kelib, uni yechishga yo‘l topa olishi kerak. Ko‘rsatma shakllari hamma bolalar uchun har xil bo‘lishi kerak.
Ayrim bolalarga maqtovli ohangda ko‘rsatma berilsa, o‘ziga ishongan bolalarga esa ko‘prok talab qo‘yiladi.
Tarbiyachining ko‘rsatmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri, buyruq shaklida bo‘lishi kerak emas. U bolani o‘ylashga,
fikrlashga undashi kerak. Bola qilgan xatoni ko‘rsatish bilan birga, tasvirning ma’nosi o‘zgarayotganiga
diqqatni qaratish lozim.
Masalan: “Qizchaning ko‘ylagi xuddi g‘ijimga o‘xshaydi” (yaxshi bo‘yalmagan), “Daraxtlar yiqilib
ketayotganga o‘xshaydi” (yaxshi joylashtirilmagan), “Bu odam biram katta, ammo uyga kira olmayapti”. Shu
bilan birga xatoni qanday qilib to‘g‘rilash kerakligini aytib bermaslik lozim. Bolaning o‘zi fikr yuritsin.
Ko‘rsatma yoqimli tovush bilan berilishi bolalarning qiziqishini orttiradi.
Individual
ko‘rsatmalar
boshqa bolalarning diqqatini jalb qilmasligi uchun pastroq tovush
bilan beriladi. Mashg‘ulot davomida qachon ko‘rsatma beriladi, qachonki, ko‘pchilik bolalar xatoga yo‘l
qo‘ysalar va tarbiyachi barcha bolalarning diqqatini o‘ziga jalb qiladi va qaytadan tushuntiradi. Bunday
mashg‘ulot davomida beriladigan ko‘rsatmalarni kamroq berish kerak, negaki u ijodiy faoliyatini buzadi.
Dostları ilə paylaş: