacha ta’lim muassasida ta’lim 
jarayonida bolalar o‘rganishi kerak bo‘lgan tasvirlash ko‘nikma va malakalarni o‘lchamini aniqlab beradi. Keng 
bo‘lmagan doiradagi malakalarni o‘lchamini aniqlab beradi. Keng bo‘lmagan doiradagi malakaga ega bo‘lgan 
bola turli xil predmetlarni tasvirlay oladi. Masalan, uyni chizish uchun to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini chizishni 


bilish, ya’ni chiziqlarni to‘g‘ri burchak ostida birlashtirishni bilish kerak. Ana shu chizish usullari mashina, 
poyezd va boshqa to‘g‘ri to‘rtburchakli predmetlarni chizishda qo‘llaniladi. Tarbiyachi tasvirlash vositalarini 
ko‘rsatib berishi ko‘rgazmali amaliy usul bo‘lib, bu usul bolalarni kerakli shaklni aniq tajriba asosida ongli 
ravishda chizishga o‘rgatadi.
Ko‘rsatma 2 xil turda bo‘ladi: 
1.
Imo-ishora bilan ko‘rsatish;
2. Chizish usuli bilan ko‘rsatish.
Har ikkala turda ham ko‘rsatma og‘zaki tushuntirish yo‘li bilan olib boriladi. Imo-ishora bilan 
predmetning qog‘ozda joylashishi tushuntiriladi. Qo‘lning yoki qalamchaning qog‘oz bo‘ylab harakatni, hatto 
3- 4 yoshli bolalar uchun yetarli bo‘ladi. Imo-ishora orqali bola xotirasidagi qiyin bo‘lmagan predmetning 
asosiy shaklini yoki uning alohida qismlarini eslaydi. Bolalar biror predmet yoki hodisani tarbiyachining qaysi 
harakat ishorasi orqali idrok qilgan bo‘lsalar, xuddi shu harakat-ishorani
tarbiyachi mashg‘ulotda qaytarsa, 
bolalar ko‘rganlari bilan chizmoqchi bo‘lganlari 
o‘rtasida aloqadorlikni ongli ravishda sezadilar. 
Masalan: uy qurilishini bolalar kuzatayotganlarida 
tarbiyachi qurilayotgan uyning korpus chiziqlarini 
tepaga qarab qurilayotganligini harakatlari bilan 
ko‘rsatadi, xuddi shu harakatlarni mashg‘ulot 
boshida qaytarar ekan, bolalar xotirasidagi 
ko‘rganlarini qayta esga tushiradi. Ishora bilan bola 
xotirasidagi predmet shaklini eslashga, hamda 
chizish mobaynida bolaning qo‘l harakatlarining 
yo‘nalishi aniqlanadi. Bolaning yoshi qancha kichik 
bo‘lsa, uni chizishga o‘rgatishda shunchalik qo‘l 
harakatlarini ishorasini ko‘rsatish muhim rol 
o‘ynaydi. Kichik guruhdagi bolaning 
harakatlari
yaxshi rivojlanmagan 
bo‘lsa va bola o‘z harakatlarini boshqara olmasa, 
tarbiyachi bolaning qo‘lini ushlab, birgalikda 
harakat bilan chizadi.
Bunday ish usuli shu harakatlarni bolaning 
o‘zi his qilishi uchun qo‘llaniladi. Agarda predmetning shakli murakkab bo‘lmasa, ishora bilan butun 
predmetni chizish mumkin. Masalan: koptok, kitob yoki olma shaklining qismlarini, archa shoxining 
joylashishi, qush bo‘ynining qiyaligi. Tarbiyachining ko‘rsatma berishi mashg‘ulotda qanday topshiriq 
berilishiga bog‘liq. Mashg‘ulotda predmet shaklini to‘g‘ri harakatlari bilan chizib ko‘rsatadi. Bu asosan kichik 
guruhda o‘tkaziladi. Masalan: bolalarga yumaloq shakldagi predmetlarni chizishni o‘rgatish uchun tarbiyachi 
koptok yoki olmani, o‘z harakatlarini tushuntirgan holda chizib ko‘rsatadi.


Agar predmetni tasvirlayotganda uning qismlarini aniq ketma- ketlikda chizish kerak bo‘lsa, tarbiyachi 
predmetni boshidan yakuniga qadar chizib ko‘rsatadi. Faqat bunda bolalarning diqqatini jalb qilish uchun 
tarbiyachi bolalarga “Endi nimani chizish kerak?” degan savolni beradi. Katta guruhdagi bolalar ko‘pincha 
qisman ko‘rsatmalar berish o‘rinli bo‘ladi. Bolalar hali chizishni bilmaydigan predmetning biror qismini yoki 
alohida elementini chizishda ko‘rsatmalar beriladi. Masalan, 4-5 yoshli bolalar daraxtning tanasini uchburchak 
shaklida, keng asos bilan chizadilar. Bu ko‘pincha tarbiyachining og‘zaki tushuntirishidan kelib chiqadigan 
kamchilikdir. “Daraxtning tanasini yuqori qismida tor, quyi qismida esa keng bo‘ladi”. Og‘zaki aytib berish 
bilan birga qo‘l harakatlari bilan chizib ko‘rsatish lozim. Katta guruhda esa, “Chiroyli uy” mavzusida bolalar 
rasm chizayotganlarida, tarbiyachi doskada uyning oyna-eshiklari turli xil shaklda bo‘lishini ko‘rsatib beradi. 
Bunday ko‘rsatma bolaning rasmini umumiy chizmada hech qanchalik chegaralamaydi. Malakalarni 
mustahkamlash uchun qaytarilayotgan mashqlarda, so‘ng ulardan mustaqil ravishda foydalanishda ko‘rsatma 
faqatgina individual ravishda, ma’lum bir ko‘nikmaga ega bo‘lmagan bolalarga beriladi. Doimiy ravishda 
ko‘rsatma berish bolalarning passivlashishiga, hamda fikrlash jarayonlarini tormozlanishiga olib keladi. Chunki 
bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasini va yordamini kutib, o‘rganib qoladilar. Tarbiyachining ko‘rsatmasi yangi 
texnik usullarni tushuntirishdagina kerak.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin