Rasmlardan foydalanish. Rasmlar asosan bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlash
uchun va tasviriy usullar, vositalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari
shuni ko‘rsatadiki, 2 yoshdagi bolalar rasmni predmet tasviri sifatida tushunib yetadilar. Lekin rasmdagi
qahramonlarning o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ya’ni harakatlarni tushunish kechroq, 4-5 yoshlarda yuzaga keladi.
Masalan: 2 yoshli bola rasmdagi hayvonlarni «turibdi» deydi, 4-5 yoshligisi esa «gapiryapti», «yuryapti»,
«kelyapti» va hokazo deydi. Bolalarning kuzatishlari ko‘pincha qisqa muddatli bo‘ladi (мasalan: shahar
sharoitida hayvonlarni kuzatish).
Shuning uchun rasmlardan foydalanish qayta
idrok qilishga va keyingi tasvir uchun xarakterli
bo‘lgan eng asosiysini aniqlashga yordam beradi.
Rasmlar ana shunday sharoitlarda kerak bo‘ladi:
kerakli predmet qo‘l ostida yo‘q paytida, yoki
bo‘lmasa tekislikda tasvirlashning ayrim usullari
bilan tanishtirish uchun xizmat qiladi.
Masalan: tarbiyachi bolalarga uzoqlashgan predmetni tushuntirish uchun rasmni ko‘rsatadi. Hayotda bolalar
shu uzoqdagi predmetlarni bir chiziqda joylashgan deb idrok qilsalar, rasmda tarbiyachi perdmetlarni
uzoqlashganini ko‘rsatib, tushuntirib beradi, 6 yoshdan boshlab shu maqsad bilan rasmdan foydalanish
mumkin. Rasmni ko‘ra turib, bola yerni bir chiziq bilan emas, balki keng yer bo‘lagi bilan chizishni,
uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari pastroqda va qog‘oz chetiga joylashishini tushunib
yetadi. Rasm mashg‘ulot davomida bolalar oldida qoldirilsa, bolalar tushunib yetmay nusxa ko‘chirishga
o‘rganib qoladilar. Bu yoshda esa, bolalar nusxa ko‘chirish bilan emas, balki ijod bilan rasm chizishlari kerak.
Ba’zida mashg‘ulot davomida bolalarga ayrim qismlarni aniqlab olish uchun rasmni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Keyin esa rasm olib qo‘yiladi, chunki bolalar nusxa ko‘chira boshlaydilar.