Reja: Og'zaki metod va o'rgatish usullari


Оg‘zaki metod va o‘rgatish usullari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix20.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#164732
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1404462608 53524

Оg‘zaki metod va o‘rgatish usullari. 
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotdagi doimo tarbiyachining bolalar bilan 
suhbatidan boshlanadi. Suhbatning maqsadi bolalar xotirasidagi avvalgi idrok qilingan obrazlarni qayta esga 
olish va mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishdir. Bolalar o‘z tasavvurlari asosida
ijod
qiladigan 
mashg‘ulotlarda
suhbatning
o‘rni kattadir.
Suhbat qisqa, mazmunli va hisxayajonli bo‘lishi kerak. Tarbiyachi asosiy diqqatini mashg‘ulotda 
qilinadigan ishga qaratadi.
Bolalarning mavzu bo‘yicha yoki yangi tasvirlash usullari haqidagi tasavvurlarini aniqlab olishdan avval, 
suhbat mobaynida yoki suhbatdan keyin tarbiyachi kerakli predmet yoki rasmni ko‘rsatadi. Topshiriqni 
boshlashdan avval esa ish usulini bolalarga 
ko‘rsatadi.
Suhbat - 
o‘rgatish metodi sifatida 4-7 
yoshli bolalar bilan ishlashda asosiy rol o‘ynaydi. 
Kichik guruhlarda suhbat bolalar tasvirlashlari 
kerak bo‘lgan predmetni eslatish uchun yoki 
yangi ish usulini o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi. 
Bunday hollarda suhbat tasvirlashning 
maqsadini va vazifalarini bolalarga yaxshiroq 
tushuntirish uchun xizmat qiladi. Bolalarning 
tasavvurlari va hissiyotlari tez jonlanib, ijodiy 
kayfiyatlari tez yo‘qolib qolmasligi uchun suhbat 
metod sifatida ham, usul sifatida ham qisqa va 3-
5 minutdan oshmasligi kerak. Yaxshi uyushtirilgan 
suhbat mashg‘ulotda maqsadga yaxshi erishish 
uchun qulay sharoit yaratadi.
Badiiy adabiyotning obrazlaridan 
foydalanish.
Badiiy obrazni o‘zida 
mujassamlashtirgan nutq o‘ziga yarasha ko‘rgazmalikka egadir. Masalan: she’r, hikoya, topishmoq va hokazo. 
Ifodali o‘qilgan badiiy asar ijodiy kayfiyatning oshishiga, tafakkurning, xayolning faol ishlashiga yordam 


beradi. Shu maqsad bilan badiiy so‘zdan faqatgina ifodali o‘qish mashg‘ulotlarida emas, balki predmetlarni 
idrok qilgandan so‘ng tasvirlash jarayonlarida ham foydalaniladi. Barcha yosh guruhlarda mashg‘ulotlarni 
maqsadga yo‘naltirilgan holda topishmoq aytishdan boshlash mumkin. Masalan, “Boshi taroq, dumi o‘roq”. 
Bu topishmoq orqali xo‘rozning boshqa qushlardan chiroyli tojisi, dumini betakrorligi kabi qismi shakllari 
ajratiladi. Ba’zida kichik she’rlarni yoki asarlardan parcha o‘qish ham mumkin. Agar kerak bo‘lsa, asarni o‘qish 
bilan birga og‘zaki obrazga qo‘shib natura yoki predmetning tasviri bolalarga ko‘rsatiladi. Rasm chizish, loydan 
buyum yasash mashg‘ulotlarida badiiy asar o‘qish har doim ham qo‘l kelavermaydi, uni boshqa o‘rgatish usuli 
bilan almashtirgan ma’qul. Chunki bola og‘zaki so‘zni eshitgandan ko‘ra naturani ko‘rganida ko‘proq 
jonlanadi. Tarbiyachi badiiy obrazni tanlayotganida juda ham ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim. Negaki, to‘g‘ri 
tanlangan asar predmetni, qiyofalarini ko‘rish idrokini o‘z ichiga oladi (rangini, shaklini, holatini). Masalan: 
“Bo‘g‘irsoq” ertagi orqali bo‘g‘irsoqning obrazi,
“Oltin baliq” ertagi orqali esa baliq obrazi yanada yorqinroq tasvirlanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin