O’yinli o‘rgatish usullari. Tasviriy faoliyatda o‘yinlaridan foydalanish ko‘rgazmali amaliy o‘rgatish
usuliga kiradi. Bola qancha kichik
bo‘lsa, o‘yin uning tarbiyasida
shuncha katta o‘rin tutadi. O‘yin
usullari qo‘yilgan masalaga
nisbatan bolalarning ishini
diqqatini yaxshi jalb qiladi va xayol
bilan tafakkurning ishini
yengillashtiradi. Kichik yoshdagi
bolalar uchun o‘yin mashqlaridan
rasm chizishda keng foydalaniladi.
Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllarni chizishga o‘rgatish, hamda qo‘l harakatlarini rivojlantirishdir.
Bolalar tarbiyachining ortidan qo‘llari bilan havoda, so‘ng qog‘ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi:
“bolakay yo‘lda chopib ketyapti”, “mashina yurib ketyapti” va hokazo, degan iboralar bilan tushuncha hosil
qiladi. Obraz bilan ҳаракатнинг бирлашуви бола томонидан chiziqlarni va sodda shakllarni tasvirlash
malakasiga ega bo‘lishni ancha tezlatadi. Kichik guruhda predmetlarni tasvirlashda ham o‘yin usullaridan
foydalaniladi. Masalan: mehmonga qo‘g‘irchok keladi va bolalar unga nozu- ne’matlar yasaydilar, non, kulcha,
shirinlik, va hokazo. Bunday ish mobaynida bolalar sharni yassilashga urinadilar. O‘rta guruhda bolalar ayiqni
yumshoq o‘yinchog‘iga qarab chizishlari kerak. Shunda qiziqarli o‘yin o‘tkazish uchun, ayiqcha eshikni
taqillatadi, so‘ng bolalar bilan salomlashib, bolalardan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi.
Mashg‘ulot yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o‘zi tanlaydi. 6 yoshli bolalar
bilan ham tasvirlash faoliyati davomida o‘yinlardan foydalaniladi. Lekin kichik guruhga qaraganda bu o‘yinlar
ancha kamayadi. Masalan: sayrda bolalar o‘zlarinig fotoapparatlari bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar,
qushlar, hayvonlar va hokazo. Bog‘chaga kelib, o‘zlari olgan “rasmlarni proyavka qiladilar va rasmlarni
chiqaradilar”, ya’ni ko‘rganlarini qog‘ozga tushiradilar. Tarbiyachi o‘yindan foydalanganida butun
mashg‘ulotni o‘yinga aylantirib yubormasligi kerak,chunki bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarishdan
tortib, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish mavzusini buzadi.